O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 260,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix15.04.2023
ölçüsü260,51 Kb.
#105580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi SOTSIAL p

4. Kurs ishining asosiy qismi – 
rejadagi asosiy punktlarni o’z ichiga oladi. 
Unda tekshirilayotgan masalaning tarixi va nazariyasi ko’rsatiladi, mavjud 
adabiyotlarning tanqidiy tahlili beriladi, muallifning o’z nuqtai nazari bayon qilinadi. 
So’ngra mustaqil ravishda o’tkazilgan tadqiqotning metodlari, tashkil etilishi va 
natijalari bayon qilinadi.
Ishni mavzuga doir adabiyotlar bilan ishlashdan boshlash zarur. Bibliografik 
ma’lumotlarning 3 xil manbasi ajratiladi: 
a) birinchi (maqolalar, dissertasiyalar, monografiyalar va b.); 
b) ikkinchi (bibliografiya, referativ jurnallar, ilmiy axborot va b.); 
c) uchinchi (boshqa kitoblardan terib olib yozilgan asarlar, lug’atlar va b.). 
Bibliografik (qayerda, qanday manbalarda zaruriy ma’lumotlar bor) va sof 
ilmiy – ma’lum bo’lgan bilimlar mazmunini bildiruvchi ma’lumotlarni farqlash 
kerak.
Kurs ishini yozish jarayonida sohaga oid ilmiy, ilmiy-pedagogik jurnallarni 
ko’rib chiqish zarur. Bunda jurnallarning yil uchun oxirgi sonida maqolalarning 


10 
mavzular bo’yicha ko’rsatkichi nashr qilinadi. Muayyan mavzular bo’yicha 
adabiyotlar tafsilotlari bilan tanishish ham foydadan xoli bo’lmaydi.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha ma’lumotlar yig’ish natijasida quyidagilarga ega 
bo’lish lozim: 
a) kim va qayerda (qaysi ilmiy muassasa, markazlarda) tadqiqot mavzusi 
yuzasidan ishlagan va ishlamoqda? 
b) ushbu ishlarning natijalari qaysi manbalarda e’lon qilingan? 
c) mazkur natijalar nimalardan iborat?
Talaba tomonidan qo’lga kiritilgan ma’lumotlar yozma ravishda qayd qilinadi. 
Ularning uch turi mavjud. 
Birinchi materiallarga 
bibliografik kartochkalardagi yozuvlar, sitatalar, 
mikrofilmlar, tadqiqot muammosiga doir alfavit katalog kiradi.
Ikkinchi materiallar
ilmiy yoki metodik manbadagi ma’lumotlarni analitik-
sintetik qayta ishlash natijasi bo’lgan yozuvlar, rejalar (sodda va murakkab), grafik-
sxemalar, mustaqil ravishda tuzilgan predmet-ko’rsatkichlar, annotasiya, tezis, 
konspekt va boshqalardan iborat bo’ladi.
Uchinchi materiallarda 
birinchi va ikkinchi materiallar umumlashtiriladi. 
Uning mazmuni qisqa tafsilot ko’rinishida bo’lib, unda mavzuga doir oldindan 
ma’lum 
bo’lgan 
ilmiy 
dalillar, 
qonuniyatlar, 
nazariyalar, 
tushunchalar 
umumlashtiriladi. 
Tafsilotni tuzishdan avval mavzuga doir asosiy tushunchalarni aniqlashtirish 
lozim. Chunki psixologiya fanida turli mualliflar tomonidan turlicha talqin 
qilinayotgan atama va tushunchalar kurs ishining boshidan oxirigacha bir ma’noda 
tushunilishi zarur. Tushuncha va atamalar belgilanganidan so’ng ularning izohi 
quyidagi manbalardan aniqlashtiriladi: 
a) ensiklopediyalar (masalan, psixologik, pedagogik, falsafiy va b.); 
b) izohli lug’atlar: umumiy (“O’zbek tilining izohli lug’ati”, 3 tomlik) va 
maxsus (masalan, psixologik, sotsiologik, pedagogik); 
c) tadqiqot mavzusiga doir asosiy darsliklar va monografiyalarning mundarijasi 
hamda fani. 


11 
Tushunchalarning izohi topilganidan so’ng alohida varaqalarda qayd qilinadi 
va tahlil, qiyoslash, tasniflash, umumlashtirish usullari yordamida mazmunan qayta 
ishlanadi. 
Tadqiqot mavzu bo’yicha tafsilot yozishda kamida 20 ta manbadan foydalanish 
zarurdir. 
Ishdagi eng muhim nuqtalardan yana biri xulosalarni muhokama qilish jarayoni 
hisoblanadi. Bunda quyidagi savollarga javob topish zarur: Nima uchun shunday 
bo’ldi? Buning sabablari nimada? U yoki bu dalilni nima bilan izohlash mumkin? 
Ishning bu bosqichida boshqa mualliflar tomonidan olingan nazariy va amaliy 
xulosalarni jalb qilish, ya’ni ular bilan o’z shaxsiy xulosalarini qiyoslab, taqqoslab 
ko’rish, olingan ma’lumotlarni tushuntirish, izohlash zarur bo’ladi. Natijalar asosiy 
matnda qanday tartibda berilgan bo’lsa, ularni shu tartibda xulosalab ko’rsatish 
lozim.
Ish mantiqiy izchillikda, adabiy til normalarida yoziladi. Unda murakkab 
qo’shma gaplardan, shuningdek, o’ta jo’n tuzilgan sodda gaplarni ishlatish maqsadga 
muvofiq emas.
Mening kuzatishimcha, men hisoblaymanki, mening fikrimcha 
tarzida 1-shaxs 
birlik nomidan gapirish o’rniga 
Bizning kuzatishimizcha, biz hisoblaymizki, bizning 
fikrimizcha 
kabi iboralardan foydalanish ilmiy etiketga to’g’ri keladi.
Kurs ishini yozishda yagona uslub saqlanishi, hozirgi o’zbek adabiy tilining 
orfografik, sintaktik va stilistik me’yorlariga amal qilinishi lozim.

Yüklə 260,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə