98
Kredit narxi Markaziy bankning ―qayta moliyalash‖ stavkalarining
me'yorlari bilan tartibga solinadi hamda maxsulot va xizmat tannarhi darajasini
hisobga olgan holda belgilanadigan chegara ko‗rsatkichlaridan oshmasligi lozim.
Amalda qayta moliyalash stav-kasi ―O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to‗g'risida‖gi qonun-ning tegishli moddasiga muvofiq, Markaziy bank tomonidan
musta-qil ravishda belgilanadi.
Hozirgi kunda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish foiz stavkasi
oyiga 1,167 % ni hamda yiliga 14 % ni tashkil etadi.
I. Demak, joriy davridagi qayta moliyalashtirish foiz stavkasi orqali Markaziy
bank tijorat banklarining ortiqcha kredit narhini belgilaydi, ya'ni:
1) qayta moliyalashtirish foiz stavkasi – 1,167,0 %
2) kredit narhi 2,0 % * 1,5 % = 3,0 % ( 1 oyga )
II. Tijorat banklariga o‗z muddatida qaytarilmagan kreditning narhi
quyidagicha belgilanadi:
1) qaytarish muddati o‗tgan 1 kundan 1 oygacha bo‗lgan kreditlar uchun
belgilangan kredit narhi 1,3 marta oshiriladi. Masalan:
a) muddatli kreditning narhi – 3 %
b) 1 kundan 30 kungacha muddati o‗tgan kredit uchun:
3,0 % * 1,3 % = 3,9 % ;
2) qaytarish muddati o‗tgan 31 kundan 90 kungacha bo‗lgan kreditlar uchun
o‗rnatilgan kredit narhi 1,5 marta oshiriladi, ya'ni 3,0 * 1,5 = 4,5 %
2) agarda muddati o‗tgan kreditlar 90 kun ichida qaytarilmasa, foiz
hisoblanishi to‗xtatiladi. Kreditning qaytarilishi esa o‗rnatilgan tartib va qonun
asosida xo‗jalik sudi va boshqa ma'muriy tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, kredit mexanizmi iqtisodiyotda kredit vositalaridan
oqilona foydalangan xolda davlat va tadbirkorlarning ishlab chiqarish soxasidagi
faoliyatini kengaytirish chora tadbirlarini amalga oshiradigan mexanizmdir. Kredit
mexanizmi kredit tizimining tarkibiy qismi xisoblanib, o`z ichiga kreditlash
shartlarini, usullarini va kreditni boshqarishni oladi. Kredit mexanizmi yordamida
bank tizimining kredit siyosati amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: