94
Xalqaro kreditlar bo‗yicha foiz stavkalari jaxon ssuda kapitallari bozorida
aniqlanib, bu bozorlarning
asosiy qismi London, Tokio, Nyu York, Frankfurt-na-
Mayne, Parij, Bryussel shaharlarida joylashgan.
Umuman kreditlar bo‗yicha foiz stavkalari turli omillar ta‘sirida o‗zgarib
turadi. Shunday omillarning asosiylari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi:
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi.
Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa
u kamayadi.
Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi. Ko‗proq naf
keltirsa, foiz yuqori va aksincha.
Qarzni to‗lash muddati va sharti. Qarz uzoq muddatga
berilib uni asta-sekin
kichik qismlar bilan qaytarilsa, qarzdor yuqori foizga rozi bo‗ladi va aksincha.
Qarzni qanday pul bilan berilishi. Qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa
foiz yuqori va aksincha.
Inflyasiya darajasi. Bunda foiz darajasi inflyasiya darajasiga nisbatan to‗g‘ri
mutanosiblikda o‗zgaradi.
Pulni qarz berishdan ko‗ra boshqa yo‗sinda ishlatishdan tushadigan daromad.
Bunda pul egasining afzal ko‗rish prinsipi amal qiladi. Masalan, agar aktsiya
bo‗yicha dividend yuqori bo‗lsa foiz pasayadi va aksincha.
Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa foiz
past, agar uni qaytishi shubxali bo‗lsa foiz yuqori bo‗ladi va boshqa omillar.
Dostları ilə paylaş: