Uchinchi funktsiyasi, xo‘jalik sub'ektlari pul hisob – kitoblarini amalga oshirish hisoblanadi. Iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo‗jalik sub'ektlari kun
davomida bir necha yuz minglab turli darajadagi pul aylanmalarini (asosan naqdsiz
pul ko‗rinishida) amalga oshiradi.Banklarning bevosita ishtiroki natijasida ushbu
o‗tkazmalar jo‗natuvchidan oluvchiga etib boradi. Shuningdek, banklar pul
o‗tkazmalari orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlariga kapitalni joylashtiradi va
kredit liniyalari ochadi. Bularning barchasi banklarning pul hisob – kitoblarni
amalga oshirish funktsiyasi orqali bajariladi va tartibga solinadi.
Banklarning pul aylanmasini tartibga solish funktsiyasi orqali Markaziy bank
iqtisodiyotdagi tovar massasi va pul massasi o‗rtasidagi o‗zaro muvozanatlikni
ta'minlaydi. Ma'lumki, ushbu muvozanatning buzilishi iqtisodiyotda inflyatsiya
darjasini ortib ketishi yoki pul taqchilligini vujudga kelishiga olib keladi. Shu bois
ham Markaziy bank o‗zining pul – kredit instrumentlari orqali pul aylanmasi
uchun zarur bo‗lgan to‗lov vositasining miqdorini tartibga solib turadi.Ikkinchi
funktsiyasi, korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub'ektlarini kreditlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va mehnat
taqsimotining chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa'tiy nazar barcha xo‗jalik
yurituvchi sub'ektlarni aylanma mablag'larga bo‗lgan ehtiyojini oshiradi. Xususan,
korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish jarayonini modyernizatsiyalash va
kengaytirish, mehnat taqsimotini takomillashtirish, qo‗shimcha aktsiyalarni sotib
olish va boshqa maqsadlarni amalga oshirishda qo‗shimcha moliyaviy
mablag'larga kuchli ehtiyoj sezadi. Xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarning bu
ehtiyojining asosiy qismi banklarning kredit berish funktsiyasi orqali qondiriladi.
Albatta, banklar ushbu funktsiyani amalga oshirishda kreditning tegishli
126
tamoyillariga (muddatlilik, ta'minlanganlik, to‗lovlilik, qaytarishlik va maqsadlilik)
amal qilgan holda xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarga tijorat asosida taqdim etadi.