16
universal, qonunni tahlili qilish bilimi olishga imkon bersa,
ikkinchisi,
yagona, noyob, xususiy ma‘lumotlar olishga xizmat qiladi. Ilk bora ushbu
atama 1894 yilda Vilgelm Vindelbandning ―Tarix va tabiatshunoslik‖
mavzusidagi nutqida qo‗llanilgan bo‗lib, u fanlarni predmetiga ko‗ra emas,
balki tadqiqot metodiga ko‗ra bo‗lish taklifini berdi. XX asrga kelib, ushbu
muammoga psixologiya ham duch keldi. G.Olport
ishlarida psixologiyada
nomotetik va ideografik yondashuvlarning qo‗llash hamda ularning
muvofiqlik masalalari muhokama qilindi. Umumqabul
qilingan fikrlarga
muvofiq nomotetik metodlar inson tadqiqot ob‘ekti sifatida qaraladigan
tabiiy-ilmiy yo‗nalishdagi tadqiqotlarda qo‗llanilib,
umumiy qonunlarni
izlashga yo‗naltirilgan.
Ideografik metodlar inson , xulq-avtori bir
muncha darajada bashorat
qilib bo‗lmas darajadagi faol rivojlanuvchi va o‗zgaruvchi sub‘ekt deb
o‗rganadigan gumanitar yo‗nalishdagi tadqiqotlarda foydalaniladi.
2. Nazariy metodlar g‗oyalar, tasavvurlar,
timsollar bilan ishlashga
yo‗naltirilgan. Nazariy metodlarni foydalanishda voqelik bilan emas,
balki
fikriy vakolatli ishga ega bo‗ladi. Nazariy metodning xilma xilligini fikriy
eksperiment va xususiy modellashtirish bilan bir xil bo‗ladi.
Empirik metodlar
– kuzatish, o‗lchash va eksperiment ma‘lumotlar
to‗plashning umumilmiy vositasi bo‗lib, shaxsni psixologik tadqiqot ob‘ekti
sifatida o‗rganish uchun foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: