O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   165
pul va banklar

Kreditning maqsadliligi
. Bu shu bilan bog‘liqki, qarz oluvchi olingan kreditni 
ma‘lum maqsadga (tovar moddiy boyliklar sotib olish, ishlab chiqarish
xarajatlarini qoplash va boshqalar) yo‗naltirilgan bo‗lishi zarur. Bu maqsadlar 
kredit beruvchi va kredit oluvchi o‗rtasida tuzilgan shartnomada o‗z aksini topadi. 
Korxona olgan kreditni faqatgina kredit shartnomasida ko‗rsatilgan ishni 
bajarishga (sotib olishga va boshqalar) sarflashi kerak. 
Kreditning samaradorligi
. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning yuqorida 
keltirilgan tamoyillaridan tashqari, kreditdan oqilona foydalanishni ifodalovchi 
tamoyil - kreditning samaradorligi tamoyili ham muhim ahamiyatga egadir. Bu 
tamoyil nafaqat kredit va foiz summasini bankga qaytarib to`lashni, bundan 
tashqari, shu kredit yordamida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha
tarmoq, korxona qancha samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida beriladigan kreditlar ma`lum bir loyihalarning bajarilishiga 


87 
yo`naltirilgan bo`ladi. Banklar loyihalarni kreditlash yoki moliyalashtirishdan 
oldin loyihani bajarish uchun yo`naltiriladigan mablag‘larning samaradorligini 
hisoblab chiqishlari zarur. Agar biz bozor iqtisodi yuqori rivojlangan 
mamlakatlarda kreditlash va loyihalarni moliyalashtirish amaliyotiga e`tibor 
beradigan bo`lsak, bu mamlakatlarda korxona, tashkilotlarga kredit berishdan oldin 
qo`yiladigan mablag‘larning samaradorligi hisob-kitob qilib chiqadi. Agarda 
loyihaga qo`yiladigan mablag‘lar samara beradigan bo`lsagina, shu loyiha uchun 
mablag‘ ajratiladi. Har bir korxona va tashkilot uchun kreditdan foydalanishda 
uning samaradorligiga alohida e`tibor berish foydadan xoli emas, chunki 
samaradorlik kreditning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Kreditning 
samaradorligi ishlab chiqarish va savdo hajmiga to`h‘ridan-to`g‘ri bog‘liq. 
Samaradorlik tamoyilining mavjudligi va unga rioya qilish kreditning boshqa 
tamoyillarining bajarilishi uchun asos hisoblanadi. Samaradorlik kreditdan aniq, 
maqsadli foydalanishni taqozo qiladi. Shunga asoslangan holda kreditning 
samaradorligini sodda qilib quyidagicha ifodalash mumkin:

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə