95
Veksellarni hisobga olish jarayonida, muddat o`tgach, ular taqdim
qilinganda to`lov summasini aniqlash uchun quyidagi formula ishlatiladi:
S = P* ( 1 - n*d );
Bunda, d - oddiy hisob stavkasi.
Masalan, bank muddati kelmasdan turib majburiyatlarni to`lash bo`yicha
20 kunlik vekselni qayta hisobga oladi. Bunda vekselning nominal summasi 100
mln. so`m, hisob stavkasi - yiliga 130 %.
Bu holda, veksel' hisobga olingandagi summa quyidagicha bo`ladi.
P=100 ( 1 - 1,3 * 20 / 360 )
Bank amaliyotida murakkkab foizlar ham qo`llanishi mumkin. Ular,
odatda, uzoq muddatli kreditlashda ishlatilib, hisoblangan protsent summalari
shartnoma tugallanmaguncha kreditorga to`lanmaydi, balki qarzning asosiy
summasini ko`paytiradi. Biz-ning bank amaliyotimizda murakkab protsent
hisoblash metodi asosan yuridik va jismoniy shaxslarning depozit va omonat
hisoblari bo`yicha qo`llanadi.
Bu metoddan foydalanganda hisoblangan mablag'lar hajmi qarzga qo`shiladi
va ularga nisbatan foiz hisoblanib boraveradi.
Murakkab foizlarni hisoblash va qarzning jami summasini quyidagi
formulada hisoblash mumkin.
Dostları ilə paylaş: