O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   167
Tadqiqot metodlari 
Psixologik metodlarni bo‗lish uchun eng umumiy asos ular shaxsning 
noyob, individual xususiyatlarini baholashga sezgirligi bilan xarakterlanadi. 
1.Metodologiya darajasida ilmiy bilishning nomotetik va ideografik 
metodlariga ajratildi. Ulardan birinchisi, tadqiqot ob‘ekti haqidagi umumiy, 
1
(Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 554, 565). 


16
universal, qonunni tahlili qilish bilimi olishga imkon bersa, ikkinchisi
yagona, noyob, xususiy ma‘lumotlar olishga xizmat qiladi. Ilk bora ushbu 
atama 1894 yilda Vilgelm Vindelbandning ―Tarix va tabiatshunoslik‖ 
mavzusidagi nutqida qo‗llanilgan bo‗lib, u fanlarni predmetiga ko‗ra emas, 
balki tadqiqot metodiga ko‗ra bo‗lish taklifini berdi. XX asrga kelib, ushbu 
muammoga psixologiya ham duch keldi. G.Olport ishlarida psixologiyada 
nomotetik va ideografik yondashuvlarning qo‗llash hamda ularning 
muvofiqlik masalalari muhokama qilindi. Umumqabul qilingan fikrlarga 
muvofiq nomotetik metodlar inson tadqiqot ob‘ekti sifatida qaraladigan 
tabiiy-ilmiy yo‗nalishdagi tadqiqotlarda qo‗llanilib, umumiy qonunlarni 
izlashga yo‗naltirilgan.
Ideografik metodlar inson , xulq-avtori bir muncha darajada bashorat 
qilib bo‗lmas darajadagi faol rivojlanuvchi va o‗zgaruvchi sub‘ekt deb 
o‗rganadigan gumanitar yo‗nalishdagi tadqiqotlarda foydalaniladi.
2. Nazariy metodlar g‗oyalar, tasavvurlar, timsollar bilan ishlashga 
yo‗naltirilgan. Nazariy metodlarni foydalanishda voqelik bilan emas, balki 
fikriy vakolatli ishga ega bo‗ladi. Nazariy metodning xilma xilligini fikriy 
eksperiment va xususiy modellashtirish bilan bir xil bo‗ladi.
Empirik metodlar
– kuzatish, o‗lchash va eksperiment ma‘lumotlar 
to‗plashning umumilmiy vositasi bo‗lib, shaxsni psixologik tadqiqot ob‘ekti 
sifatida o‗rganish uchun foydalaniladi.

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə