O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/73
tarix21.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#106611
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
arxivshunoslik (1)

Ikkinchi jahon urushi yillarida 
O’zbekiston arxivlarining ahvoli 


18 
muassasalari va korxonalari arxivlari evakuasiya qilindi. Ular asosan mavjud arxivlar 
binolarida joylashtirildi. Bu esa arxivlarda joylar yetishmasligiga olib keldi. 
Davlat arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga solinmagan arxiv 
fondlarini tartibga solish edi. Respublika davlat arxivlarida 1941 yilda 100 ming, 
1944-1945 yillarda 136 ming saqlov birligidagi hujjatlar tartibga solindi. 
Arxiv hujjatlaridan foydalanish sohasida ham bir qator ishlar qilindi. Xalq 
xo’jaligida foydalanish maqsadida ko’p hujjatlar topilib, tegishli tashkilotlarga 
yuborildi. Bu hujjatlardan foydalanish tashkilotlarga ancha iqtisodiy samara keltirdi. 
Arxiv xodimlari tomonidan 1944-1945 yillarda 21 ta maqola e’lon qilindi, 9ta 
radioeshittirish, 4 ta ko’rgazma tashkil etildi, ko’plab ma’ruzalar o’qildi. Arxivlar 
qiroatxonasida yuzlab tadqiqotchilar ilmiy ishlari uchun arxiv hujjatlaridan 
foydalandilar. 
Shunday qilib, O’zbekiston arxivchilari urush yillarida fidokorlik bilan mehnat 
qildilar. Ular arxiv hujjatlarini ehtiyot qilib saqlash, yangi hujjatlarni qabul qilish va 
tartibga solish, ulardan foydalanishni tashkil etish borasida samarali ish olib bordilar. 
Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston arxivlari arxiv 
materiallarini 
tartibga 
keltirish 
va 
turkumlash 
borasidagi ishlarni davom ettirdilar va 50-yillarning 
boshlarida uni yakuniga yetkazdilar. Shundan so’ng 
arxiv xodimlari boshqa muhim vazifa – fondlarning ilmiy-ma’lumotnoma apparatini 
tuzish va kataloglashtirish ishiga kirishdilar. 
O’zbekistonda arxiv ishlarini rivojlantirishning yangi bosqichi 50-yillarning 
oxirlarida boshlandi. Bu jarayon S. Xrushchov davrida mamlakatnin siyosiy hayotida 
boshlangan “iliqlik” bilan bog’liqdir. 1958 yilda arxivlar respublika Ministrlar 
Sovetining tasarrufiga o’tkazildi. Bir yildan so’ng Toshkentdagi Oktyabrp inqilobi 
markaziy arxivi va Tarix markaziy arxivi yagona O’zbekiston SSR Markaziy Davlat 
arxiviga birlashtirildi. Xuddi shu vaqtda O’zR MDA tarkibiga respublika Markaziy 
fotofonokinohujjatlar arxivi ham kirdi. Keyingi yillarda shunga o’xshash o’zgarishlar 
quyi arxiv muassasalarida ham amalga oshirildi. Jumladan, 118 ta shahar va rayon 
arxivlari qayta tuzilib, 28ta shahar va rayonlararo arxivlar tashkil etildi. Shu davrda 
tibbiyot fani tajribasidan har tomonlama foydalanish maqsadida O’zbekiston 
markaziy medisina arxivi tuzildi. Bir necha boshqa arxivlar ham tashkil etildi. 
Natijada, 70-yillarning boshlarida O’zbekistonda 66 ta arxiv muassasasi faoliyat 
ko’rsatamoqda edi. 
Kadrlar masalasini hal etishga katta e’tibor berildi. Mahalliy millat vakillarini 
arxiv ishlariga jalb qilish kuchaydi. 60-yillarning oxirida O’zbekiston arxivlarida 597 
xodim mehnat qilardi. Ularning 112 tasi oliy ma’lumotli mutaxassislar edilar. 
70-80-yillarda arxivlar uchun alohida ixtisoslashtirilgan binolarning qurilishi, 
tashkilot va muassasalarda ish yurtish holatining yaxshilanishi, hujjatlarni qayta 
ishlash bo’yicha maxsus xo’jalik hisobidagi guruhlarning tashkil etilishi arxiv 
ishlarini tubdan yaxshilashga ko’maklashdi. 
Respublika arxiv xodimlari hujjatlar to’plamlarini tayyorlash borasidagi 
ishlarni davom ettirdilar. Vazirliklar va muassasalar uchun ma’lumotnomalar 
tayyorlanar edi. Tashkilotlar va fuqarolarning talablariga binoan tegishli 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə