97
oshsa, unda hisoblangan foizlar summasi ko`proq bo`ladi. Masalan, ssuda davri
364 kunga teng bo`lsa, unda 364 / 360 = 1,011 foiz stavkasi bo`yicha qo`shimcha
foiz to`lanadi. Bu usulni yuqoridagi namunada berilgan misol bilan ko`rib
chiqamiz:
S = 100000 * ( 1 + 0,09 % * 260 / 360 ) = 106499 so`m
3. Qarz kunlarining yaqinlashgan soni bo`yicha oddiy foizlar. Bunda
ssudaning kunlar bo`yicha davom etishi yaqinlashish bilan aniqlanadi, vaqtinchalik
baza 360 kunga teng. Ko`p hollarda ssuda kunlarining aniq soni yaqinlashish
sonidan katta bo`ladi, shuning uchun ham ssuda kunlarini aniq soni bo`yicha
hisoblangan foizlar hajmi, odatda, yaqinlashish bo`yicha hisoblangandan katta
bo`ladi.
Bizning misolimizda ssuda kunlarini yaqinlashish soni 257 kunga teng, buni
hisobga olgan holda:
S = 100000 * (10,09 % * 257 / 360 )= 106424 so`m
Amaliyotning ko`rsatishi bo`yicha foiz hisoblashning ikkinchi usuli, ya`ni
ssuda kunlarini aniq soni bo`yicha oddiy foizlar usuli qolgan ikki variantga
nisbatan kattaroq natijani beradi.
Chunki,
S > S > S .
Buni kreditor ssuda rasmiylashtirilishida inobatga olishi zarur.
Bank marjasi
.Bank kreditidan foydalanilgan vaqt uchun haq to‗lash
kredit narhini tashkil etadi, u hisobot oyi boshlangunga qadar bank bo‗yicha
yuzaga keladigan o‗rtacha foiz stavkasi va marjani o‗z ichiga oladi.
Bank oladigan va to‗laydigan foiz o‗rtasidagi farq marja deb yuritiladi. Ya'ni
foizli marja – bank aktivlaridan daromad keltiruvchi foizli daromad va bank
majburiyatlari bo‗yicha foizli harajat o‗rtasidagi farqdir. Foizli marjani foizlar
bo‗yicha keladigan sof daromad deb ham ataladi. U quyidagi formula orqali
hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: