96
Agarda, bank oddiy foizlarni ishlatib, har yili talab qilganda, bu
shartnomadan keladigan daromad:
R = 10000 * 10 % * 5 = 5000
so`m ga teng bo`lar edi.
Ko`rib turganimizdek, sezilarli farq vujudga kelib, u bank sof daromadini
1105 so`mga [ 6105 - 5000 ] ko`payishiga olib keldi.
Bir usulda foizlarni bir necha marta hisoblashda yuqoridagi murakkab foiz
formulasi quyidagi ko`rinishga keladi:
S = P*( 1+ i*m );
Bunda, m - bir yilda foiz hisoblash soni;
N - foiz hisoblash davrlarining jami soni.
Bank barcha holatlarni diqqat bilan qilishi kerak, chunki ular bank
operatsiyalari daromadligiga oxirgi natijada ta`sir qilishi mumkin. Masalan,
inflyatsiya harakterini xisobga olish kerak va shu bilan bank uchun nima maqsadga
muvofiqroq ekanligini aniqlashi kerak. Qarz summasini hisoblangan, lekin talab
qilib olinmagan foizlar bilan o`stirish yoki kredit uchun yillik to`lovni olish.
Foiz hisoblashning turli usullari bo`lishi mumkin. Ular qarzdan foydalanish
kunlari sonini o`lchash xarakteri bilan va yilning kunlar bo`yicha tuzilishiga ko`ra
aniqlanadi. Bundan qarz kunlari soni aniq yoki taxminan aniqlanib, har qaysi
oyning davom etishi 30 kunga teng deb tan olinadi. Vaqtinchalik baza yilning aniq
davom etishiga (365 yoki 366 kun) yoki taxminan 360 kunga tenglashtiriladi.
Bularga muvofiq tarzda quyidagi murakkab foiz-larni hisoblash variantlari
qo`llanadi:
1. Qarz kunlarining haqiqiy soni bo`yicha aniq foizlar; bu usul eng aniq
natijalarni beradi va ko`pgina markaziy va tijorat banklari tomonidan qo`llanadi.
Uning ahamiyatli jihati shundaki, hisoblash uchun qarz kunining aniq soni,
vaqtinchalik baza yilning haqiqiy davom etishiga tenglashtiriladi.
Masalan,
P - berilgan kredit summasi - 100000 so`m;
i - foiz stavkasi yiliga - 9 %;
K- qarz kunlarining aniq soni - 260 kun;
S - o`sgan qarz summasi.
Unda,
Dostları ilə paylaş: