10
mavzular bo’yicha ko’rsatkichi nashr qilinadi. Muayyan mavzular bo’yicha
adabiyotlar tafsilotlari bilan tanishish ham foydadan xoli bo’lmaydi.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha ma’lumotlar yig’ish natijasida
quyidagilarga ega
bo’lish lozim:
a) kim va qayerda (qaysi ilmiy muassasa, markazlarda) tadqiqot mavzusi
yuzasidan ishlagan va ishlamoqda?
b) ushbu ishlarning natijalari qaysi manbalarda e’lon qilingan?
c) mazkur natijalar nimalardan iborat?
Talaba tomonidan qo’lga kiritilgan ma’lumotlar yozma ravishda qayd qilinadi.
Ularning uch turi mavjud.
Birinchi materiallarga
bibliografik kartochkalardagi yozuvlar, sitatalar,
mikrofilmlar, tadqiqot muammosiga doir alfavit katalog kiradi.
Ikkinchi materiallar
ilmiy yoki metodik manbadagi ma’lumotlarni analitik-
sintetik qayta ishlash natijasi bo’lgan yozuvlar, rejalar (sodda va murakkab), grafik-
sxemalar, mustaqil ravishda tuzilgan predmet-ko’rsatkichlar, annotasiya, tezis,
konspekt va boshqalardan iborat bo’ladi.
Uchinchi materiallarda
birinchi va ikkinchi materiallar umumlashtiriladi.
Uning mazmuni qisqa tafsilot ko’rinishida bo’lib,
unda mavzuga doir oldindan
ma’lum
bo’lgan
ilmiy
dalillar,
qonuniyatlar,
nazariyalar,
tushunchalar
umumlashtiriladi.
Tafsilotni tuzishdan avval mavzuga doir asosiy tushunchalarni aniqlashtirish
lozim. Chunki psixologiya fanida turli mualliflar tomonidan turlicha talqin
qilinayotgan atama va tushunchalar kurs ishining boshidan oxirigacha bir ma’noda
tushunilishi zarur. Tushuncha va atamalar belgilanganidan so’ng ularning izohi
quyidagi manbalardan aniqlashtiriladi:
a) ensiklopediyalar (masalan, psixologik, pedagogik, falsafiy va b.);
b) izohli lug’atlar: umumiy (“O’zbek tilining izohli lug’ati”, 3 tomlik) va
maxsus (masalan, psixologik, sotsiologik, pedagogik);
c) tadqiqot mavzusiga doir asosiy darsliklar va monografiyalarning mundarijasi
hamda fani.
11
Tushunchalarning izohi topilganidan so’ng alohida
varaqalarda qayd qilinadi
va tahlil, qiyoslash, tasniflash, umumlashtirish usullari yordamida mazmunan qayta
ishlanadi.
Tadqiqot mavzu bo’yicha tafsilot yozishda kamida 20 ta manbadan foydalanish
zarurdir.
Ishdagi eng muhim nuqtalardan yana biri xulosalarni muhokama qilish jarayoni
hisoblanadi. Bunda quyidagi savollarga javob topish zarur: Nima uchun shunday
bo’ldi? Buning sabablari nimada? U yoki bu dalilni nima bilan izohlash mumkin?
Ishning bu bosqichida boshqa mualliflar tomonidan
olingan nazariy va amaliy
xulosalarni jalb qilish, ya’ni ular bilan o’z shaxsiy xulosalarini qiyoslab, taqqoslab
ko’rish, olingan ma’lumotlarni tushuntirish, izohlash zarur bo’ladi. Natijalar asosiy
matnda qanday tartibda berilgan bo’lsa, ularni shu tartibda xulosalab ko’rsatish
lozim.
Ish
mantiqiy izchillikda, adabiy til normalarida yoziladi. Unda murakkab
qo’shma gaplardan, shuningdek, o’ta jo’n tuzilgan sodda gaplarni ishlatish maqsadga
muvofiq emas.
Mening kuzatishimcha, men hisoblaymanki, mening fikrimcha
tarzida 1-shaxs
birlik nomidan gapirish o’rniga
Bizning kuzatishimizcha, biz hisoblaymizki, bizning
fikrimizcha
kabi iboralardan foydalanish ilmiy etiketga to’g’ri keladi.
Kurs ishini yozishda yagona uslub saqlanishi, hozirgi o’zbek adabiy tilining
orfografik, sintaktik va stilistik me’yorlariga amal qilinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: