O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


  YIII.2. Kredit munosabatlari rivojlanishining asosiy bosqichlari



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   165
pul va banklar

 


84 
YIII.2. Kredit munosabatlari rivojlanishining asosiy bosqichlari 
 
O‗zining tarixiy rivojlanishida kredit quyidagi bosqichlarni bosib o‗tgan: 
Boshlang’ich shakllanish
. Bu bosqichning asosiy belgisi ssuda kapitali 
bozorida maxsus vositachilarning yo‗qligi. Kredit munosabatlari, bo‗sh pul 
mablag‘larining egasi va qarz oluvchi o‗rtasida bevosita amalga oshirilgan. Bu 
yerda kredit sudxo‗rlik kapitali sifatida namoyon bo‗ladi. Uning xarakterli 
xususiyati bo‗lib: 
-
Qarz beruvchi va qarz oluvchi o‗rtasida to‗g‘ridan to‗g‘ri kelishuvga 
asoslangan qarz munosabatlarining to‗liq markazlashmaganligi. 
-
Mablag‘larni taqsimlashning cheklanganligi. 
-
Qarz mablag‘laridan foydalanganligi uchun juda yuqori foiz normalarining 
belgilanganligi va boshqalar. 
Bu bosqichning tugallanishiga ishlab chiqarishning tobora rivojlanib 
borishi tufayli qarz resurslariga bo‗lgan ehtiyojni keskin oshganligi va alohida 
olingan sudxo‗rlar kapitalini bu talablarni qondirishga yetarli bo‗lmaganligi. 
Tarkibiy jihatdan rivojlanish
. Bu bosqich ssuda kapitali bozorida kredit-
moliya tashkilotlari kabi maxsus vositachilarning paydo bo‗lishi bilan 
xarakterlanadi. 
Kapital sudxo‗rlik va sarroflik idoralari zaminida vujudga kelgan dastlabki 
banklar keyinchalik kredit institutlariga an‘anaviy bo‗lib qolgan quyidagi 
funktsiyalarni o‗z zimmasiga oldi: 
-
bo‗sh moliyaviy mablag‘larni o‗z vaqtida foiz bilan to‗lash majburiyati
asosida qarz oluvchiga berish. 
-
yuridik va jismoniy shaxslar uchun har xil to‗lov va hisob-kitoblar bo‗yicha
xizmat ko‗rsatish (keyinchalik davlat uchun ham). 
-
qator maxsus moliyaviy operasiyalarni o‗tkazish (veksel va boshqalar). 
Bu bosqichning asosiy belgisi – iqtisodiyotda kredit munosabatlarini davlat 
tomonidan 
markazlashgan
xolda boshqarilishidir. 
Davlat miqiyosida kredit munosabatlarining markazlashuvi har bir 
davlatning Markaziy banki yordamida amalga oshiriladi. Dastlabki milliy davlat 
kredit institutlarining paydo bo‗lishi naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borish uchun 
qo‗l keldi, hamda tijorat banklarining operatsiyalari va xizmat ko‗rsatish 
ko‗lamining kengayishiga olib keldi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə