125
tashqari turli investicion fondlar, moliya – sanaot korxonalari ham pul
mablag'larini jalb qilish va jamg'arish bilan shug'ullanadi,
biroq ularning pul
mablag'larini jalb qilish va jamg'arishi bilan banklarnikidan jiddiy farqlar mavjud.
Banklarning itiyorida bo‗lgan mablag'larning deyarli 90 foizi chetdan jalb qilingan
pul mablag'lari hisoblanadi. Bu banklarning asosiy faoliyati boshqa shahslarning
mablag'lari hisobiga amalga oshirilishi anglatish bilan birga, yuqori darajada riskka
bog'liqligini keltirib chiqaradi.
Ikkinchi funktsiyasi, korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va
hususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlash
. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida
ishlab chiqarish va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa'tiy
nazar barcha xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarni aylanma mablag'larga bo‗lgan
ehtiyojini oshiradi. Hususan, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish jarayonini
modyernizaciyalash va kengaytirish, mehnat
taqsimotini takomillashtirish,
qo‗shimcha akciyalarni sotib olish va boshqa maqsadlarni amalga oshirishda
qo‗shimcha moliyaviy mablag'larga kuchli ehtiyoj sezadi. Xo‗jalik yurituvchi
sub'ektlarning bu ehtiyojining asosiy qismi banklarning
kredit berish funktsiyasi
orqali qondiriladi. Albatta, banklar ushbu funktsiyani amalga oshirishda kreditning
tegishli tamoyillariga (muddatlilik, ta'minlanganlik, to‗lovlilik, qaytarishlik va
maqsadlilik) amal qilgan holda xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarga tijorat asosida
taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: