66
Bu tenglamani Fisher "almashinuv tenglamasi" deb atadi. Yuqoridagi
formula asosida muomaladagi pul massasini topish mumkin.
RQ
M= -----------
V
Endi, Fisher nazariyasining ba`zi kamchiliklarini ko‗rib chiqsak.
Birinchidan, u tovarlar baholari yig'indisi o‗rniga,
barcha tovarlar miqdorining
o‗rtacha tortilgan baholarini oladi. (RQ). Uning fikricha, tovarlar bozorga bahoga
ega bo‗lmagan holda kirib keladi. Qiymat nazariyasiga ko‗ra esa, tovar bozorga
baho bilan kiradi. Demak, bahoni tovardan ajratish mumkin emas.
Ikkinchidan,
Fisher uzoq vaqt oralig'idagi V va Q o‗zgaruvchilarni o‗zgarmas (bir maromli) deb
oldi. Buning natijasida esa ikkita erksiz o‗zgaruvchi - pul miqdori va baho qoladi.
Uchinchidan, bu ikki o‗zgaruvchilarning o‗zaro bog'liqligidan kelib chiqib,
Fisher baholar ko‗lami natija bo‗lib, u boshqa omillar o‗zgarishiga sabab bo‗la
olmaydi, degan bir tomonlama xulosa chiqaradi. Pulning miqdoriy nazariyalaridan
biri Kembrij yoki kassa qoldiqlari nazariyasidir. Bu nazariyani A. Marshall, A.
Pigu keyinchalik J. Keyns targ'ib qilgan. Bu g'oya bo‗yicha pul harakatining boshi
bo‗lib jismoniy va huquqiy shaxslarning xo‗jalik aylanmada bo‗lgan pullar (kassa
qoldiq pullari) hisoblanadi. Kassa qoldiqlaridan A. Pigu fikri bo‗yicha iste`mol
fondlaridan tashqari sug'urta fondi, investitsiya bo‗yicha jamg'arma
fondi tashkil
qilinishi kerak. Pigu tenglamasi "almashuv tenglamasi"dan farq qiladi. Ya`ni unda
yangi ko‗rsatkich "jamg'arma koeffitsienti" qo‗llanilgan bo‗lib quyidagi
ko‗rinishda ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: