O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   167
 
 
 
“МEN” boshqaruv tizimi
 
 
Psixologik jarayonlar
Shaxs Psixologik holat
 
 
 
 
 
 
 
Qobiliyatlar
 


93
V BOB 
________________________________________________________ 
SHAXS BIXEVIORISTIK VA GUMANISTIK NAZARIYASI
__________________________________________________________ 
1. 
Z.Freydning psixoanalitik nazariyasi
Reja: 
1. Z.Freyd nazariyasining mohiyati 
2. Z.Freyd bo‗yicha shaxs tuzilishi va psixoseksual rivojlanish 
bosqichlari 
3. Psixoanalitik terapiya 
Mavzuning o`quv maqsadi: 
talabalarni mavzuga oid nazariy bilimlar 
bilan tanishtirish va bo`lajak psixologlarda kasbiy mahoratni tarbiyalash. 
Darsning 
vazifasi

talabalarda 
shaxs 
psixologiyasi 
nazariy 
ma‘lumotlariga oid bilimlarini rivojlantirish. 
Tayanch tushunchalar: 
mayl, id, ego, super ego, anal, oral, latent, 
genetal, fallik. 
1.Z.Freyd nazariyasining mohiyati 
Z.Freyd psixoanalizning asoschisi hisoblanadi. Ko‘pchilikning fikriga 
ko‘ra, bu sohadagi yutuqlari CH.Darvin va A.Eynshteyn kabi olimlar bilan 
bir qatorda turadi.

U o‘ziga qadar inson haqida mavjud bo‘lgan tasavvurlarni ag`dar-
to‘ntar qilib tashladi. R.Dekart, J.Lokk va I.Kant fikriga ko‘ra, tabiat har bir 
individni iroda erki bilan ta`minlagan. Erkin tanlovni amalga oshirish 
layoqati individning eng asl mohiyatini bildiradi va ongli ―men‖ bilan 
bog`langan bo‘ladi. Inson psixikasi (jon) haqidagi fikrni Z.Freyd illyuziya 
sifatida talqin qiladi. Ongli ―men‖ qudratli ongsiz mental hayotning faqat 
cho‘qqisi xolos.
30
Shunday qilib, Z.Freyd sub`ekt haqidagi bizning tasavvurlarimizda
inqilobni amalga oshirdi. Ongli mental hayot insonning umumiy mental 
hayotida faqat kichkina bo‘lak hisoblanadi. Bizning ongimizdagi jarayonlar 
ongsiz omillar bilan qat`iy determinatsiya qilinadi. Bu holatni illyustratsiya 
qilish uchun ko‘pincha aysberg bilan qiyoslashadi. Barcha ongli jarayonlarni 
aysbergning suv ustidagi qismiga o‘xshatilsa, unda ongsizlik muzning ancha 
katta, ko‘rinmas suv ostidagi qismiga o‘xshatiladi. Aynan mana shu 
ko‘rinmas massa ham og`irlik markazini, ham aysbergning harakat 
30
David G. Myers ―Psychology ninth edition in modules‖. NY, WORTH PUBLISHER-2010.7 pages (mazmunidan 
foydalanildi) 


94
yo‘nalishini aniqlaydi. Shunga o‘xshash ongsizlik ham bizning 
individualligimiz negizi hisoblanadi. 
Asr boshida yozilgan ikki muhim asarida Z.Freyd barcha individlarda 
ongsiz mental jarayonlar mavjudligi haqida gapiradi va psixoanaliz kundalik 
hayotning ongsiz sabablarini aniqlab berishga qodir ekanligini ko‘rsatadi. Bu 
o‘z navbatida inson ruhining yangi va har tomonlama nazariyasini ishlab 
chiqishga olib keladi. ―Tushlar ta`birida‖ (1900) tushlar mazmunga ega 
ekani va anglanmagan mayllarning ongga buzilgan va o‘zga shaklda 
bostirib kirishlari natijasi ekanligi qayd qilinadi. Tushlarga yashiringan 
ongsizlik mazmunini faqat murakkab talqin jarayoni yordamidagina aniqlash 
mumkin. ―Kundalik hayot psixapatalogiyasi‖ asarida kundalik hayotdagi 
nutqdagi adashishlar va xotiradan ko‘tarilib qolishlar kabi ―xatoliklar‖ tadqiq 
qilinadi. 
Z.Freydning fikricha, bunday fenomenlar tasodifiy va ma`nosiz emas, 
balki ongsizlik va niyatlarni ifodalaydi. Masalan: biz o‘zimizga yoqmay 
qolgan kimsadan olingan tassurotni yo‘qotamiz yoki esdan chiqarib qoyamiz. 
Mana shu erning o‘zidayoq aytish mumkinki, psixoanaliz insonni 
yangicha tushunishni taklif qiladi, bizning tushlarimiz, noadekvat 
reaktsiyalarimiz, hazillarimiz va asariy ―alomatlar‖ ortida aksariyat hollarda
ongsiz motivlar bo‘lishini ta`kidlaydi. Boshqacha qilib aytganda, Z.Freyd 
mulohazalariga amal qilsak, sub`ektning ongli motivlari va niyatlari asnosida 
tushunarli bo‘lgan narsalar ongsizlikni psixoanalitik tadqiq qilish natijasida 
yangi ma`no kasb etishi mumkin. Bir qarashda tushunarsiz va ma`nosiz 
bo‘lgan ―alomatlar‖, ularga ongsiz motivlar va niyatlar ifodasi sifatida 
qaralsa ma`no kasb etadi. Demak, biz Z.Freyd ―shubha germenevtikasi‖ni 
asoslayapti deb aytishimiz mumkin. 
Nerv jarayonlari xastalikka uchragan bemorlar bilan muloqot qilar ekan, 
Z.Freyd 
ular 
o‘zlarining 
―ichki 
xorij‖i 
bo‘lgan 
ongsizligini 
anglamayotganliklarini aniqladi. Shu bilan birga bemor psixoanalitikni
o‘zidagi nervozlik alomatlari deb tushunishga olib kelishi mumkin. 
Boshqacha qilib aytganda, alomatlar mazmunga ega, biroq bu alomatlarning 
egasi ham, doktor ham bu mazmun haqida bevosita bilimga ega emas. Shu 
o‘rinda talqin zarur bo‘lib qoladi. 
Z.Freyd aytishicha, (yashirin yoki xavotirli) seksual mayllar ma`nisiz 
ko‘rinadigan simptomlar yoki tushga aylanishi mumkin. Xo‘sh nima uchun 
bunday mayllar ong ostiga siqib chiqariladi? Z.Freyd fikricha, emotsional 
kechinmalarni psixikaning xotira etib bora olmaydigan qismlariga siqib 
chiqarish mexanizmlari mavjud. Namoyon bo‘lishi jihatidan almashtirilgan 
kechinmalar travma bo‘ladi (travma o‘zbek tilida ―yara‖ ma`nosini bildiradi). 
Travmaning kelib chiqishi oxir oqibat ilk bolalikkacha tekshirilishi mumkin. 
Muhokamaning o‘ziga xos (erkin assotsiatsiyalar) usulidan foydalanib, 


95
bemor va psixoanalitik travmaning ildizlarini aniqlashadi. Demak, 
psixoanalizning terapevtik maqsadi ong osti va siqib chiqarilgan axborotni 
qayta tiklash va uni ego tassarufiga uzatishdan iborat.
Ongosti (podsoznanie)ni turli usullar bilan o‘rganish mumkin. Jumladan, 
ana shunday usullardan biri ―erkin assotsiatsiyalar‖ bo‘lsa, ikkinchisi tush va 
yanglish harakat (ibora)larni chuqur germenevtik talqin qilishdir. 
Z.Freydning o‘zi tushlarning ta`biriga markaziy o‘rinni ajratgan edi. 
―Tushlarni ta`birlash ongsizlikning bilishga (podshoh qasriga yo‘l) 
bo‘lib, psixoanalizning eng asosi va har qanday tadqiqotchi ishonch va 
ma`lumot oladigan sohadir. Mendan, qanday qilib psixoanalitik bo‘lish 
mumkin, deb so‘rashsa, men doimo o‘z tushlaringizni o‘rganish orqali, deb 
javob beraman‖. 
―Tushlar ta`biri‖ asarida tushlar psixozlar bilan tashqi o‘xshashlik va 
ichki o‘zaro aloqadorlikka ega, deyiladi. Biroq ular sog`lom va normal holat 
bilan to‘la mos kelishi mumkin. Umuman, tush ―alomat‖ sifatida talqin 
qilinishi mumkin, biroq nimaning alomati sifatida? Z.Freyd yosh bolalar 
o‘zlarida bir kun oldin (―kunduzgi fantaziya‖) paydo bo‘lmagan lekin 
qondirilmagan istaklar va mayllar haqida tush ko‘rishlarini aytib o‘tadi. Tush, 
shunday qilib, ular istaklarining royobga chiqishidir. Kattalarning tushi ham 
―kunduzgi fantaziyaning‖ muayyan qismiga ega, biroq bu erda vaziyat 
murakkabroq. Kattalarning tushlari ko‘pincha tushunarsiz va kunduzgi 
mayllarni qondirishdan juda uzoq (dahshatli tushlar va vahimalar). 
Z.Freyd fikricha, bunday tushlar ong ostiga siqib chiqarilish ob`ekti 
bo‘ladilar. Tushlar qo‘rqinch bilan birga bo‘lsa, bu ularning siqib chiqarilgan, 
ega ma`qullamaydigan va ma`n qilingan istaklarini qondirish maqsadida 
vujudga keladi.
Tushni tushunish uchun uning ochiq mazmunini va yashirin ongsiz 
mazmuni (tushdagi yashirin fikrlar)ni farqlashimiz kerak. Birinchisi, biz 
uyqudan uyg`ongandan keyin ozmi-ko‘pmi eslashimiz mumkin bo‘lgan 
narsalar. Ikkinchisi, ong osti sathida yoki ―boshqa qavatda‖ tushning ochiq 
mazmuni uning siqib chiqarilgan va anglanmagan mazmunining o‘rniga 
vujudga keladi. Siqib chiqarish bizning mental murvatlarimiz ta`siri 
natijasidir. Uyg`oqligimizda bu murvatlar bizning ongimizga ong ostidagi va 
siqib chiqarilgan mayllarning kirib kelishiga yo‘l qoymaydi. Biroq 
uxlaganimizda, ular bizning psixikamizga niqoblangan holda kirib keladilar.
Demak uxlayotgan odam tushlarning ma`nosini xuddi nevrotik o‘zidagi 
alomatlar ma`nosini tushuna olmaganiday tushunmaydi. 
Biz eslaydigan (ochiq mazmunli) tushlar siqib chiqarilgan mayllarning 
buzilgan holda royobga chiqishidir. Tushdagi yashirin ong osti fikrlarini 
buzib ko‘rsatuvchi jarayonni Z.Freyd ―tushning ishi‖ deb ataydi. Ko‘p 
jihatdan u siqib chiqarilayotgan komplekslarni nevrotik alomatlarga 


96
aylantiradigan muvaffaqiyatsiz siqib chiqarish jarayoni bilan bir xil kechadi. 
―Tush ishi‖ning murvatli tushlarni bo‘rttirish, o‘rnini almashtirish, 
dramatiklashtirish 
va 
timsollashtirishdir. 
Bundan 
tashqari 
tushning 
ikkilamchi ishi ham mavjud. Ong osti shunday qilib, ―artistik‖ vositalardan 
foydalanishga harakat qiladi. Shu ma`noda biz barchamiz tushlarimizda ham 
aktyorlarmiz.
Bo‘rttirish masalan: tushdagi voqea (esda qolgan) bir necha turli xil 
istaklardan iborat bo‘lishi mumkin. O‘rin almashtirish shunday jarayonki
tushimizda biz uchun juda zarur bo‘lgan hodisa yoki shaxs juda kichik ishora 
yoki bizga notanish narsa sifatida namoyon bo‘ladi. Xuddi shunday, hodisa 
mazmun jihatdan juda oddiy hodisa ifodalangan tushimiz qo‘rqinch yoki 
kuchli hissiyotlar bilan bog`lanishi mumkin. Bo‘rttirish yoki o‘rin 
almashtirish o‘z ishini qilib bo‘lgandan keyin, psixoanalitik anglanmagan 
mazmunni aniqlash va tadqiq etish uchun ―erkin assotsiatsiyalar‖ usulidan 
foydalanadi.
31
Shunga o‘xshash timsollashtirish buzishning bir varianti bo‘lib chiqadi. 
Masalan: erkaklarning genitaliysi unga shakl jihatdan o‘xshash bo‘lgan 
ob`ektlar. Masalan, konserva bankasi, zontik, pichoq va revolver kabi 
narsalar bilan almashtirilishi mumkin. Ayollarning genitaliysi bo‘sh joyni 
o‘rab turgan ob`ektlar (g`or, quti, xona, bino va boshqalar) yordamida 
timsolan taqdim qilinishi mumkin. (Aflotun tomonidan taklif qilingan g`orga 
qiyoslash psixoanalitiklar tomonidan qanday talqin qilinishi mumkin edi.) 
Tushning ikkilamchi ishi tushni mantiqiy qarama qarshiliksiz, og`zaki 
ifodalashga harakat qilishimizdan kelib chiqadi. Freyd fikriga ko‘ra, tushning 
ochiq mazmuni juda ko‘p turli va qarama qarshi elementlarni qamrab oladi. 
Aytish mumkinki u o‘ta aniq. Shunga o‘xshash tarzda turli sabablar zanjiri 
va omillar psixologik alomatlarni o‘ta aniqlab beradi. 
Z.Freyd aytishicha, tushning yashirin fikrlari tsenzuradan o‘tkaziladi. 
Soddaroq qilib aytsak, siqib chiqarilgan va ma`n qilingan mayllar ongda 
namoyon bo‘lish uchun ―tsenzuradan‖ o‘tishlari kerak. TSenzurani chetlab 
o‘tish uchun tushning ishi tushdagi yashirin fikrlarni tushning ochiq 
mazmuniga aylantiradi. Biz eslaydigan tushimiz maxfiy, kodlashtirilgan 
axborotga ega bo‘lib, u ongimizga kontrabanda yo‘li bilan olib kiriladi. Biz 
tushimizning ochiq mazmuniga echish lozim bo‘lgan rebusga qaraganday 
qarashimiz mumkin. Psixoanalitik kodni ravshanlashtirgandan keyingina 
31
David G. Myers ―Psychology ninth edition in modules‖. NY, WORTH PUBLISHER-2010.13-14pages 
(mazmunidan foydalanildi) 


97
tushning yangi mazmuni paydo bo‘ladi. Maxfiy ma`no nima? Z.Freyd 
aytishicha, kattalarning tushlari ko‘pincha seksual tomonga yo‘naltirilgan va 
erotik mayllarini ifodalaydi. (Bu xulosa Z.Freyd keyinchalik agressiya yoki 
o‘lim unikal instinkti haqidagi tushunchani kiritgandan keyin muammoli 
bo‘lib qoldi). Tushlarning ta`birlashning asosiy qoidalarini quyidagi tarzda 
ifodalaymiz: 
1.
Tushdagi yashirin fikrlar va ochiq ma`no o‘rtasidagi tafovut 
tushning mazmunini tushunishda kalit bo‘lib, xizmat qiladi.
2.
Tushning ochiq mazmuni- undagi yashirin fikrlarni buzilgan 
ifodasi bo‘lib, ta`bir joiz bo‘lsa, tush ishining mahsulidir. 
3.
Tushlarni tahlil qilish uchun Z.Freyd ―erkin assotsiatsiyalar‖ 
uslini qo‘llaydi, bu usuldan psixoterapiyada ham foydalanish mumkin. 
4.
Z.Freydning tushlarning talqin qilishga yondoshuvi bizga inson 
mental holatlarining boy manzarasini namoyon qiladigan psixologik 
modelning asoslarini ifodalaydi. 
5.
Z.Freydning tushlardagi yashirin ma`noni aniqlashga urinishi 
ong osti ba`zi ―grammatik‖ qoidalarga mos tarzda ishlashi yoki ong osti 
―til‖ga o‘xshab tuzilmalashtirilganini (tushni rebus sifatida tushunish bilan 
taqqoslang) tushunishga olib keladi. 
Bir qator sabalarga ko‘ra, Z.Freydning mental ―apparat‖ to‘g`risidagi 
nazariyasini tushunish qiyin. Birinchidan, psixoanalizni ishlab chiqishning 
turli bosqichlarida Z.Freyd o‘zining inson psixikasiga nisbatan psixikaga 
bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirib, kengaytirgan. Garchi ularning hammasining 
birlashtirishga intilsa ham uning kontseptsiyasida noaniq holatlar ko‘p. 
Ikkinchidan, Z.Freydning fiziologik va juda antropomorf (insonga o‘xshash)
atamalari ko‘p ma`nolidir. U ―bechora ego‖ ―uch teram xo‘jayinga‖ (tashqi 
dunyo, id va super ego) xizmat qiladi deganda, u mental funktsiyalarni 
ob`ektivlashtirib personifikatsiyalashtirmoqda, Gilbert Rayl (1890-1976) 
―mashina ichidagi ruh‖ deb atagan narsani kiritmoqchi degan tasavvur paydo 
bo‘lishi mumkin. 
Z.Freydning birinchi ―topografik modeli‖ (psixika yoki inson shaxsi 
tuzilmalari xaritasi) mental hayotning uch lokalizatsiyasini farqlaydi. 
Soddaroq qilib, mental apparat maydonda uch sohaga bo‘lingan: ongsizlik, 
ongoldi va onglilikka bo‘lingan, deyish mumkin. Ongni individ bevosita 
anglayotgan barcha narsalar, deb tavsiflash mumkin. Ongoldi-individ 
xotirada tiklashi yoki eslashi mumkin bo‘lgan barcha narsalar sohasi. 
Z.Freyd ongsizlikni ongga ancha harakatlar bilan chiqadigan mental 
jarayonlar sifatida belgilaydi. 
―Psixoanalizga kirish boyicha ma`ruzalar‖da (1815-1917) aytilganlarni 
tushunishga yordam beradigan misol keltiradi. Mehmon katta dahlizda 
(ongsizlik) va mehmonxonaga (ongoldi)ga kirmoqchi. Biroq bu ikki xona 


98
o‘rtasidagi koridorda qorovul (tsenzor) bor va u mehmonlarni tanlab 
o‘tkazadi. Agar mehmon qorovulga yoqmasa, u haydab yuboriladi yoki 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə