7
Kurs ishini bajarish jarayonida kurs ishi mavzusini o’zgartirish yoki boshqa
mavzu tanlanishiga ruxsat etilmaydi.
Kurs ishi mavzusini tanlash tartibi guruh jurnalidagi ismi-sharifi raqami
bo’yicha taqsimlanadi.
AXBOROT-USLUBIY TA’MINOTINI YARATISH VA ULARNI O’RGANISH
Talaba kurs ishi mavzusini biriktirish to’g’risida ariza bergandan so’ng va
kafedra uni tasdiqlagandan so’ng rahbar bilan maslahatlashib adabiyotlar to’plashiga
kirishishi kerak.
Bunda nafaqat darslik, balki boshqa fanlarni o’rganish davomida
ko’rsatilgan adabiyotlar, statistik va internet ma’lumotlari,
qonunlar, me’yoriy
hujjatlar va boshqalarni ham o’rganishi lozim.
Undan so’ng ularning ichidan kurs ishi mavzusiga bevosita aloqador bo’lgan
adabiyotlar ro’yxatini tuzish va ularni topib bir qator tanishib chiqishi kerak, chunki
boshlang’ich tanishuv natijasida talaba kurs ishi rejasini mustaqil ravishda tuzadi.
Adabiyotlar va internet ma’lumotlari bilan ishlashni mamlakatimizdagi ta’lim
qonunchiligiga taalluqli bo’lgan qonun va me’yoriy hujjatlarni o’rganishdan
boshlash
maqsadga muvofiq bo’ladi. Har tomonlama mukammal yoritilgan va ilmiy ijodiy
yondoshilgan kurs ishini bayon etish uchun iqtisodiy va tarbiyaviy,
pedagogik
qonuniyatlarni bilish va ularni qo’llash katta ahamiyatga ega.
Kurs ishini bajarishda faqat uslubiy qo’llanmalarda va kurs ishi topshirig’ida
tavsiya qilingan adabiyotlardan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, imkoni
boricha mustaqil holda tanlangan
adabiyotlarga asoslanish lozim, hatto xorijiy
adabiyotlardan ham foydalanish ish mazmuni boyishiga va yanada mukammal
bajarilishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: