14
SHaxs psixologiyasining asosiy muammolari
SHaxs
strukturasi
muammosi,
xulq-atvor
motivatsiyasi,
shaxs
taraqqiyoti muammosi, psixik salomatlik va psixopatologiya muammolari
shaxs psixologiyasining tayanch muammolari sanaladi.
SHaxs strukturasi muammosi.
SHaxs
strukturasi muammosi
ob‘ektning ierarxik tuzilishi va alohida darajalar o‗rtasidagi tiplarning
aloqalarini nuqtai nazaridan o‗rganishni qo‗llab-quvvatlovchi sistemalilik
prinsipi bilan chambarchas bog‗liq.
SHaxs xulq-atvor motivatsiya muammosi.
SHaxs xulq-atvor
motivatsiyasi muammosi faollik prinsipiga asoslangan bo‗lib, quyidagi qator
masalalarni hal qilish bilan bog‗liq:
1) motivlar klassifikatsiyasi,
2) motivlar tizimining o‗zgarishi,
3) motivlar o‗zgarishi,
4) motivlarni faollashtirish,
5) motivatsiya jarayonining dinamikasi,
6) motiv va maqsadlar o‗zaro munosabati,
7) xulq-atvor motivatsiyalariga ta‘sirining xilma xilligi.
Motivlarni klassifikatsiyalash mezonlarini aniqlash,
biogenetik va
sotsiogenetik ehtiyojlarni ajratish, har xil darajali motivlarning aloqadorlik
prinsiplarini o‗rganish singari (masalan, G.Olport va boshqalar bo‗yicha
motivlarning funksional avtonomiya prinsipi)
singari muammo doirasidagi
xususiy masalalar shakllanadi.
Motivlar o‗zgarishi muammosi o‗zida bilvosita motivatsiyalash yo‗li
bilan yangi ehtiyojlarni (V. Vilyunas), motivning maqsadga o‗zgarish
mexanizmi yordamida (A.N. Leontev), identifikatsiya va rollarni qabul
qilishnihosil qiladi.
Motivlarning ko‗pincha anglamaslik oqibatida ularni o‗lchash va
o‗lchash vositasi sifatida an‘anaviy so‗rovnomalar hamda testlarni qo‗llash
imkonsizligi bilan bog‗liq muammo vujudga keladi. Aynan shu sababli
proektiv testlardan foydalanish va ularning psixometrik
xarakteristikasi
haqidagi masalasini muhokama qilishga to‗g‗ri keladi.
Vaziyat omilining inson xulq-atvoriga ta‘siri, ma‘lum motivlarni
faollashtirish muammosi ma‘lum shart-sharoitlar ichki zo‗riqishni hosil qiladi
(stimullarning jadal ta‘siri,
yangiligi, murakkablik) va individning bir xil
ko‗rinishdagi harakatlarni sodir qilishga (masalan, reaktiv agressiv
harakatlarni,
xulq-atvor vasiyligi, muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlikka
mo‗ljal olish) olib keladi.
Motivatsiya jarayonlarning o‗rganish dinamikasi faoliyatni tarqab
ketishi yoki uning yangilanishi, ularning shartlovchi, izchilligi va bosqichlar
ketm-ketlig sababini yoritishdan iborat bo‗ladi.
15
Motiv va maqsad munosabatlari haqidagi masla
faoliyat mazmun hosi
qilishi, individning harakat qilishga undashi va yo‗naltirishi o‗rtasidagi
munosabatlar xarakteri bilan bog‗liq.
Dostları ilə paylaş: