O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165
pul va banklar

Kreditning muddatliligi
. Bu kreditning ma‘lum muddatga berilishini anglatib, 
u qisqa va uzoq mudatli kreditga bo‗linadi. Bu muddat qarzdor uchun xoxlagan 
muddatda emas, balki u shartnomada belgilangan muddat hisoblanadi. Kreditni o‗z 
vaqtida qaytarilishi ikkala tomon uchun ham muhim hisoblanadi. Qarz bergan 
tomon uchun kreditni o‗z vaqtida foiz bilan kaytarilishi uni yana kreditga berish 
imkoniyatini yaratadi, qarzdorni esa shartnomada ko‗zda tutilgan jazo 
choralaridan qutultiradi.Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarni tejamli 
va qayta ishlatish muddatiga, ishlab chiqarilgan maxsulotni jo‗natish muddatiga, 
tovarlarni sotish muddatiga va pirovard natijada aylanma mablag‘larni doiraviy 
aylanishini tezligiga bog‘liqdir. 
Kreditni tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligi
. Bu tamoyilning 
mohiyati shuki, bunda xo‗jalik aylanmasida ishtirok etuvchi bank mablag‘larining 
bir so‗miga muayyan boyliklarning har bir so‗mi qarama-qarshi turishi kerak. 
Berilgan kreditlar tovar-moddiy boyliklari va ma‘lum harajatlar bilan ta‘minlangan 
bo‗lishi kerak. Ta‘minlanmagan kreditlarning berilishi kreditlarni bankga qaytib 
kelmasligiga asos hisoblanadi.
Buning uchun xozirgi sharoitda qarz oluvchilar bankga tovar yoki tovar 
hujjatlarini, mulkni garovga qo‗yadi. Kredit varrant (garov uchun xizmat qiluvchi 
hujjat) yoki uchinchi shaxs kafolati asosida ham berilishi mumkin. 
Kreditning bu tamoyili qarz oluvchi o‗ziga olgan majburiyatlarini buzish 
sharoitida qarz beruvchining mulkdorlik manfaatlarini himoya qilishni ta‘minlaydi 
va o‗zining amaliy aksini kreditning biror garov yoki moliyaviy kafolat asosida 
berishda topadi. Bu umumiqtisodiy barkamolikka erishish davrida muhimdir. 
To‘lovlilik
. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag‘larini 
hisoblangan foizi bilan to‗liq o‗tkazadilar. Kredit uchun haq to‗lashning iqtisodiy 
mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o‗rtasidagi qo‗shimcha olingan foydaning 
taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo‗ladi. Xozirgi sharoitda ssuda foizi 
miqdori shartnomada o‗z aksini topadi va u kreditlashning o‗rtacha normasi va 
bank marjasidan tashkil topadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə