91
Kredit mexanizmining yana bir muhim elementlaridan biri - kreditga
layoqatlilikdir. Korxonalarning kreditga layoqatliligini hisobga olgan xolda kredit
berish, kreditni o`z vaqtida qaytarishning muhim shartidir. Kreditga layoqatlilik
deganda korxonaning bankdan so`ragan ssudani o`z vaqtida va to`liq qaytara olish
imkoniyati tushuniladi. Korxonaning kreditga layoqatliligini o`rganish tijorat
bankiga kredit berish mumkinligini aniqlashga, uning miqdorini, foiz stavkasining
darajasini belgilashga imkon beradi. Bundan tashqari, kreditga layoqatliligini
aniqlash ssudani qz vaqtida qaytarish extimolini chamalashga imkon beradi.
Kreditga layoqatlilikni baholash korxonaning o`zigi ham katta ahamiyat kasb etadi.
Bu ko`rsatkichlarning tahliliga asoslanib, ular mol etkazib beruvchilar, xaridorlar
va banklar bilan o`zaro munosabatlarni o`rnatishlari mumkin.
Korxonaning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda ma`lumotlar manbai bo`lib,
buxgalteriya balansi, moliyaviy va statistik xisobotlar, boshqa banklardan va
korxonalardan kredit so`rayotgan korxona to`g'risidagi ma`lumotlar xisoblanadi.
Korxonalarning
kreditga
layoqatliligini
aniqlashda
qo`llaniladigan
ko`rsatkichlarni ikki yirik guruxga bo`lish mumkin:
1. Asosiy ko`rsatkichlar. Bunga qoplash koeffitsenti va korxona balansining
likvidlilik koeffitsenti kiradi.
2. Qo`shimcha ko`rsatkichlar. Bunga korxonaning o`z mablag'lari bilan
ta`minlanganlik ko`rsatkichi, o`z aylanma mablag'larining mavjudligi va ularni
moddiy zaxiralar va xarajatlarni tashkil qilishda ishtirok etish ko`rsatkichi,
aylanma mablag'larning aylanish tezligi kabi ko`rsatkichlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: