O'zbеkiston rеspublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Namangan muhandislik-tеxnоlogiya instituti huzuridagi Mingbuloq yеngil sanoat



Yüklə 17,57 Mb.
səhifə47/244
tarix23.05.2023
ölçüsü17,57 Mb.
#112298
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   244
o\'qitish materiali

2-ilova
Nazorat savollari:

  1. Drapirovkalar niam?

  2. Drapirovkani osilib turgan nuqtasi nima deyiladi?

  3. Drapirovka nima uchun kerak?

  4. Qalin matolarda drapirovka hosil qilsa bo’ladimi?


3-ilova
Uyga vazifa:
Turli xil qalinlikdagi matolarda drapirovkani hosil qilish!

6– MAVZU: MATO VA MATERIALLARNI TASVIRLASH. DRAPIROVKALARNI TASVIRLASH. DRAPIROVKALARDAGI SHAKLLARNI HOSIL QILISHDAGI ASOSIY USULLAR

Raja:


  1. Mato va materiallarni tasvirlash.

  2. Drapirovkalarni tasvirlash.

  3. Drapirovkalardagi shakllarni hosil qilish usullari.



  1. Mato va materiallarni tasvirlash

Odam qomatini chizish va gavda turish holatini yaratish asoslarini egallagandan so‘ng, keyingi bosqich bu libos chizishni o ‘rganish. Bu mato va materiallaming assortimentini o ‘ziga xos xususiyatlarini va tasvirlash vositalarini o ‘rganish imkoniyatini beradi. Modellar yaratishda barcha foydalanadigan mato va materiallar ko‘z o‘ngida bo‘lishi kerak. Ishning birinchi bosqichi kerakli turdagi matoni tanlashdir. Mato tanlashda o ‘z didingizdan kelib chiqishingiz lozim. Barcha kerakli ishqurollaribilan ishlangan, ish mazmuni unumli bo‘ladi.



  1. Drapirovkalarni tasvirlash

Drapirovkalardagi shakllarni hosil qilishdagi asosiy usullar. Mato fakturasi bilan bir qatorda libos eskizini yaratishda drapirovka, burmalar va taxlamalarni tasvirlash katta ahamiyat kasb etadi. Hayoldan yoki o‘quv mashg‘ulotlarida natyurmort yoki interer, maniken yoki kiyimli inson gavdasidagi turli matolarni (drapirovka) uning buklama va taxlamlari xarakterli shakllarini tasvirlash mahoratini rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi. Turli davr rassomlari asarlarida tasvirlangan matolarning burma va taxlamlari drapirovka deb ataladi. Aniqrog‘i, burama - bu matoni beixtiyor siqilishi natijasida matoning yuzasida hosil bo‘ladigan tartibsiz buklamalardir, drapirovka esa bezash maqsadida ixtiyoriy tarzda buklamalarni bog’lash, tikish, taxlash va boshqa uslublarda hosil qilinadi. Drapirovkalar haqida so‘z borganda buklamlarning (taxlamalarning) chizma tasvirda plastik ifodalash qonuniyatlari haqida gapirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bir qarashda buralib-buralib ketuvchi shakllar ma’lum qonun - qoidalar asosida, ma’lum ketma-ketlikda, qiziqarli, ritmik tarzda takrorlanuvchi, chiroyli chiziqlar to’plamini hosil qilib, rassom uchun keng va boy tasvirlash imkoniyatlarini ochadi. Drapirovka tasviriy san’atning ifoda vositasidan biri bo‘lib, jiddiy o'rganishni talab etadi. Chizma tasvir vazifalarni bajarishda, o‘quv qo‘llanmalarga biriktirilgan drapirovkaning statik holatini, ya’ni osig’liq yoki yotgan mato bo’lagini tasvirlashga katta e’tibor qaratilishi lozim (natyurmort yoki inter’er, drapirovkalar bilan manikenyoki kiyimli inson). Drapirovkani to‘g‘ri tasvirlash uchun, unda sodir bo’layotgan dinamik holatni aniq tasavvur eta olishi kerak. Hajmli-fazoviy shakllarni “o‘qiy” olib chizma tasvir vositalari orqali grafik etyudga ko‘chira olishi lozim. Matodagi taxlamlar mato uzunligiga nisbatan kam masofada cho‘zilganda hosil bo’ladi. Mato harakatdagi kuchga bo‘ysungan holda, fizik hususiyatlari ya’ni qaysi materialdan ishlanganiga, qalinligi, xarakterli tuzilmasiga ko‘ra bukiladi. Taxlamalarning shakli mato xususiyatiga va turiga bog‘liq.Yupqa va harir matolar mayda taxlamlar, qalin va dag‘allari esa katta va keng taxlamlar hosil qiladi, ya’ni turli xil matolar g‘ijimlanganda qarshilik ham har-xil bo‘ladi. Hozirgi kunda to‘qimachilik matolarining ko‘plab hillari mavjud, ular o‘zining elastiklik va taranglik darajasiga ega. To‘qimachilik polotnolari (gazlamaning qalinroq turi) dinamik ta’sir natijasida, boshqa matolarga qaraganda tekis yumaloq shakldagi taxlamlarni hosil qiladi. Drapirovka uchun har-xil yuzalar hosil qiladigan matolar va to‘qimachilik gazlamalari ishlatiladi. Mato va gazlamalar o‘zining fakturasi (o‘ziga xoslik, sifati)ga qarab farqlanadi. Ular tekis, silliq, tukli, paxmoq, yaltiroq yoki xira, jilosiz, dag‘al yoki yumshoq, zich yoki siyrak to‘qilgan va hokazo bo’lishi mumkin. Shu bilan birga mato va polotnolar bir qancha xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Bu xususiyatlar mato va gazlamalarni tayyorlashda ishlatilgan tolalarining xossalariga bog’liq. Shunday qilib, shoyi matolar yumshoq va yaltiroq, junlilari tukli, momiq, jilosiz va hokazo. Yumshoq, yupqa matolar drapirovka uchun qulay bo’lib, yumshoq bukilishlar beradi, zich va dag‘allari esa uchli aniq burchakli taxlamlar hosil qiladi.




  1. Yüklə 17,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə