O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   165
pul va banklar

Tijorat krediti
– kreditning boshqa turlariga nisbatan tarixan juda qadimda 
paydo bo‗lgan. Uning vujudga kelishi bevosita tovarlarni ishlab chiqarish va 
ularning realizaciyasi bilan chambarchas bog'liqdir. Tijorat kreditining obyekti 
bo‗lib sotiladigan tovarlar, subyekti bo‗lib mol yetkazib beruvchi va mol sotib 
oluvchi korxonalar hisoblanadi. Bu kreditning asosiy maqsadi tovarlarni sotishni 
tezlashtirish va shu orqali foyda olishdan iborat. Tijorat krediti sotuvchi tomonidan 
sotib olingan tovarlarning to‗lovini ma'lum muddatga kechiktirish orqali amalga 
oshiriladi. Xalqaro bank amaliyotida ushbu kreditni vekselli kredit sifatida 
ta'kidlaydi. Veksel tijorat kreditining ―quroli‖ hisoblanib, asosan barcha tijorat 
kreditlari veksel yordamida amalga oshiriladi. Bunda sotib oluvchi korxona 
sotuvchidan olgan tovarlar yoki ko‗rsatgan xizmatlari uchun unga vekselni taqdim 
etadi. Veksellar odatda ma'lum muddatlarga (3 oy, 6 oy va 12 oy) sotib oluvchi 
tomonidan chiqarilgan bo‗lib, sotuvchi vekselda ko‗rsatilgan muddat etib kelganda 


105 
uni bankka topshirish asosida asosiy summani va unga hisoblangan qo‗shimcha 
foiz to‗lovini olish huquqiga ega bo‗ladi. 
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda tijorat kreditini xo‗jalik krediti sifatida ham 
yuritishadi. Buning sababi shundaki, tijorat kredit bilan bog'liq iqtisodiy jarayonlar 
xo‗jalik yurituvchi sub'ektlar o‗rtasida amalga oshirilib, ushbu kredit turi kreditor – 
korxona tomonidan tovar yoki pul ko‗rinishida berilishi mumkin. Tijorat kreditida 
kreditning ob'ekti tovarlar hisoblanib, tovarlarga to‗lovlarni kechiktirish yo‗li bilan 
veksel asosida beriladi. Pul ko‗rinishidagisida kreditning ob'ekti qiymat 
hisoblanadi, bu kredit korxonaning ixtiyoridagi vaqtinchalik foydalanilmaydigan 
pul mablag'lari hisobidan beriladi. Tijorat krediti tovar yoki pul ko‗rinishida 
berilishidan qat'iy nazar, bank kreditiga nisbatan juda qisqa muddatlarga beriladi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə