285
XIV BOB
________________________________________________________
SOTSIAL VA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR
__________________________________________________________
1.Shaxsning o‗zini o‗zi anglashi. Men-konsepsiyasi.
Shaxsning ijtimoiy
tasavvurlari
1.1.O‗z-o‗zini anglash: jarayoni va natijasi
1.2.Men-konsepsiyasi va jinsiy o‗xshashlikning
shakillanishi
1.3.Gender o‗xshashligi
1.4.Ijtimoiy tasavurlari: muammolar va istiqbollar
1. O„z-o„zini anglash: jarayoni va natijasi
O‗z-o‗zini anglash jarayon va natija sifatida ko‗riladi. Odatda, o‗zo‗zini
anglash ob‘ektiv dunyoga qarama-qarshi qo‗yiladi. Bunda aloxida e‘tibor ong
va o‗z-o‗zini anglash nisbatiga, ong birinchiligi masalasiga beriladi.
S.L.Rubenshteyn ongga bo‗lgan ideolistik qarashni tanqid qiladi, unga ko‗ra
―psixik
mavjutlik uning anglashi bilan; psixikani moxiyati shundaki, u
to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗zini-o‗zi bilishda; ruhiyat ong bilan, ong-ruxiyat bilan bir
deb xisoblanadi. Natijada ruxiyat anglash
doirasida cheklanib qoladi, uning
ongi va bilishi- to‗g‗ridan-to‗g‗ri ma‘lumot borligi‖. O‗z
qarashini ong va
o‗z-o‗zini anglash muammosida ximoya qilib Rubenshteyn, o‗z-o‗zini
anglash o‗z ichiga, o‗z-o‗ziga
munosabatni kiritadi, lekin to‗g‗ridan-to‗g‗ri
emas, balki shaxsning butun xayoti va sub‘ektning xayotiy ko‗rinishlari
vositachiligida, deb ta‘kidlaydi. Ong o‗z-o‗zinianglashdan emas, balki o‗z-
o‗zini anglash sub‘ektning aktivligidan shakillanadi. ―O‗z-o‗zini anglash va
o‗z-o‗zini bilishning ob‘ekti ―toza‖
ong emas, balki ong insonning real
material mavjudligida aloxida , insonning o‗zi esa o‗z borlig‗ining o‗zluksiz
butunligida‖.
O‗z-o‗zini anglashni jarayon va maxsulot sifatida ajralishini U.Djems
tomonidan kiritilgan. U Men-angluvchi(I) va Men-ob‘ektkabi(Me) ajratgan.
Men-angluvchi
toza
tajriba,
o‗z-o‗zini
anglashning
protsessual
xarakteristikasi. O‗z-o‗zini anglashning
bu ikki aspektni biz faqat
nazariyasiga nisbatan avtonom sifatida tasavvur qilishimiz mumkin,
chunki
ular real xolatda bir-birisiz mavjud emas.
Dostları ilə paylaş: