O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi.
O‗zbekiston Respublikasi bank
tizimining bosh maqsadi jahon talabiga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit
tizimiga ega bo‗lish, xo‗jaliklar va aholining bo‗sh turgan mablag'larini jalb qilish
va uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin
yaratish va yashash sharoitini yahshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga
erishishni ta'minlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining
rivojlanishini ta'minlovchi zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni hamda bank tizimi
barqarorligini ta'minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini
boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit, va investiciya
faoliyatini yanada rivojlantirishga erishish va banklar o‗rtasida raqobat bo‗lishini
ta'minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish,
119
moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yahshilash, ularning moddiy-tehnik
jihatdan samarali ta'minlanganligiga erishish
O‗zbekiston Respublikasi banklar tizimini kengaytirgan holda quyidagicha
chizmada keltirish mumkin.
5-chizma
O‘zbekiston Respublikasi Bank tizimi tarkibi
I POG’ONA
II POG’ONA
Bizning zaminimizda mavjud bo‗lgan banklarning rivojlanishini ikki yirik
davrga bo‗lib qarash mumkin. Birinchi davr bu –O‗zbekiston mustaqillikka
erishgungacha bo‗lgan davrdagi bank tizimi va ikkinchi davr O‗zbekiston
mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi bank tizimi va uning rivojlanish
bosqichlarini o‗z ichiga oladi.
Biz ta'kidlaganimizdek, O‗zbekistonda bank tizimi ikki pog'ona-li bo‗lib,
banklar tizimining birinchi pog'onasi – bu O‗zbekiston Respublikasi Markaziy
banki, ikkinchi pog'onasi – tijorat bank-lari, ularning sho‗'balari, chet el banklari
sho‗'balari hisoblanadi.
O‗zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar bo‗lgan bank tizimining
rivojlanishini tahlil qilib qaraydigan bo‗lsak, uning rivojlanishining quyidagi
bosqichlarini keltirish mumkin:
– birinchi bosqich XIX asrning ohiridan 1930-32 yillargacha bo‗lgan davrni
o‗z ichiga oladi. Bu davr ichida oldingi mavjud bo‗lgan banklar zaminida Sobiq
O‘R Markaziy banki
Markaziy
apparat
Viloyatlardagi
MB
boshqarmalari
Tijorat banklari
Davlat ulushi
mavjud bo‘lgan
banklar
Aktsioner
tijorat
banklari
Xususiy
banklar
Chet el
kapitali
ishtirokidagi
banklar
120
Sovet Ittifoqining kredit tizimi tashkil qilindi. Bu davrda 30-yillarda iqtisodning
rivojlanishiga mos keluvchi banklar: tarmoq banklari, o‗lka banklari, tijorat
banklari, mahsus banklar, davlat banklari kabi banklar faoliyat ko‗rsatgan;
– ikkinchi bosqich 1932 yildan 1959 yillargacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga
oladi. Bu davrda banklar faoliyatida o‗zgarishlar yuz berdi va banklar veksel'
orqali kreditlashdan (o‗sha davrlarda bu kreditlash amaliyotda «egri» kreditlash
deb nom olgan) to‗g'ridan-to‗g'ri korxonalarni kreditlashga o‗tkazilgan. Bu davrda
xo‗jaliklar o‗rtasidagi vazifalar taqsimlangan va iqtisodiyot sohalari bo‗yicha
banklar tashkil qilingan hamda bu banklar faqat shu sohalarni uzoq muddatli
kreditlash va moliyalashtirish bilan shug'ullangan. Davlat banki esa asosan qisqa
muddatli kreditlash jarayonlarini olib borgan;
– uchinchi bosqich 1959 yildan 1988 yilgacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi.
Bu davrda mavjud tarmoq banklari qayta tashkil qilinib, mamlakatdagi barcha
kredit munosabatlarini olib borish maqsadida uchta bank tashkil qilindi. Bular:
Davlat banki, qurilish banki, tashqi savdo banki bo‗lgan. Davlat banki
iqtisodiyotning barcha sohalariga faqat qishloq ho‗jaligining ba'zi ehtiyojlari uchun
uzoq muddatli kreditlar berilgan) qisqa muddatli kreditlar berish bilan
shug'ullangan. Qurilish banki kapital qo‗yilmalar bilan bog'liq bo‗lgan harajatlarni,
qurilishni moliyalashtirish, uzoq muddatli kreditlar berish bilan bog'liq
operatsiyalarni bajargan. Tashqi savdo banki Moskvada joylashgan bo‗lib,
mamlakatning eksport-import bilan bog'liq faoliyatini boshqarib borgan;
– to‗rtinchi bosqich bank tizimini qayta tashkil qilish davri bo‗lib, u 1988
yildan 1990 yilgacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga olgan. Bu davrda bank tizimida
katta o‗zgarishlap ro‗y berdi va Davlat banki bilan bir qatorda maxsus tarmoq
banklari tashkil qilindi.
Bu banklar jumlasiga, Sanoat Qurilish banki, Agrosanoat banki, Uy-joy
qurilish va ijtimoiy ta'minot banki, jamg'arma bank va tashqi iqtisodiy faoliyat
banki kabilar kiradi. Bu banklar faoliyatining xususiyatli tomoni shunda ediki, ular
o‗zi xizmat ko‗rsatadigan sohaga uzoq va qisqa muddatli kreditlar berish huquqiga
ega edilar.
Shu davrdan boshlab Davlat bankidan kreditlash funktsiyasi olib tashlandi va u
emission bank sifatida faoliyat ko‗rsatadigan bo‗ldi. 90-yillarda bank tizimini
qayta tashkil qilishdan asosiy maqsad mamlakatda yuz berayotgan asosiy
o‗zgarishlarni hisobga olgan holda banklar zimmasiga korxonalar va tashkilotlarga
kompleks xizmat ko‗rsatishni ta'minlash va korxonalar bilan banklar o‗rtasidagi
munosabatlarni xo‗jalik hisobiga o‗tkazish, quyi bank muassasalarining huquq va
majburiyatlarini oshirishdan iborat edi.
Mustaqillikka erishgunga qadar O‗zbekiston hududidagi bank muassasalari
SSSR bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga bu banklar sobiq
«Ittifoq» bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko‗rsata olmasdilar. Sobiq
SSSR bank tizimida Davlat banki monopol mavqega ega bo‗lib, u bir vaqtning
o‗zida emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish va xo‗jaliklarga hisob-
kitob operatsiyalari bo‗yicha xizmat ko‗rsatuvchi markaz hisoblanardi. Davlat
bankining ham emissiya funktsiyalarini ham hisob-kitoblar va 90-yillargacha
121
kreditlar bo‗yicha mijozlarga xizmat ko‗rsatish funktsiyalarini bajarishga
mononollashuvi uni davlat boshqaruv va nazorat organiga aylangan edi.
Bank tizimi rivojlanishining ikkinchi davri asosan O‗zbekiston mustaqillikka
erishgandan keyingi davrni o‗z ichiga oladi. Bu davrni quyidagi bosqichlarga
bo‗lib tahlil qilish mumkin:
– mustaqil O‗zbekiston bank tizimini tashkil qilishning birinchi bosqichi. Bu
1991-1994 yillarni o‗z ichiga oladi. Bu davrda 1992 yilning sentyabrgacha
O‗zbekiston davlat banki sobiq SSSR Davlat bankining respublika bo‗limi sifatida
faoliyat ko‗rsatdi va u kredit resurslarni davlat korxonalari miqyosida taqsimlash,
emission operatsiyalarni olib borish bi¬lan shug'ullandi. Qolgan tarmoq banklar
ham davlat mulkiga asoslangan edi.
O‗zbekistonda ikki pog'onali bank tizimini tashkil qilishga 1988 yildan boshlab
kirishilgan bo‗lsa-da, bu maqsadning to‗liq amalga oshirilishiga sharoit 1994
yildan boshlab yuzaga keldi. Bu davrga kelib Markaziy bankning tashkiliy tarkibiy
asosi, faoliyat olib borish uslubi o‗zgardi, tijorat banklarning soni va ular
bajaradigan operatsiyalar salmog'i oshib bordi.
Bank tizimini tashkil qilishning birinchi bosqichida markazlashgan
rejalashtirishda Markaziy bankning mavqei hali ham yuqori edi, sohalarning
deyarli hamma qismi davlat tasarrufida edi.
O‗zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimining tashkil etilishi tamal
toshi 1991 yil 15 fevraldagi «Banklar va bank faoliyati to‗g'risidagi» qonun
hisoblanadi. Bu qonunga binoan davlat boshqaruv organlari respublika Markaziy
banki faoliyatiga aralashmasliklari kyerak, u faqat Respublika Oliy Majlisiga
hisobot berish o‗rinli ekanligi belgilab berildi. Bu qonunni amalga tatbiq etish
asosan Respublikamiz o‗z mustaqilligini qo‗lga kiritganidan so‗ng boshlandi.
O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‗tish yo‗lini
tanlanganligi bois, birinchi bosqichdagi pul-kredit siyosati sohasidagi asosiy
vazifalar quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
– Markaziy bank boshchiligida keng tarmoqli tijorat va xususiy banklarni ikki
bosqichli bank tizimi shaklida vujudga keltirish;
– Respublika hududida yirik chet el banklarining bo‗limlari va
vakolathonalarini ochish uchun qulay sharoit yaratish;
– Barqaror pul muomalasini ta'minlash, kredit va naqd pul emissiyasini, asossiz
o‗sishini keskin cheklash;
– O‗zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur
iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni yaratish va boshqalar.
Qayta tashkil etish jarayonining birinchi bosqichida davlat banklarini yangi
strukturasini tashkil etish boshlandi. Qayta tashkil etish modeli quyidagilarni o‗z
ichiga oldi:
– ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish: Markaziy emission bank va
bevosita xo‗jaliklarga xizmat ko‗rsatuvchi ixtisoslashgan banklarni tashkil qilish;
– ixtisoslashgan banklarni to‗laligicha xo‗jalik hisobiga va o‗z-o‗zini
moliyalashga o‗tkazish:
122
– iqtisodiy tizim doirasida huquqiy va jismoniy shahslar bilan bo‗ladigan kredit
munosabatlari uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalar.
Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o‗zining kredit
tizimidagi markaziy o‗rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga kredit
berish va ular bilan hisob-kitoblarni olib berish funktsiyasini mahsus
ihti¬soslashgan banklarga topshiradi, ya'ni bankning emission fao¬liyati,
kreditlash faoliyati bilan birga olib borish funktsiyasiga chek qo‗yildi. Davlat
banki ixtisoslashgan banklar faoliyatini boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir hil
pul-kredit siyosatini olib boruvchi muassasalarga aylanadi.
Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan maxsus
ixtisoslashgan banklar: Sanoat Qurilish banki, Kommunal Qurilish va ijtimoiy
taraqqiyot banki, Agrarsanoat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Jamg'arma
banki xo‗jaliklar bilan banklar o‗rtasidagi aloqalarni tobora yaqinlashtirishda
ixtisoslashtirilgan davlat banklari o‗zlarida ma'lum darajada boshqaruvchilik
mavqeini saqlab qoladilar. Bank tizimini takomillashtirish jarayonida juda muhim
natijalarga erishildi, lekin tashkil qilingan banklar iqtisodiy munosabatlarining
hususiyatlarini to‗liq ifoda qilolmasdi. Shuning uchun ham, bozor iqtisodiyotiga
o‗tish sharoitida bank tizimini takomillashtirishning ikkinchi bosqichi ob'ektiv
zaruriyatga aylandi.
O‗zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi 1994 yildan
keyingi davrni o‗z ichiga oladi. Bu davrda bank tizimining takomillashgan
faoliyatini belgilab beruvchi bank qonunlari: 1995 yil 21 dekabrda «O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy banki to‗g'risida»gi va 1996 yil 25 aprelda «Banklar va
bank faoliyati to‗g'risida»gi Qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarga asosan banklar
faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berildi va ularning ishlash usullarini
takomillashtirish choralari ishlab chiqildi.
Tijorat banklarining samarali faoliyatini ta'minlash maqsadida bank nazorati va
monitoringini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini boshqarish usullarini
takomillashtirish va xalqaro talablarga moslash, yangi schetlar tizimiga o‗tish, chet
el banklarining sho‗'balarini ochish, to‗lov tizimini takomillashtirish, tijorat
banklarining qimmatbaho qog'ozlar bilan operatsiyalarini rivojlanlantirish, pul va
valyuta bozorida banklarning aktiv faoliyatini ta'minlash kabi dolzarb masalalar
hozirgi kunda mustaqil bank tizimining rivojlanishi tufayli o‗z echimini topmoqda.
O‗zbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya
imperiyasi davlat bankning filiali bo‗lgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus
kapitali ishtirokidagi O‗rta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki
(1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910),
Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, bo‗lim
va agentliklari faoliyat olib bordi.
Oktyabr to‗ntarishidan so‗ng barcha bank sovet hokimiyati tomonidan
natsionalizatsiya qilindi. O‗zbekistonda bank tizimi 1924-yildan boshlab sobiq
SSSR bank tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil qilindi. 1992-yilga qadar
SSSR Davlat banki (1923; 1921 — 23-yillarda RSFSR Davlat banki), SSSR
Qurilish banki (1959; 1922 — 59-yillarda SSSR Savdo banki), SSSR Tashqi savdo
123
banki (1924)ning O‗zbekiston idora (kontora)lari respublikadagi bank muassasalari
ishiga rahbarlik qildi. SSSRning parchalanishiga qadar O‗zbekistonda mustaqil
bank tizimini yaratish maqsadlarida 1991-yil 15-fevralda Respublika Oliy
Kengashi sessiyasida respublika hududidagi bank Faoliyatining huquqiy asoslari
belgilab berilgan O‗zbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati
to‗g‘risida―gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy,
mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq SSSR bankining respublika
idoralari mustaqil bank sifatida O‗zR Markaziy banki tomonidan ro‗yxatga olindi.
O‗zbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish
strategiyasi iqtisodiyotni xo‗jalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichma
bosqich o‗tkazish dasturiga mos keladi. O‗tgan davrda bank islohotlari davomida
milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank,
quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; bankning
soni va ular ko‗rsatadigan xizmat turlari ko‗paydi.Xozirda respublikadagi keng
tarmoqli banklar zamonaviy talablarga javob beradigan shaklda turli mulk
shaklidagi korxona va tashkilotlarga hamda aholiga bank xizmatlarini
ko‗rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: |