O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165
pul va banklar

bank 
kreditidir
. Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini 
amalga oshirish uchun Markaziy bankdan maxsus lisenziya olgan bo‗lishi zarur.
Bunda kredit munosabatlarining asosini kredit shartnomasi tashkil etadi. 
Bank kreditlari quyidagi belgilari bo‗yicha guruhlanadi: 
1.
Kreditlash obyektlarining iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra: 
a)
tovar-moddiy boyliklar uchun beriladigan kredit; 
b)
ishlab chiqarish harajatlari (xom-ashyo va boshqalar) uchun beriladigan 
kredit. 
2.
To‗lash muddatiga ko‗ra (qisqa, o‗rta va uzoq muddatli): 
a)
muddatli; 


103 
b)
muddati kechiktirilgan; 
v) muddati o‗tgan. 
3. Kreditni to‗lash manbalariga ko‗ra: 
a) qarz oluvchining o‗z mablag‘lari hisobiga; 
b) garant mablag‘lari hisobidan; 
v) yangi kreditlar jalb qilish hisobidan; 
4. Ta‘minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab: 
a) bevosita to‗g‘ri ta‘minlangan (o‗z mulki va mablag‘i hisobiga); 
b) bilvosita ta‘minlangan kreditlar (uchinchi shaxs kafolati); 
v) ta‘minlangan kreditlar (sug‘urta va yuqori tashkilotlar). 
5. To‗lanadigan foiz darajasiga ko‗ra: 
a) past foiz stavkali; 
b) o‗rta foiz stavkali; 
v) yuqori foizli. 
Foizsiz (hukumat qaroriga ko‗ra ayrim sohalarni rivojlantirish yoki tadbirlarni 
amalga oshirish uchun). 
Iqtisodiy rivojlanishning o‗sishi bank krеditining qo‗llanilish ko‗lamini 
kеngaytirib boradi. Krеdit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog‘liq ishlab 
chiqarish va muomala jarayonining qisqa muddatli ehtiyojlari uchun emas, balki 
uzoq muddatga kapitalga bo‗lgan ehtiyojni qoplashga yo‗naltiriladi. Bank 
krеditining manbai faqat vaqtincha bo‗sh mablag‘lar va kapital bo‗lib qolmasdan, 
krеdit asosida chеk-dеpozit emissiyasi ham amalga oshiriladi. Bank tomonidan 
bеriladigan krеdit miqdori mavjud jamg‘armalardan ko‗p bo‗lsa, bank chеk-
dеpozit emissiyasini amalga oshirishi mumkin. Bank tizimining muomalaga krеdit 
pullarini chiqarishi dеpozitlar yaratish yo‗li bilan to‗laqonli pullar o‗rnini bosuvchi 
krеdit vositalarini vujudga kеltiradi. Rеspublika bank tizimini avtomatlashtirish va 
kompyutеrlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida nafaqat bankning ichki 
ehtiyojlari uchun foydalaniladigan axborot tizimi va lokal dasturlar majmui, balki 
iqtisodiyotning moliyaviy faoliyatini ta‘minlovchi yaxlit milliy to‗lov tizimi 
yaratildi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə