8
KURS ISHINING TUZILISHI
Kurs ishi quyidagicha tuzilishga ega bo’lishi mumkin:
1. Titul varag’i.
U quyidagi talablar asosida shakllantiriladi. Yuqorida – oliy
ta’lim
muassasasi va kafedra nomi, ta’lim yo’nalishi, varaqning o’rtasida fanning
nomi hamda kurs ishining mavzusi, yana ham pastroqda chapdan talabaning
familiyasi,
ismi-sharifi, kursi hamda ilmiy rahbarning ilmiy daraja va unvoni, uning
familiyasi, ismi-sharifi ko’rsatiladi. Pastda – kurs ishi yozilgan yil qayd qilinadi (1-
ilova).
2. Mundarija,
bunda kurs
ishining rejasi va uning bob, bo’limlari ko’rsatiladi.
Mundarija kurs ishining tuzilishiga qat’iy mos bo’lishi, qisqa, lo’nda, ketma-ketlikda
va aniq tarzda uning ichki mantig’ini ochib berishi zarur. Shuningdek, unda ishning
har bir bobi va paragrafi qaysi sahifadan boshlanishi aniq ko’rsatiladi.
3. Kirish.
Ishning bu qismida tadqiqot
mavzusining dolzarbligi, uning asosiy
xarakteristikalari (tadqiqotning muammosi, ob’yekti, predmeti,
maqsad va vazifalari,
gipotezasi) ko’rsatiladi.
Kirishda, shuningdek, tadqiqotning asosiy g’oyasi haqida ham ma’lumot
beriladi. Bu qismda adabiyotlarga havolalar berish va, ayniqsa, ko’plab sitatalarni
keltirish shart emas. Ishning kirish qismi A-4
formatli, 2-3 varaqdan iborat bo’lishi
zarur.
Tadqiqotning asosiy xarakteristikalari to’g’ri shakllantirilganligini bilish uchun
quyidagi savollarga javob berishga harakat qilinishi kerak:
- tadqiqot muammosini aniqlashda – Oldin o’rganilmagan muammolardan
qaysi birini o’rganish zarur?
- tadqiqot mavzusini tanlashda – Tadqiqot muammosi kurs ishi mavzusida o’z
aksini topganmi?
- dolzarblikni asoslashda - Nima uchun aynan shu muammoni bugun o’rganish
shart?
- tadqiqot ob’yektini belgilashda - Nima tekshiriladi?
- tadqiqot predmetini aniqlashda – Ob’yektning qaysi yangi jihatlari,
munosabatlari,
aspektlari, tomonlari, funksiyalari tadqiq qilinishi zarur?
9
- tadqiqot maqsadini shakllantirishda – Maqsadga erishish uchun nima qilish
kerak? Amalga oshiriladigan vazifalar vositasida maqsadga erishish mumkinmi?
- tadqiqot gipotezasini ilgari surishda – Tadqiqot maqsadiga erishish uchun
qaysi yo’ldan borish zarur?
- ochiq himoyaga olib chiqilayotgan holatlarni
aniqlashda - Tadqiqotning
obyekti va predmetida boshqalar sezmagan qanday xususiyatlar bor? va h.k.
Kurs ishi talabalarni pedagogik tadqiqotga jalb qilishning birinchi bosqichi
bo’lganligi tufayli unda barcha xarakteristikalarni ko’rsatib berish shart emas.
Ularning ayrimlarigina, xohishga ko’ra, aniqlashtirilishi mumkin (masalan, gipoteza).
Xarakteristikalarni shakllantirish ilmiy rahbar malakasi,
mahorati, talabaning
tayyorgarligi, tadqiqot mavzuning xususiyati va boshqa vaziyatlarga bog’liq bo’ladi.
Kurs ishi mavzusini kelgusida chuqurroq, kengroq doirada o’rganib, uni bitiruv
malakaviy ish sifatida davom ettirmoqchi bo’lgan talabalar tadqiqot ilmiy
tuzilmasining barcha qismlarini jiddiy o’ylab ko’rishi zarur.
Dostları ilə paylaş: