O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   165
pul va banklar

IX.4.Lizing kredit 
 
Lizing inglizcha ijara ma‘nosini bildiradi. Eramizdan oldingi to‗rtinchi 
asrda yashagan grek faylasufi Aristotel – «Boylik mulkka egalik qilishda emas
balki undan samarali foydalanishdadir», - degan shu fikr bilan olim lizing 
g‘oyasiga asos solgan.
Mulk tushunchasida mulkka egalik qilish va undan foydalanish huquqi 
tushunchalari mavjud. Keyingi vaqtlarda mulkdan foydalanishning yangi shakli 
ijara munosabatlari, keyinchalik esa uni takomillashgan maxsus turi moliyaviy 
ijara – lizing vujudga keldi.
Tarix ma‘lumotlariga ko‗ra lizing eramizdan oldingi 2000 yillarda Shumer 
davlatida mavjud bo‗lgan, Venesiyada rivojlangan. Uni rivojlangan bosqichi XIX 
asrning ikkinchi yarmi va XX asrning dastlabki yillariga to‗g‘ri keladi. Avstriyalik 
olim V.Xayor 1877 yilda o‗zining «Yevropada qanday qilib biznes qilish kerak» 
nomli kitobida «Bell» telefon kompaniyasida o‗zi ishlab chiqargan telefon
apparatlarini ijaraga berganligi va shu orqali katta foyda ko‗rganligi to‗g‘risida gap 
yuritadi. Bunda iste‘molchilar nafaqat telefon apparatidan foydalanish huqiqini
balki kelishilgan to‗lovlarni bajarganlaridan so‗ng uning egasi bo‗lish huquqini 
ham qo‗lga kiritishgan. 
Buyuk Britaniyada XX asr boshlarida konchilar temir yo‗l vagonlarini 
avval ijaraga olib keyin sotib olishgan.
Bugungi zamonaviy lizing (moliyaviy ijara) XX asrni 50 yillarida AQSh 
da shakllanib takomillashdi. Vositachi sifatidagi birinchi lizing kompaniyasi 1952 
yilda San-Fransisko shahrida ishbilarmon Genri Shonfeld tomonidan asoslangan 
«United States leazing corporation» dunyoga keldi.
AQShdagi lizing bo‗yicha shov-shuvlar Germaniya, Italiya va Fransiyada 
davom etdi. Jaxon banki tarkibida xalqaro lizing munosabatlarini tartibga solish 
bo‗yicha Xalqaro Moliya korporasiyasi (XMK) ish boshladi.
Bugungi kunda XMK 50 mamlakatning 96 lizing kompaniyalari faoliyatini 
moliyalashtirgan. 40 mamlakatning 120 dan ortiq lizing sohasidagi investisiya
loyihalarini amalga oshirishda texnik yordam ko‗rsatgan hamda 25 mamlakatdagi 
lizing kompaniyalarining muassisi hisoblanadi.


106 
Yuqoridagilarga asosan lizing – bu mulkiy munosabatlar majmui bo‗lib 
bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir tarafning (lizing oluvchining 
topshirig‘iga binoan uchinchi taraf(mol yetkazib beruvchi)dan lizing 
shartnomasiga muvofiq lizing obyekti bo‗lgan mulkni o‗z mulki qilib sotib olib uni 
to‗lash asosida lizing shartnomasida belgilangan shartlar bilan vaqtinchalik 
foydalanish va egalik qilish uchun lizing oluvchiga beradi.
Lizing munosabatlarining asosiy hujjati bo‗lib shartnoma hisoblanadi. 
Lizing ob‘yekti bo‗lib iste‘mol qilinmaydigan va qonunchilik bilan taqiqlanmagan 
tadbirkorlik faoliyatida qo‗llaniladigan har qanday buyumlar, barcha mulk 
majmualari, shu jumladan yer uchastkalari va boshqa tabiat ob‘yektlari, binolar, 
inshoatlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‗char va ko‗chmas 
mulklar hisoblanadi.
Moliyaviy lizingning mohiyati mulk qiymatini bo‗lib-bo‗lib to‗lash asosida 
sotib olishni ifodalaydi va tovar krediti shakliga ega bo‗ladi. Bunga lizing muddati 
davomida lizing beruvchining barcha xarajatlarini to‗liq koplashga yetarli bo‗lgan 
va unga foyda keltirishni ta‘minlaydigan lizing to‗lovlari yig‘indisini ko‗zda tutadi.
Lizing to‗lovi lizing obyekti qiymatini, mulkni sug‘urtalash xarajatlariini 
va kredit uchun lizing (foiz) stavkasini o‗z ichiga olgan summani tashkil etadi.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə