O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   165
pul va banklar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


90 
YIII.
bob. Kredit mexanizmi 
YIII.1. Kredit mexanizmi va uning elementlari 
Kredit mexanizmi iqtisodiyotda kredit vositalaridan oqilona foydalangan xolda 
davlat va tadbirkorlarning ishlab chiqarish soxasidagi faoliyatini kengaytirish 
chora tadbirlarini amalga oshiradigan mexanizmdir. Kredit mexanizmi kredit 
tizimining tarkibiy qismi xisoblanib, o`z ichiga kreditlash shartlarini, usullarini va 
kreditni boshqarishni oladi. Kredit mexanizmi yordamida bank tizimining kredit 
siyosati amalga oshiriladi. Kredit siyosati deganda, bankning kredit resurslarini 
joylashtirish soxasidagi qarorlarini qabul qilishga imkon beruvchi qoidalar va 
cheklashlarning majmui tushuniladi. Kredit siyosatining ob`ektlari sifatida 
quyidagilarni ko`rsatish mumkin: 
1. Kredit portfelini diversifikatsiya qilish; 
2. Ssudaning sifatini aniqlash; 
3. Kreditni joylashtirishda yuzaga keladigan xavf-xatarning miqdorini 
aniqlash; 
4. Kredit tarkibini va ta`minlanganganligini doimiy ravishda baholab borish; 
5. Kredit portfelining holatini baholab borish; 
6. Kredit bahosini belgilash va boshqalar. 
Kredit mexanizmining asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 
1. Akkumlyatsiya mexanizmi. 
a) bankning o`z mablag'lari; 
b) jalb qilingan mablag'lar; 
v) sotib olingan mablag'lar. 
2. Kredit berish mexanizmi. 
a) kreditga layoqatlilik; 
b) garov yoki kafolat asosida kafolatlash; 
v) kredit klassifikatsiyasi; 
g) yomon kreditlardan keladigan zararlarni zaxira fondidan qoplash. 
3. Iqtisodiy ta`sir mexanizmi. 
a) kredit uchun foiz to`lovlari. 
Kredit mexanizmining muhim elementlaridan biri kredit shartnomasi bo`lib, u 
kredit munosabatlarini amalga oshirishning huquqiy asosi hisoblanadi.Kredit 
shartnomasining asosiy talablariga quyidagilar kiradi: 
a] kredit maqsadli bo‗lishi shart; 
b] kreditning yig‘indisi aniq belgilangan bo‗lishi kerak; 
s] kreditni qoplash tartibi aniq ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak; 
d] kredit muddati ko‗rsatilishi shart; 
e] kreditning ta‘minlanganligi asoslangan bo‗lishi lozim; 
f] kredit berganligi uchun bank oladigan haq ko‗rsatilishi shart. 
Bu shartlarning har birini tijorat banki kredit bo‗limining xodimlari chuqur 
bilishlari zarur. Chunki bu shartlardan birortasining asossiz belgilanishi kreditni 
o‗z vaqtida va toliq qaytarilmasligiga olib kelishi mumkin. 


91 
Kredit mexanizmining yana bir muhim elementlaridan biri - kreditga 
layoqatlilikdir. Korxonalarning kreditga layoqatliligini hisobga olgan xolda kredit 
berish, kreditni o`z vaqtida qaytarishning muhim shartidir. Kreditga layoqatlilik 
deganda korxonaning bankdan so`ragan ssudani o`z vaqtida va to`liq qaytara olish 
imkoniyati tushuniladi. Korxonaning kreditga layoqatliligini o`rganish tijorat 
bankiga kredit berish mumkinligini aniqlashga, uning miqdorini, foiz stavkasining 
darajasini belgilashga imkon beradi. Bundan tashqari, kreditga layoqatliligini 
aniqlash ssudani qz vaqtida qaytarish extimolini chamalashga imkon beradi. 
Kreditga layoqatlilikni baholash korxonaning o`zigi ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Bu ko`rsatkichlarning tahliliga asoslanib, ular mol etkazib beruvchilar, xaridorlar 
va banklar bilan o`zaro munosabatlarni o`rnatishlari mumkin. 
Korxonaning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda ma`lumotlar manbai bo`lib, 
buxgalteriya balansi, moliyaviy va statistik xisobotlar, boshqa banklardan va 
korxonalardan kredit so`rayotgan korxona to`g'risidagi ma`lumotlar xisoblanadi. 
Korxonalarning 
kreditga 
layoqatliligini 
aniqlashda 
qo`llaniladigan 
ko`rsatkichlarni ikki yirik guruxga bo`lish mumkin: 
1. Asosiy ko`rsatkichlar. Bunga qoplash koeffitsenti va korxona balansining 
likvidlilik koeffitsenti kiradi. 
2. Qo`shimcha ko`rsatkichlar. Bunga korxonaning o`z mablag'lari bilan 
ta`minlanganlik ko`rsatkichi, o`z aylanma mablag'larining mavjudligi va ularni 
moddiy zaxiralar va xarajatlarni tashkil qilishda ishtirok etish ko`rsatkichi, 
aylanma mablag'larning aylanish tezligi kabi ko`rsatkichlar kiradi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə