O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Qarshi Davlat universiteti Zoologiya kafedrasi



Yüklə 181,51 Kb.
səhifə3/4
tarix30.04.2018
ölçüsü181,51 Kb.
1   2   3   4

Karam tunlami entomofaglari. Karam tunlamida tabiiy kushandalik qiluvchi parazitlarning 22 turi, yirtqichlarning 17 va kasallik qo’zg’atuvchilarning 3 turi qayd qilingan.

Trixogramma evproktidis va karam tunlami tabiiy populyatsiyalari sinxron rivojlanishi bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun ham trixogrammani zararkunandaga qarshi mavsumiy tarqatish usuli qo’llaniladi. Ammo O’rta Osiyo sharoitida karam tunlami iqtisodiy jihatdan sezilarli zarar yetkazmasligi tufayli unga qarshi trixogrammani qo’llash muddat va normalari ishlab chiqilmagan.

Karam okkapalagining entomofagi Apanteles -Apanteles glomeratus L. (Hymenoptera turkumi Braconidae oilasiga mansub) o’z kobig’ida chala o’ralgan g’umbak holida xo’jayin tanasidan tashqarida diapauzada qishlaydi. Apanteleslarning uchib chikishi xo’jayin qurtlarning paydo bo’lishdan 2-3 xafta avval bo’ladi. Gullarning nektari bilan qo’shimcha oziqlantirilganda apantelesning tuxum kuyishi 400 tadan 2000 donagacha yetadi.

Urg’ochilar ikkinchi yoshdagi qurtlarga tuxum qo’yadilar. Bir dona qurtda 30-40 va undan ko’p lichinkalar rivojlanishi mumkin. Apantelesning lichinkalari 5-chi yoshdagi qurtdagi uz rivojini to’xtatib, sariq rangdagi ipakka o’ralib g’umbakka o’tadi, yoki xo’jayinda qoladi. Mavsum vaqtida bir necha avlod beradi.

G’umbakli pteromalus - Pteromalys puparum L. (Hymenoptera turkumi, Pteromalidae oilasiga mansub). Diapauzadagi lichinkalari xo’jayinning g’umbaklarida qishlaydi. Pteromaluslar oq karam kapalagining g’umbakka o’tishdan ancha avval uchib chiqadi. Urg’ochisi yetilgan tuxumlarni birinchi-uchinchi yoshdagi xo’jayin qurtlarga qo’yadilar. Oq karam kapalagining ikkinchi va to’rtinchi avlodiga qo’yadilar.

Butguldosh o’simliklarning boshqa zararkunandalari. Butguldosh o’simliklarga yuqorida ifodalanganlardan tashqari boshqa zararkunandalar ham shikast yetkazishi mumkin. Bulardan asosiy karam tunlami, ildiz kemiruvchi tunlamlar, simqurtlar, o’rgimchakkana, oqqanotlar va boshqalar hisoblanadi. Qulay sharoit vujudga kelishi bilan bularning har biri karamning ashaddiy zararkunandalari qatoridan o’rin olishi mumkin.

To’rqanotli (Neuroptera) lar turkumi. Ko’pchilik to’rqanotlilar turlari yirtqich bo’lib, ular lichinkalik va voyaga yetgan fazalarida turli ozuqalar bilan oziqlanadi. Amaliy nuqtai nazardan oltinko’zlar, changqanotlilar va gemerobiidlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Oltinko’z (CHysopidae) lar oilasi, vakillarning ahamiyati benihoyadir. Turlari soni jihatidan turkumning yirik oilalaridan biri hisoblanadi. Qanotlari keng, sadafsimon yoki kamalaksimon tovlanadi. Ular yozilganda orasi 19-50 mm. Mo’ylablari qilsimon, peshonasi yassi unda oddiy ko’zchalar bo’lmaydi. Murakkab ko’zlari yirik tillasimon. Odatda tanasining rangi qoramtir nuqtali, yashil-sarg’ish.

Lichinkasi kampodeosimon, ko’krak va oyoqlari yaxshi taraqqiy etgan. Tirnoqlari orasida empodiylar bo’ladi. Ko’krak va qorin bo’g’imlari yon tomonlaridagi juft o’simtalar ustida yirik xalqasimon qilchalar joylashgan. Tuxumlari oval, kichkina yashil rangda bo’lib, ingichka va uzun poyachalari bilan o’simlik barg va poyalariga bittadan yoki guruhlab, ayrim turlarida bir necha o’ntalab mahkam o’rnashtirilib qo’yiladi.

O’rta Osiyoda oltinko’zlarning 24 turi uchraydi. O’zbekistonda esa bu istiqbolli tabiiy kushandalarning 11 turi qayd qilingan. Bular orasida yetti nuqtali oltinko’z va oddiy oltinko’z turlari juda samarador turlar hisoblanadi. Lichinkalari och sariq rangli, yaxshi rivojlangan o’roqsimon jag’lari bor.

Yetti nuqtali oltinko’z lichinkasi to’liq rivojlanish (7-10) kun davrida 350 tagacha voyaga yetgan va 650 bit lichinkalarini yo’qotadi. Oddiy oltinko’z lichinkasi juda xo’ra bo’lib, bir sutkada 50-60 tadan ortiq o’simlik bitlarini, 200 tagacha o’rgimchakkana lichinka va yetuklarini o’rgimchakkana tuxumlarining esa 800 tasini yeb qo’yadi. Oltinko’zlar lichinkalari o’simlik bitlari, o’rgimchakkanadan tashqari 70 turga yaqin bo’g’imoyoqlilar vakillari, jumladan, g’o’za tunlami tuxumlari va yosh qurtlari bilan ham oziqlanadi.

Oddiy oltinko’zni don kuyasi tuxumlarida, mum parvonasi va sun‘iy ovqat muhitida ommaviy ko’paytirish va zararkunandalarga qarshi qo’llash usullari ishlab chiqilgan. Gemerobiidlar (Hemerobiidae) oilasi. Mayda yoki o’rtacha o’lchamdagi (qanoti yozilganda 9-32 mm) to’r qanotli hasharot. Mo’ylablari marjonsimon, peshonasi bo’rtib chiqqan, oddiy ko’zchalari bo’lmaydi. Ikkinchi juft qanotlari ayrimda rivojlanmagan. Tanasi jigarrang, ko’pincha sarg’ish dog’li. Ayrimda qorni oqish-sarg’ish ranglidir.

Lichinkasi oltinko’z lichinkasiga o’xshash bo’lib, u ham kampodeosimon. Uning qornida juft o’simtalar bo’lmaydi. Tuxum ovalsimon,oq yoki pushti, poyachalari bo’lmaydi. Odatda urg’ochi ularni bargning orqa qismiga yoki o’simlik po’stlog’iga bittadan yoki guruhlab, 12 tadan va undan ko’proq qo’yadi. Lichinkalari yirtqich ayrim turlarining voyaga yetganlari yoz mavsumida samarali entomofaglar hisoblanadi. Ular o’simlik bitlari, unsimon qurtlar, o’rgimchakkana bilan oziqlanadi.

CHangqanotlilar oilasi. To’rqanotlilar orasidan bir muncha mayda (qanotlari yozilganda 5,5-8 mm) hasharotlardir. Odatda tanasi va qanotlari oq yoki kulrang chang bilan qoplangan. Oldingi qanotlari bir muncha yirik. Lichinkalari kampodeosimon.

Ammo og’iz qismining ustki jag’lari oltinko’z va gemerobiid lichinkalarinikiga o’xshash o’roqsimon egilmagan. Lichinkaning tanasi duksimon yoki S-simon shaklda. Tuxumi uzunchoq, poyalari bo’lmaydi. Urg’ochilari ularni 2-3 tadan bargning orqa qismiga yoki novda po’stiga joylashtiradi. Pillasi yassilangan, dumaloq, sirti yumshoq ipak iplari bilan qoplangan. Qishlovchi pillachalari yozgi pilachalariga nisbatan sezilarli qalin.

Ularning lichinka va voyaga yetganlari ham yirtqichlib qilib hayot kechiradi. Ular ko’pincha daraxtlarda va butalarda uchrab, mayda hasharotlar, kanalar, ularning tuxumlari va chiqindisi bilan oziqlanadi. Erkaklari yorug’likka uchadi. Mavsumda bir necha avlod beradi.

Pardasimon qanotli (Humenoptera)lar turkumi. Hayot kechirish tarzi va ozuqa ixtisosligi bo’yicha bu turkum vakillari juda xilma-xildir. Ular orasida tipik fitofaglar, gall (g’urra) hosil qiluvchilar, o’simlik nektari va changlarini iste‘mol qiluvchilar, yirtqich va parazit – entomfaglar uchraydi. O’simliklar biologik hamoyasida istiqbolli entomofaglar tarzida ixnevmonid, brakonid, afelinid, entsirtid,evlofid, pteromalid, trixogrammitid, stselionid, evkoliid, skoliy,tifiy va chumolilar oilalari vakillarini qayd qilish mumkin.

Ixnevmonidlar oilasi. O’rtacha o’lchamdagi hasharotlar (10-25 mm uzunlikda) bo’lib, parazit pardasimonkanotlilar orasida eng yirigi hisoblanadi. Mo’ylablari uzun, 18 bo’g’umli, ko’pincha ipsimon, ayrimda esatirsaksimon. Mo’ylablari oxiri bir qancha turlarda ko’pincha spiralsimon buralgan. Ikki juft qanotlari bo’lib, ay rimda ular qisqargan, qanotsiz shakllari ham uchrab, ayniqsa u urg’ochilar orasida kuzatiladi.

Oldingi qanotlari ikkita berk, medial katakchalari va ikkita orqaga qaytgan, ko’ndalang tomirlardan iborat. Qanqonchalarda tukchalar bo’lmaydi. Ikkinchi va uchinchi bo’g’imlar harakatchan joylashgan. Urg’ochilarda uzun taraqqiy etgan tuxum qo’ygichi bo’lib, qisqargan qismi poyacha va oxirgi kengaygan qismi – og’id deyiladi.

Ixnevmonidlar yirik oilani tashkil etib, ko’pgina zararkunanda hasharotlarning tashki (ekto) va ichki (endo) parazitlarini o’ziga birlashtirgan. Ularning lichinkalari hasharotlarning tuxumida, lichinkalarida va g’umbaklarida hamda o’rgimchaklarda parazitlik qiladi. Voyaga yetgan ixnevmonidlar gul changi va nektari,o’simlik bitlari va koktsidlarning chiqitlari bilan oziqlanadi.

Ayrim turlarining urg’ochilari tuxum qo’yishda nayzasi sanchilgan joydan ajralib chiqqan xo’jayin gemolimfasi, ayrimda esa faqat nemolimfa bilan oziqlanadi.

Brakonidlar (Braconidae) oilasi. Ixnevmonidlarga nisbatan bir muncha mayda (5-15mm uzunlikda) hasharotlardir. Oldingi qanotlarida faqat birinchi tomiri orqaga qaytgan bo’lib, ikkinchisi – bo’lmaydi. Qornining birinchi uch bo’g’imi qisqa, ayrimda, birinchi bo’g’imi bir muncha uzun. Ikkinchi, uchinchi bo’g’imlar harakatsiz qo’shilgan. Oila ichki vatashqi parazitlari, ixnevmonidlarga nisbatan kam bo’lmaganturlarini birlashtiradi.

Tashqi parazitlik yashirin hayot kechirib yashovchi (po’stloqlar ostida, yog’ochlik qismidayo’l hosil qilib, meva ichida, o’ralgan barglarda va boshqa bekingan joylarda yashovchi qo’ng’izlar lichinkalari, kapalaklar qurtlari) xo’jayinlar hisobiga rivojlanadigan turlarga xos xususiyatdir. Tashqi parazitlar xo’jayin tanasiga tuxum qo’yishidan oldin dastlab uni falajlaydi.

Bunda xo’jayin turiga qarab, falajlanish qaqtinchalik yoki doimiy bo’ladi. Ammo ko’pchilik brakonidlar ichki parazitlar bo’lib, ular qandalalar, qo’ng’izlar, kapalaklar, arrakashlar, chumolalar, pashshalar hisobiga yashaydi. Asosan parazitlar xo’jayin lichinkasi, ayrim hollarda uning tuxumida va hattoki voyaga yetgan zotlari ichida ham yashaydi. Voyaga yetgan brakonidlargul nektari yoki so’ruvchi hasharotlar chiqiti hisobiga oziqlanadi.

Ko’pchilik tashqi parazitlar, dastlab falajlangan xo’jayin gemolimfasi bilan bilan oziqlanadi. Gemolimfa parazit nayzasi sanchilgan joydan ajarlib chiqadi. Odatda o’simlik to’qimalari orasida yashirin hayot kechirayotgan xo’jayin tanasidan ajralibchiqqan gemolimfani urg’ochi alohida ajratgichlaridan hosil qilgan naycha orqali so’radi.

Ko’pchilik brakonidlarning jinsiy mahsuldorligi juda yuqori bo’lib, 1000 dan oshiq tuxum qo’yadi. Masalan, oq kapalak apantelesi 2000 dona, bir qo’yishda 1 tadan 75 donagacha tuxum qo’yishi mumkin. Brakonidlar polifoltindirlar, ya‘ni mavsumda bir necha marta avlodberib rivojlanadi. Ayrim tashqi parazitlarning rivojlanish muddati xo’jayin rivojlanish fazalarining oxirlashuvi tezligiga, ko’pincha esa lichinka oxirgi yoshga yetishiga bog’liqdir.

Brakonidlar orasida zararli hasharotlarning ko’pgina parazitlari uchraydi. Oq kapalak apantelesi- karam, sholg’om, oqkapalaklari va do’lana kapalagi qurtlarining paraziti; ipak to’quvchisi apantelesi - tengsiz, xalqali, sibir. Qarag’ay ipakchilarining qurtlari paraziti;

Afidiidlar yoki o’simlik bitlari yaydoqchilar oilasi. Tashqi ko’rinishidan brakonidlarga o’xshab ketadi. Ulardan tana o’lchamining maydali (uzunligi 5 mm dan kam). Dastlabki qorin uch bo’g’imlarining cho’ziqligi, ikkinchi, uchinchi bo’g’imlar harakatchan joylashganligi va qanotlar tomirlarining soddalashganligi bilan farqlanadi. Bu o’simlik bitlarining keng tarqalgan ichki parazitlaridir.

Afelinidlar oilasi. Mayda hasharotlar, odatda uzunligi 1-2 mm atrofida, sariq-qo’ng’ir, kamdan-kam qora rangli. Tanasi qisqa va nisbatan keng, kuchsiz xitinlashgan. Mo’ylablari tirsakli to’g’nog’ichsimon, 4-9 bo’g’imli. Oldingi yelkasi qisqa, barmoqlari 4-5 bo’g’imli. O’rta oyoqlari shporalari uzun bo’lib, sakrashga yordam beradi.

Qornining asosi keng, poyachasiz. Ko’pchilik vakillari qalqondorlar, o’simlik bitlari va oqqanotlarning ichki parazitlaridir. Tashqi parazitlari hamda qalqondorlar tuxumlari bilan oziqlanuvchi (afaitislar) yirtqichlari ham ma‘lum. Afelinidlar ko’pchilik turlarining erkaklari ikkilamchi parazit sifatida shu tur urg’ochilarida va boshqa hasharotlarda ikkilamchi parazitlik qiladi.

Ularni kapalaklar tuxumlarida ham parazitlik qiladi. Voyaga yetgan hasharot zotlari yomon uchadi, o’z xo’jayinlari shirin chiqitlari, tuxum qo’yishda yaralangan tanadan oqib chiqqan gemolimfa bilan oziqlanadi. Ayrim tur urg’ochilari, uchib chiqqan zaxotiyoq deyarli yoki mutlaqo oziqlanmasdan tuxum qo’yishga kirishadi. Ular 200-300 dona atrofida tuxum qo’yadi.

Samarali entomofag turlar sifatida qonli bitning ixtisoslashgan ichki paraziti – afelinus, kaliforniya qalqondorining ichki parazitlarini, shu zararkunnadaning tashqi paraziti – qisqa hoshiyali afitis, jigarrang qalqondorning – tillarang afitis, tashqi paraziti va issiqxona oqqanotining ichki paraziti –enkarziya va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
3.3. Entomofaglar ko’payishi va rivojlanishi xususiyatlari.
Ko’pchilik entomofaglar ganeogenetik ko’payish xususiyatiga ega, ya‘ni ikala jins ishtirokida. Shuning bilan bir qatorda ayrim guruh hasharotlarda partenogenez ko’pincha pardasimonqanotlilarga mansub parazitlarga qayt qilingan bo’lib, uning bir qancha: arrenotokiya, teletokiya, deyterotokiya yoki amfitokiya va poliembrioniya, modifikatsiyalash mavjud.

Arrenotokiya, yoki otalantirilmagan tuxumlardan urg’ochilarning shakllanishi bu ham ko’p uchraydigan holat, ammo bu sof holda kamdan-kam uchraydi. Arrenotokiya va telitokiya partenogenezi turli bir-biridan uzoqlashgan geografik bir tur rasalarida ham birgalikda namoyon bo’lishi mumkin. Bunday ko’rinishni geografik partenogenez deyiladi.

Deyterotokiya, yoki amfitokiya, ya‘ni otalanmasdan ikala jins zotlarning ham shakllanishi bo’lib, parazit pardasimonqanotlilarda onda-sonda arrenotokiya ko’payishidan o’qish natijasida ro’y beradi. Shu munosabat bilan deyterotokiya sranodiniya yoki spanandriya ko’rinishida namoyon bo’ladi.

Spanodiniyada teletokiya tipida ko’payuvchi hasharot urg’ochili o’z jinsiy mahsuldorligini to’liq amalda oshirganda, avlodning ma‘lum bir miqdorini erkaklar hosil qilib, borgan sari populyasida urg’ochilar soni kamaya boradi. Jumladan, bunday ko’rinish ensertida, erkaksiz trixogramma, yarim ko’kish trixogramma va boshqalarga mavjud.

Sranandriyada otalanmagan arrenotokiyali urg’ochi ko’payganda to’liq erkak zotlari tug’ilishi bilan bir qatorda ma‘lum miqdorda urg’ochilar ham qayd etiladi va birin-ketin populyatsiyalarda erkaklar soni kamaya boradi. Bunday hol brakon, liziflevus va boshqalarda kuzatiladi.

Deyterotokiya rivojlanishi odatda urg’ochi zotiga haddan tashqari, atrof-muhitning kuchli o’zgarishi tufayli muhitda kelgan vaziyat ta‘siriga bog’liq. Teletokiyali urg’ochi avlodida erkak zotlarning paydo bo’lishi ayrim hollarda hasharotning yuqori yoki past hasharot ta‘siri bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Poliembrioniya , yoki ko’p murtakli ko’payishda bir tuxumda bir qancha embrion rivojlanib, bir qancha zotlar ochib chiqadi. Bu ko’payish pardasimon qanotli hasharotlar brakonidlar, ensertidlar va plastidostrid oilalari, hamda pardasimon qanotlilarning nayzali drinid oilasi kamdan-kam turlarida va ayrim yelpig’ich qanotlilarda uchraydi.

Bir tuxumda hosil bo’ladigan murtaklar soni 2 dan 3000 taga qadar yetib, ularning barchasi normal rivojlanish xususiyatiga ega bo’lib, buning ustiga hosil bo’lgan qizlik murtaklar har bir tur uchun ozmi-ko’pmi doimiy bo’ladi. Tuxum tiplari va ularning qo’yilish joylari. Entomofaglarning tuxumlari katta-kichikligi va shakli jihatdan turli-tuman bo’lib, qo’yiladigan joylari bilan farqlanadi.

Parazit hasharotlarga nisbatan yirtqich hasharotlar tuxumlari shakli va qo’yilish joylari jihatdan boshqa turkum va oila vakillari bilan katta filogenetik yaqinlik borlig’ini ko’rsatadi. Jumladan, yirtqich so’qir qandalalar oval cho’zinchoq tuxumlarini shu oila fitofaglari singari o’simlik to’qimalariga botirib qo’yadi.

Perellus yirtqich qandalasi shu oilaga mansub kresguldoshlar qandalalarga o’xshash o’z tuxumlarini o’simlik barglarida 2-3 qatordan guruhlab yopishtirib qo’yadi. Ko’pchilik yirtqich xonqizi qo’ng’izlarining tuxum shakli, qo’yilish joylari ham shu oila fitofag qo’ng’izlarinikiga o’xshash bo’ladi. Masalan, yirtqich yetti nuqtali xonqizi qo’ng’izi va fitofag poliz qo’ng’izlaridagi o’xshashliklar.

Ayniqsa oltinko’zlar uzun poyachalar uchiga tuxum qo’yishga ixtisoslashgan bo’lib, ularning turlariga qarab tuxumlar o’simlik bargi yoki poya uchastkasiga yakka-yakka yoki guruhlarga qo’yilishi mumkin. Shu turkum boshqa oilasiga mansub mantispidlarning tuxum shakli va qo’yilishi xarakteri ham oltinko’zlarnikiga yaqinroq bo’lib, ammo tuxumchalarning poyasalari qisqaroq bo’ladi.

Parazit hasharotlarning tuxum shakllari va qo’yilish joylari bir muncha xilma-xil bo’lib, filogenetik xususiyati parazitlik xususiyatiga ko’ra, ular nafaqat oila, balki avlod orasida ham bir-biridan keskin farqlanadi. Masalan, ayrim pardasimonqanotli parazitlar tuxum shakli ikkiqanotlilar tuxumi shakliga o’xshabketadi.

Uzunchoq ovalsimon tuxum tipi pardasimonqanotli parazitlar ko’pchilik oilalariga xos bo’lib, shuning uchun ham uni gimenopteroidli deyiladi. Bu ko’pincha ixnevmonidlarda uchraydi. Shu tipga ikki qanotlilar oilalari vakillari tuxumlarini ham kiritishadi: gallitsalar, vizildoq pashshalar, taxin pashshalari. Tuxumlarni katta kichikligi va mikropilasi joylanishiga qarab ikkiga, ya‘ni makrova mikrotiplarga bo’linadi.

Mikrotip tuxum birmuncha yirikroq (0,4-0,9 mm uzunlikda) bo’lib, uni mikropilasi tuxumning yelka qismida joylashib bir muncha pegmentlashgan. Mikrotipdagi tuxumancha maydaroq (0,2-0,44), uning mikropilasi tuxumning toraygan uch qismida joylashadi. Mikrotipdagi tuxumlarni urg’ochi xo’jayindan tashqarida, ya‘ni o’simlik barglariga qo’yadi.tuxumxo’jayin oziqlanishida yutib yuboriladi va lichinka xo’jayin tanasida rivojlanadi.

Noksimon tipdagi tuxum ikki qanotlilarning kichikroq oilasi - akratseridlarda uchraydi. Rangi qoramtir, jigarrangdan qora ranggacha o’zgarib turadi. Ingichka uchi qismida dumaloq qalpoqcha rivojlangan bo’lib, lichinka shu yerdan ochib chiqadi.

Nayzasimon tipdagi tuxum ixnevmonid, brakonid va ayrim xaltsidni xo’jayin tanasi ichiga yoki terisi ostiga botirib qo’yadi. Ayrimda xo’jayin taansida ichiga yoki terisi ostiga botirlab qo’yadi; ayrimda xo’jayin tanasida tashqarida ham qo’yiladi. Hamma hollarda ham xo’jayin ham xo’jayin gallarda, kovaklarda va yo’l hosil qilib yashaydi.

Poyachali tipdagi tuxumlar ixnevmonid, xaltsid, proktotrupoid, tsinipiodlar, katta oilalar orasida uchraydi. Ayrimda brakonid yoki entsirtidlarda poyacha kalta, yoki ayrim evpelmidlarda – uzun, shu bilan birga u tuxumning orqa tomoniga joylashadi, old ismida esa qisqa, ko’pincha buralma poyachasi bo’ladi. Ko’pchilik efialtin kenja oilasi (ixnevmonidlar oilasi) poyacha tuxumdan 3 marta uzunroq bo’ladi.

Ayrim entsirtidlarga xos va ko’pincha entsirtid mustaqil ajratiladigan aeroskopik plastinkali poyachali tipdagi tuxumlarning tuzilishi ayniqsa murakkabdir. Bu tipdagi tuxumda poyacha va tuxumning bir qismi orqali uzunasiga tuxum murtagi va lichinkasi butun rivojlanish davrida zarur nafas aeroskopik plastinka-valik o’tgan. Bu hollarda poyacha nafaqat parazit tuxumini xo’jayin tanasiga yopishtiribgina qolmay, vaholanki nafas olish uchun ham xizmat qiladi.

Chunki uning uchi xo’jayin tana qoplamidan tashqariga chiqib turadi. Bunday tipdagi tuxumlar, jumladan entsirtus, blastotriks avlodlari vakillarida uchraydi. Shu oila boshqa avlodlari ayrim vakillari tuxumlarida aeroskopik plastinkalar bo’lmay, poyacha tuxumni faqat xo’jayin tanasiga yopishtirish uchun xizmat qiladi.

Oyoqcha tutib turuvchi tipdagi tuxumlar, asosan xo’jayin tana qoplamisirtiga qo’yiladigan tuxumlarga xosdir. Bir xil hollarda oyoqcha tuxumning yon devorchasida hosilbo’ladi. Maaslan, ixnevmonid va evlofid oilalarga xos trifoninlarda, holbuki boshqalarda oyoqcha uzunchoq shaklda bo’lib, tuxumning orqa qismida hosil bo’ladi, masalan, o’sha oilaga mansub evtseratlar vakillarida.

Bunday tipdagi gallitsalar va taxin pashshalar oilalarga xos ayrim ikiqanoti parazitlarda ham uchraydi.

Tuxum qo’yiladigan joyiga qarab parazit hasharotlar uch guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga parazitlar, urg’ochilar tuxumlarini (yoki tirik tug’adiganlarda tirik lichinkalarni) xo’jayinda chetdan, ikkinchi guruhga – xo’jayinga yoki bevosita uning yaqiniga va uchinchi guruhga – parazitlar, ularning urg’ochilari tuxumlarini xo’jayin tanasi ichiga qo’yadilar.

Birinchi guruhga mansub parazitlarining hayotiy tsikli bir muncha murakkab kechadi. Ularning lichinkalari xo’jayin tanasi bilan oziqlanganga qoladigan va harakatini ta‘minlaydigan maxsus morfologik va fiziologik moslamalari bo’ladi. Xo’jayin tanasida oziqlana boshlagan birinchi yoshdagi lichinka tullaydi, ixtisoslashgan moslamalarni yo’qotadi va odatdagi chuvalchangsimon shaklga kiradi. Shunday qilib, birinchi guruhga oid ko’pchilik turlar murakkab to’liq o’zgarish – gipermetamorfozga ega. Bu guruhga stafilinlar, malxamchilar (qo’ng’izlar turkumi), yelpig’ichqanotlilar,xaltsidlarktata oilasiga mansub evxarid va perilampidlar (pardasimonqanotlilar turkumi) hamda vizildoq, sarkofagid va taxin pashshalar (ikkiqanotlilar turkumi) kiradi.

Birinchi guruh hasharotlarda xo’jayin bilan parazit o’zaro munosabatlarida shaklan o’zgarishlar kuzatiladi. Xo’jayin lichinkasi o’simlik bargi bilan oziqlanishda parazit tuxumini yutib yuborishi bilanoq, tuxum dan lichinka ochib chiqadi, ichak devorini teshib, xo’jayin tana bo’lig’iga o’tadi. Parazitning xo’jayin bilan bunday o’zaro aloqasi turli turkumlar ikki oilasi: trigonalidlar (pardasimonqanotlilar) va ayrim taxinlarda konvengetni shakllantirdi.

Gipermetamorfoz uchinchi guruh turlariga xos bo’lib, urg’ochi o’z tuxumlarini bevosita xo’jayin tanasi ichiga qo’yib, lichinkalar ichki parazit sifatida rivojlanadi. Birinchi yoshdagi lichinkalarda maxsus moslamalarga ehtiyoj, uning xo’jayin tanasi ichida bir bo’limdan ikkinchi bo’limga harakatlanishi uchun kerak bo’ladi. Bunga asosan parazitlik qiladigan va ozgina nayzali pardasimonqanotlilar va ayrim ikkiqanotlilar kiradi.

Ikkinchi guruhga ya‘ni urg’ochilar xo’jayin tanasi sirtiga yoki yaqiniga tuxum qo’yishiga qarab tashqi va ichki parazitlarga ajratiladi. Tashqi parazitlar uchun ochiq yoki yashirin holda yashovchi xo’jayin to’liq metamorfozga ega bo’lishi kerak. Buning ustiga parazitlar tuxum qo’yishdan oldin dastlab xo’jayinni halok yoki doimiy yoki vaqtinchalik falaj qilishi kerak. Bu guruh tashqi parazitlari pardasimonqanotlilar nayzali va parazitlari orasida tarqalgan.ichki parazitlik bilan hayot kechiruvchi urg’ochilari xo’jayin tanasiga tuxum qo’yuvchilar, ayniqsa ikkiqanotlilarga kamdan kam esa paradasimon qanotlilarga xosdir. Parazit birinchi yoshdagi lichinkasi xo’jayin tanasiga kirib olishi uchun bir qancha moslamalari bo’lib, nafas olish teshiklarining oxirgilari o’zgacharoq tuzilish va soniga ega. Lichinkalarning keyingi yoshlari bunday moslamalar bo’lmaydi.

Embrionning oziqlanish xususiyatlari. Ko’pchilik ichki parazitlik qiluvchi pardasimon qanotlilarning tuxumida sariqligi juda oz bo’ladi. Shuning uchun ham embrionning rivojlanishi bosqichi erta boshlanib, ko’pincha xo’jayin hisobiga oziqlanadi. Bu masala poliembrioniya tipida kupayuvchi ichki parazitlarda yaxshi o’rganilgan. Postembrioniyada bitta tuxumda bir necha embrionlar yetishadi. Tuxum bo’linganda hosil bo’ladigan blastomerlar guruhlarga to’planadi va bu guruhlarning har biridan asosida embrion hosil bo’ladi. Bu bilan turning ko’payishi tezlashadi.

Embrion ustida ikkita parda embrion yo’liga aylanadigan ichki parda – amenion va tashqi parda seroz hosil bo’ladi. Ichki parda embrion ustida hamma tomoni berk bo’shliq hosil qiladi, bu bo’shliqqa parda hujayralari oyaga yetayotgan yembrionni himoya qiluvchi suyuqlik chiqaradi.

Ko’pgina hasharotlarda embrioni rasmiy usuldagidan biroz boshqacharoq hosil bo’ladi. Jumladan, ba‘zi parazit pardasimonqanotlilarda ikkita emas, balki bitta (seroz) parda hosil bo’ladi.

Xo’jayin tanasi ichida lichinkalar bevosita mustaqil hayot kechirishga o’tishda, yoki o’tib bo’lgandan so’ng embrion qobiliyati to’liq eriydi. Uning xujayralari xo’jayin tanasida erkin harakatlanadi va ayrimda ular hajmi bir necha yuz hattoki ming marta kattalashadi.

Parazitlik qiluvchi qo’ng’iz va pashshalarning lichinkalari oziqlanishda og’iz qismlaridan foydalanadi va og’iz qismlari katta yoshlilarida asta-sekin takomillasha boradi.

Birinchi yoshdagi lichinka tiplari. Parazit hasharotlarning ikkinchi va keyingi yoshdagi lichinkalari ko’pchilik hollarda erkin yashovchi turlari o’xshash chuvalchangsimon bo’ladi. Jumladan, parazit pardasimonqanotlilar lichinkalari tsilindr shaklda, yengil S – shaklida bukilgan, oldinga va keyinga qarab konussimon toraygan. Odatda, kichkina boshi yengil bo’yalgan mandibullari turli darajada taraqqiy etgan, oyoqlari bo’lmaydi.

Gipermetamarfoz (qo’shimcha to’liq o’zgarish) tipida rivojlanadigan turlar, birinchi yoshdagi lichinkalari bir muncha xilma xil bo’ladi. Bu guruhga ko’pincha quyidagi lichinka tiplari: triungulinlar, planidiesimonla, tsiklopsimonlar, pufakchasimonlar, dumlilar va entsirtoidlar kiradi. Birinchi ikki tipdagi lichinkalar asosan tashqi parazitlik qiluvchi, qolganlari esa ichki parazitlik qiluvchilarda uchraydi. Tashqi parazit lichinkalarning tanasi odatda sklerotizlangan, sezgir tukchalari yoki mo’ylablari, triungulinlarda esa og’iz apparati va ko’rish organlari taraqqiy etgan.

Triungulin tipdagilichinkalar, yoki triungulinlarda yaxshi rivojlangan jag’lari bo’lgan prognatik tipdagi boshi, uch juft ko’krak oyoqlari va dumsimon o’simtalari bo’ladi. Bunday lichinkalar nihoyatda harakatchan va faol ravishda o’zxo’jayinlarini izlaydi. (masalan, aleoxara stafilin qo’ng’izining birinchi yoshdagi lichinkalari) yoki gullarda turib ayrim yumshoq tanli qo’ng’izlar lichinkalariga o’xshash, gulga qo’ngan asalari tanasiga yopishib olib, asalari ularni bilmagan holda o’z uyasiga olib keladi.

Planidiesimon lichinkalar yoki planidielar, oldingilaridan tanasining biroz yassilangani, tana orqa qismining torayganligi bilan farq qiladi. Ular tanasining yelka qismi kuchli sklerotizlangan. Tanasining qorin tomonida esa, tikancha yoki tikanchalarga o’xshash o’simtalar rivojlangan bo’lib, ular harakatlanish uchun xizmat qiladi.

Tanasining oxirida xo’jayin tanasiga yopishish uchun zarur bo’lgan ikki juft qilchasi yoki to’garagi bo’ladi. Planidielar xaltsidlar katta oilasi, perilampid va evxariid oilalari vakillari hamda taxinlar, vizildoq va boshqa parazit ikkiqanotlilar orasida uchrab, ular tuxumlarini yoki tirik lichinkalarini xo’jayin tanasidan tashqarida qo’yadilar.Bunday lichinkalar xo’jayinlarini faol izlab yoki ularni kelishini poylaydi.

Tsiklopsimon llichinkalar tanasi yengil sklerotizlangan, bo’g’imlar soni qisqargan, ko’pincha o’roqsimonyuqori jag’li, yirik sharsimon boshi, tanasi oxirida paxmoqsimon tukli ikki juft o’simtalari bo’ladi. Bunday tipdagi lichinkalar platigastridlar oilasi vakillarida qayd qilingan.

Puffakchasimon lichinkalar. Tanasi tsilindrsimon, bo’g’imlari aniq ifodalangan, tananing oxirida ruffakchasimon yirik o’simtali lichinkalardir. Puffak – bu orqa ichakning chiqib turgan dumi bo’lib, keyinchalik tana ichiga so’rilib, oxirgi ichakni hosil qiladi. Puffakchasimon lichinkadlar brakonidlarga xos bo’lib, nafaqat birinchi yoshdagi va hattoki oxirgilarida ham kuzatiladi. Saratonlar va kanopidlar qornida parazitlik qiluvchi boshqa ayrim ixnevmonid,entsirtidlar va ikkiqanotlilarda (pipunkulid oilasi) kuzatilgan. Bundan tashqari bu tipdagi lichinkalar nayzali yirik pardasimonqanotlilar va ayrim chigirtkalar tanasida ham rivojlanadi. Ikkiqanotlilar lichinkalarining dum puffakchalari ikki kurakchalibo’ladi.

Dumli lichinkaning tanasi oxirida uzun dumsimon o’simtasi bo’lib, ular ayrimda tepaga qarab ikkilangan. Bu tipdagi lichinkalar ixnevmonid, brakonid afelinid va pardasimon qanotlilarning boshqa oilalari orasida keng tarqalgan bo’lib, ichki parazitlar hisoblanadi. Budumsimon o’simtaning vazifasi tuxum qobig’ini ochib chiqish, gemolimfadan oziqa moddalarini yutish, lichinka tanasini bir me‘yorda saqlab turish bo’lib, ularning odatda yirik boshlari bo’ladi. Kriptoxetidlichinkalarida bu o’simta gaz almashinuvi vazifasini bajaradi.

Entsirtoid lichinkalar. Bu lichinkalar ham poyasimon tuxum tipidagi aeroskopik plastinkasi bo’lgan,entsirtidlar oilasi vakillariga xosdir.tuxumning poyachalari nafaqat xo’jayin qoplamiga yopishtiriladi, hattoki undan tashqariga chiqib turadi.xo’jayin ichidagi parazit tuxum qoldiqlari lichinka anal teshigini qoplaydi.

Parazit hasharotlar lichinkalarining morfologik va nafas olish xususiyatlari.

Ko’pgina tashqi parazitlarning birinchi yoshdagi lichinkalari keyingi yoshlaridagidan katta farq qilmaydi. Ammo ayrim pardasimonqanotlilar guruhi lichinkalarining katta yoshlarida mavjud bo’lgan nafas teshikchalarining soni to’rttadan to’qqiz juftgacha ortadi.

Ichki parazitlar birinchi yoshdagi lichinkalari esa keyingilaridan keskin farqlanadi va ular yoshlarining almashinuvida bir muncha sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ladi. Nisbatan yirik bosh va o’roqsimon yuqori jag’larlichinkalar birinchi tullashidan keyin yo’qoladi. Dumli tip lichikalarining dumi keyingi yoshlarida yo’qoladi yoki qisqaradi. Puffakchasimon lichinkalar dum puffagi aksincha lichinka oxirgi yoshlarigacha tana ichiga tortilgan sari yaqqol ko’rinadi. Tsinipoid katta oilasi ayrim vakillarida kichik yoshdagi lichinkalar qorin bo’g’imlarida juft go’shtli o’simtalari bo’ladi.

Nafas olish teshikchalari va traxeyalari sistemasi rivojlanishida ham katta o’zgarishlar ro’yberadi. Ichki parazit pardasimonqanotlilarda birinchi yosh lichinkalarining nafas olish sistemasi odatda apneystik, kamdan-kam hollarda metoneystik vaholanki shu turlar oxirgi yoshdagilichinkalarida nafas olish sistemasi peripneystik (ko’kragida bir juft va qornida 7-8 juft nafas olish teshikchalari)yoki golo-pneystik (ko’kragida ikki juft va qornida 8 juft) tipdabo’ladi.

Tashqi parazit hasharotlar lichinkasida, odatda atmosfera havosi nafas olish teshiklari orqali traxeyalarga o’tadi. Suyuq atmosfera botgan ichki parazit lichinkalarning,ayniqsa ular birinchi yoshida , nafas olishi bir muncha turli – tuman bo’ladi. Ular xo’jayin gemolimfasidagi erigan kisloroddan yoki atmosfera havosidan foydalanish mumkin.

Xo’jayin gemolimfasidagi erigan kisloroddan lichinka teri orqali yoki maxsus o’simtalar orqali nafas olishda foydalanadi. Teri orqali nafas olish keng tarqalgan. Masalan, birinchi yoshdagi dumli lichinkalarning nafas olishi. Puffakchasimon lichinkalarda teri orqali nafas olishdan tashqari, xo’jayin gemolimfasidagi kislorod intensiv ravishda dum puffagi orqali amalga oshiriladi. Kriptoxed pashshalar lichinkalarining ikkilangan dum o’simtalari orqali gaz almashinuvi amalga oshirilib, ular o’z navbatida jabra traxeyalari singari harakat qiladi.

G’umbaklanish joyi. Yirtqich hasharotlar lichinkalari odatda, ozuqaga yaqin joylarda g’umbakka aylanib, shunga ko’ra g’umbaklanish butun bir oila va ayrimda to’liq turkum uchun ham ma‘lum bir xususiyatga yega bo’ladi. Jumladan, malhamchi qo’ng’izlar erkin g’umbaklari chigirtkalar ko’zchalarida yoki tuproq beshikchalarida ko’zachalardan tashqari, koktsinellidlar esa qalqonbitlar tana qoldiqlari, o’simlik barglarining orqa qismida, daraxt po’stloqlari yoriqlarida va boshqa berk joylarda ipaksimon pillacha to’qiydi.

Ko’pchilik parazit hasharotlar lichinkalari xo’jayin qoldiqlari ichida g’umbakka aylanadi. Masalan, oziqlanishni tugatgan afidius lichinkasi g’umbaklanishdan oldin o’simlikka yopishgan xo’jayin tanasining pastki qismlarini kemiradi va ipaksimon pilla o’raydi. Tez qotadigan ipak, o’simlik biti tana qoldiqlarini o’simlik tanasiga yopishtiradi. Natijada parazit g’umbak bo’lgan mo’miyo o’simlikda yaxshi ushlanib turadi.




Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə