O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
MAGISTRATURA BO‘LIMI
5А111701 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
mutaxassisligi
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti
“Boshlang`ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasi
|
Nizomiy nomidagi TDPU
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti
“Boshlang`ich ta’lim pedagogikasi” kafedra mudiri
________p.f.n dots., A.K.Abrorxonova
“______”___________ 2023-yil
|
ORIFOVA OQILAXON JAVLON QIZINING MALAKAVIY AMALIYOT
KUNDALIGI
Malakaviy amaliyot rahbari: Z.A.Ismatova
Toshkent – 2023
Kirish
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda 2018 yil 10 sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 20-2018-son buyrug‘idan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi.
Ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyoti Qori Niyoziy nomidagi O`ZPFITI institutida amalga oshiriladi.
Ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyot muddati:
2-semestr: 2023 yil 23-yanvardan 2023 yil 13 martgacha.
Ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyotni o‘tkazishdan asosiy maqsad – talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, kasb ko‘nikmalarini hosil qilish va takomillashtirish, mutaxassislik mahoratini oshirish, ularni mehnat va ijtimoiy faoliyatga jalb qilishdan iborat.
Vazifalari:
– talabalarda kasbiy-amaliy malaka va ko‘nikmalarni tarkib toptirish;
– amaliy bilimlarni mustahkamlash, kengaytirish;
– amaliyot uchun tanlangan ob’yektning ilg‘or tajribalarini o‘rganish;
– kasbiy muammolarni aniqlash va uni hal etish usullarini egallash;
– ichki tartib-qoidalar va xavfsizlik qoidalariga rioya etish ko‘nikmasini tarkib toptirish;
– ishga ijodiy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– universitetda o‘z mutaxassislik fani bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan mavzu tanlash, material to‘plash, ayrim sinov-tajriba ishlarini olib borish, tajribali mutaxassislar bilan suhbatlar o‘tkazish;
– universitetda reja asosida o‘tkazilayotgan ilmiy-nazariy anjumanlarda faol ishtirok etish va ularning tashkiliy ishlarida yordam berish;
–yuqori malakali, ko‘p yillik ish tajribasiga ega soha mutaxassislarining ish tajribalarini, tadqiqot olib borish, materiallarni tahlil qilish sir-asrorlarini o‘rganish;
– ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyot davomida sohaning eng yangi yutuqlarini o‘rganish hamda magistrlik dissertasiyasi mavzusi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertasiyasi uchun zarur bo‘lgan manbalarni yig‘ish, ularni universitetdagi mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda tahlil qilish, zarur bo‘lgan tajriba-sinovlar o‘tkazish.
Dostları ilə paylaş: |