12
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Asarlar mualliflarining familiyasi
ko’rsatilib, alvafit tartibida tuziladi.
Ro’yxatga muallif tomonidan ishni yozish jarayonida
foydalanilgan barcha
adabiyotlar kiritiladi (bunda ular qayerda nashr qilinganidan qat’iy nazar alohida
nashr, to’plam, jurnal, gazeta bo’lsa ham albatta ko’rsatilishi shart).
Ro’yxatda manbalar umumiy raqamlashtirilgan holda keltiriladi. Manbaning
ma’lumotlari ko’rsatilayotganida muallifning familiyasi-ismi,
asarning nomi, nashr
qilingan joyi va yili, sahifalarning umumiy soni beriladi.
Masalan:
1.
Deyl Karnegi. O’z-o’ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so’zlash
san’ati. – T.: Yangi asr avlodi, 2010. – 224 bet.
2.
Ismoilova N., Abdullayeva D. Ijtimoiy psixologiya. O’quv qo’llanma. – T.:
O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2013. – 168 bet.
3.
Karimova V. Ijtimoiy psixologiya. – T.:
Fan va texnologiya, 2012. – 172
bet.
7. Ilovalar.
Ular, odatda, alohida sahifalarda ko’rsatiladi. Ularning har biri o’z
mavzusiga ega bo’ladi va o’ng tomonning yuqorisida “Ilova” degan yozuv qayd
qilinadi. Agar ilovalar bir nechta bo’lsa, ular “1-ilova”, 2-ilova” tarzida
rasmiylashtiriladi.
Ilovaga mustaqil ravishda tuzilgan, anketalar yordamida yig’ilgan
empirik
materiallar joylashtiriladi.
Kurs ishiga rahbarlik pedagogik staj, tajribaga ega bo’lgan yoki ilmiy-
tadqiqotlar olib borayotgan kafedra o’qituvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi,
bunda u ilmiy rahbar
maslahatlaridan foydalanadi va ishining borishi yuzasidan rahbariga hisobot berib
boradi.
Kurs ishining rahbari:
a) talabaga tanlangan mavzu doirasidagi masalalar va tadqiqot metodlarini
aniqlashda, tayyorgarlik rejasini belgilash va kurs ishini shakllantirishda yordam
beradi;
13
b) talabaga kurs ishi yozish jarayonida
maslahatlar berib boradi, sistematik
nazoratni amalga oshiradi, bosqichli attestasiyani o’tkazadi (semestrda ikki marta) va
bu haqda kafedra rahbariyatiga xabar beradi;
c) kurs ishini tekshiradi va unga taqriz beradi.
Kurs ishining himoyasi ochiq ravishda o’tkaziladi. Muallif 10 daqiqa davomida
ish yuzasidan ma’ruza qiladi va o’qituvchi-talabalarning savollariga javob beradi.
Ma’ruzada muammoning o’rganilish holati, tajriba-sinov ishlarining natijalari (agar
o’tkazilgan bo’lsa), tadqiqotning istiqboli, xulosa va takliflar aks etgan bo’lishi lozim.
Kurs ishini himoya qilish natijalariga ko’ra talabaning
reyting daftarchasiga
tegishli ball qo’yiladi.
Kurs ishi talabaga kelgusi tadqiqotlarida asos bo’lishi uchun qaytarib beriladi.
Juda yaxshi ball va e’tirofga ega bo’lgan kurs ishlari boshqa talabalarga namuna
sifatida metodik xonada saqlanadi.
Quyidagi ayrim mavzular uchun reja tuzish tartibi misol tariqasida
keltirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: