O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


IX.3.Davlat krediti, iste’mol krediti va tijorat krediti



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   165
pul va banklar

IX.3.Davlat krediti, iste’mol krediti va tijorat krediti 
 
Davlat kreditining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning 
qatnashuvidir. Davlat kreditida davlatning bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi 
tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etishi, qarz beruvchi vazifasini bajara turib 
davlat davlat kredit institutlari, jumladan Markaziy bank orqali iqtisodiyotning har 
xil sohalarini kreditlashni o‗z zimmasiga oladi. Bu markazlashgan kreditlar 
iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini kreditlash, davlat ahamiyatiga ega bo‗lgan 
aniq tarmoq va sohalarga, agar byudjetdan moliyalashtirish imkoniyati 
bo‗lmaganda vaqtincha foydalanishga mablag‘ ajratilishi mumkin. 
Undan tashqari tijorat banklariga banklararo kreditlar bozorida kredit 
resurslarini kim oshdi savdo yo‗li bilan yoki to‗g‘ridan to‗g‘ri sotish jarayonida 
davlat tomonidan mablag‘lar vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin. 


104 
Davlatning qarzlari ko‗paygan hollarda davlat byudjeti kamomadini 
moliyalashtirish maqsadida davlat qarz oluvchi sifatida davlat qarzlarini 
joylashtirish jarayonini amalga oshiradi. 
Davlat xazina majburiyatlarini chiqarish, moliya bozorlarida davlat qimmatli 
qog‘ozlarini joylashtirish, davlat zayomlarini chiqarish va sotish yo‗li bilan 
banklarning, aholining va boshqa moliya-kredit institutlarining pul mablag‘larini 
yig‘adi va ularni davlat qarzi va byudjet kamomadini qoplashga sarflaydi. Davlat 
o‗z qarzidan voz kechishi ham mumkin.
Bundan tashqari davlatni ichki va tashqi qarzlari, davlat kafil va kreditor 
sifatida ham bo‗lishi mumkin. 
Iste‘mol kreditining xususiyati u jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning bu 
shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga savdo va 
xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo‗lishi mumkin. 
Iste‘mol krediti ikki shaklda: pul shaklida va tovar shaklida berilishi mumkin. 
Jismoniy shaxslarga bunday kreditlar ko‗chmas mulkka egalik qilish uchun, har xil 
tovar va xizmatlar, uy jixozlarini sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun 
beriladi. 
O‗zbekistonda hozirgi vaqtda bunday kreditlar uy-joy sotib olish va qurishga, 
avtomobil sotib olishga va boshqa maqsadlarga berilmoqda. O‗zbekistonda keyingi 
yillarda iste'mol krediti hisoblangan ipoteka krediti juda tez sur'atlar bilan 
rivojlanib bormoqda. Manbalarga ko‗ra, ipoteka atamasi birinchi marta eramizdan 
oldingi VI asrda Gretsiyada vujudga kelgan. Qadimgi greklar qarz oluvchini 
kreditor oldidagi majburiyati evaziga yerni tikishgan. Qarz oluvchining yer 
maydonining chetiga maxsus yog'och o‗rnatilgan bo‗lib, unda ushbu yer garov 
vazifasini o‗tayotganligi haqidagi yozuv qayd etilgan. Bu yog'och ustun ―ipoteka‖ 
deb atalgan, yunon tilida ―tirgovich‖, ―poya‖, ―taglik‖ ma'nolarini anglatgan. 
Demak, ipoteka – (grek. hypotheke – zaklad, garov ) – ko‗chmas mulk 
ko‗rinishidagi garov (asosan yer va binolar) bo‗lib, asosiy maqsad ssudani olishga 
qaratilgan. Ipoteka shunday garov turiki u kreditorning qo‗liga berilmaydi, balki 
qarzdorning ixtiyorida qoladi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə