124
banklarning
funktsiyalari
bo‗lib
xisoblanmaydi.
Chunki
yuqorida
ta'kidlaganimizdek, banklarning har – bir operatsiyasini ularning funktsiyalari
sifatida e'tirof etadigan bo‗lsak, demak zamonaviy banklar 300 dan ortiq
funktsiyani bajaradi degan fikr paydo bo‗ladi.
Banklarning funktsiyalari haqida gap ketganda, bu jarayonni nafaqat banklar
nuqtai
nazaridan, balki uning mijozlari manfaatlaridan ham kelib chiqib so‗z
yuritish lozim. Shu jihatdan banklarning funktsiyalarini o‗rganishda ularni
quyidagi mezonlariga e'tibor qaratish lozim:
1. makroiqtisodiy darajada, banklar va real sector ishtirokchilari o‗rtasida
iqtisodiy munosabatlar;
2. banklarning tashkiliy – huquqiy va mulkiy shakli jihatidan amal qilishi
(Markaziy bank, tijorat banki, ixtisoslashgan bank va boshqalar).
Banklarning funktsiyalari to‗g'risida fikr yuritganda quyidagi masalalarni
e'tibordan chetda qoldirish kerak emas.
Birinchidan, banklarning funktsiyalari
ularning mohiyatini kengroq ochishga xizmat qilishi lozim, ikkinchidan,
banklarning funktsiyasi sifatida ta'kidlangan iqtisodiy kategoriya barcha moliyaviy
institutlarning xususiyatlariga xos bo‗lgan jarayon emas, balki faqat banklargagina
xos bo‗lgan iqtisodiy kategoriya bo‗lishi lozim.
Ma'lumki, banklarning asosiy operatsiyalaridan biri iqtisodiyotdagi bo‗sh pul
mablag'larini tegishli shartlar asosida o‗ziga jalb etishga qaratilgan. Bu banklarning
funktsiyasi bo‗la oladimi, degan savol tug'iladi. Markaziy bankda tijorat
banklarining majburiy zahiralari jamg'ariladi, banklarda
esa aholi va mijozlarning
vaqtinchalik bo‗sh pul mablag'lari jamg'ariladi. Iqtisodiyotda vaqtinchalik bo‗sh
pul mablag'larni jamg'arish banklarning qadimiy operatsiyalaridan biri hisoblanadi.
Bu yerda asosiy masala shundan iboratki, vaqtinchalik bo‗sh pul mablag'larni
jamg'arish faqatgina banklarga xos bo‗lgan operatsiya emas, ushbu operatsiyani
jismoniy shahslar yoki boshqa yuridik shahslar ham amalga oshirishi mumkin.
Chunki, har qanday sub'ekt u yoki bu ob'ektni moliyalashtirish uchun dastlab
ma'lum miqdordagi moliyaviy mablag'larni jamg'arishi lozim. Biroq,
masalaga
yanayam chuqurroq yondashadigan bo‗lsak, banklar ushbu operatsiyani bajarganda
boshqa xo‗jalik yurituvchi sub'ektlar bajaradigan operatsiyalardan jiddiy farq
qiladi. Ular asosan quyidagi xolatlarda namoyon bo‗ladi:
1. banklar pullarni jalb etganda o‗z pullarini emas, balki begona shahslarning
mablag'larini jamg'aradi;
2. banklar jamg'argan mablag'larni o‗zining ehtiyoji uchun emas, balki boshqa
shahslarning ehtiyojlari uchun sarflaydi (qayta taqsimlash asosida).
Banklarning funktsiyalari hususidagi mulohazalarni chuqurlashtirish fikridan
yiroq ekanligimizni ta'kidlagan holda, ularning quyidagi funktsiyalari mavjudligini
qo‗llab – quvvatlaymiz.
Dostları ilə paylaş: