O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   165
pul va banklar

kreditning foiz stavkasi
deb yuritiladi. Foiz miqdori kreditning turi, uni to‗lash 
muddati, olingan qarzni o‗z vaqtida uzilishiga bog‘liq. Masalan, tijorat kreditining 
foiz stavkasi odatda, bank kreditining foiz stavkasidan past bo‗ladi.Umuman 
olganda bank tomonidan foiz stavkasi pulga bo‗lgan talab va taklifni, bank 
tomonidan ko‗rsatiladigan xizmat haqi, bank xavf xatari (kredit qaytarilmay qolish 
holatlarida), kredit summasi va muddati, depozit summasi va muddati, kreditni 
qaytarish shartlari, qarzdorning va garovning ishonchliligi hisobga olingan xolda 
o‗rnatiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo‗jalik 
subyektlarini qisqa muddatli kreditlashni tashkil etish tartibi to‗g‘risidagi Nizomga
binoan foiz stavkasi bank bo‗yicha hisobot oyi boshiga bo‗lgan o‗rtacha foiz 
stavkasiga Markaziy bank tomonidan tartibga solinadigan foyda normasini hisobga 
olgan holda belgilanadi.Foiz stavkalari quyidagilarga bo‗linadi: 
-
yillik foiz stavkasi; 
-
oddiy foiz stavkasi; 
-
murakkab foiz stavkasi; 
-
nominal va real foiz stavkasi; 
Adabiyotlarda kreditning nominal va real foiz stavkalari tushunchalari 
mavjud. Nominal foiz stavkasi deganda kredit shartnomasida ko‗zda tutilgan foiz 
stavkalari tushuniladi. 
real foiz stavkasi ═ nominal foiz stavkasi - inflyasiya darajasi. 
Bundan tashqari kreditning qat‘iy belgilangan va suzib yuruvchi foiz 
stavkalari tushunchalari ham mavjud.Qat‘iy belgilangan foiz stavkalari kredit 
shartnomasi bajarilgunga qadar o‗zgarmasdan qoladi. Bunda bank o‗zining 
aktivlarini ma‘lum qismini yo‗qotishi mumkin. Suzib yuruvchi stavkada foiz 
stavkalariga tegishli o‗zgarishlarni hisobga olgan holda o‗zgartirishlar kiritib 
boriladi. 


94 
Xalqaro kreditlar bo‗yicha foiz stavkalari jaxon ssuda kapitallari bozorida 
aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nyu York, Frankfurt-na-
Mayne, Parij, Bryussel shaharlarida joylashgan. 
Umuman kreditlar bo‗yicha foiz stavkalari turli omillar ta‘sirida o‗zgarib 
turadi. Shunday omillarning asosiylari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi. 
Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa 
u kamayadi. 
Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi. Ko‗proq naf 
keltirsa, foiz yuqori va aksincha. 
Qarzni to‗lash muddati va sharti. Qarz uzoq muddatga berilib uni asta-sekin 
kichik qismlar bilan qaytarilsa, qarzdor yuqori foizga rozi bo‗ladi va aksincha. 
Qarzni qanday pul bilan berilishi. Qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa 
foiz yuqori va aksincha. 
Inflyasiya darajasi. Bunda foiz darajasi inflyasiya darajasiga nisbatan to‗g‘ri 
mutanosiblikda o‗zgaradi. 
Pulni qarz berishdan ko‗ra boshqa yo‗sinda ishlatishdan tushadigan daromad. 
Bunda pul egasining afzal ko‗rish prinsipi amal qiladi. Masalan, agar aktsiya 
bo‗yicha dividend yuqori bo‗lsa foiz pasayadi va aksincha. 
Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa foiz 
past, agar uni qaytishi shubxali bo‗lsa foiz yuqori bo‗ladi va boshqa omillar. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə