O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


 Foiz stavkalarini hisoblash usullari



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165
pul va banklar

3. Foiz stavkalarini hisoblash usullari 
Bank amaliyotida foizlarni hisoblashning turli xil metod va usullari 
mavjud. Bank amaliyotida oddiy va murakkab foiz stavkalar qo`llanadi. 
Oddiy foizlar birinchi navbatda qisqa muddatli kreditlashda foydalaniladi. 
Unda shartnoma bo`yicha aniqlangan har chorak yoki boshqa muddatda foizlarni 
hisoblash va kreditorga to`lash amalga oshiriladi. 
Hozirgi kunda ko`pincha yuqorida ko`rsatilgan usuldan foydalaniladi. 
Bunda qarzning asosiy summasini hisobga olgan holda qarzdorning jami to`lovlari 
hajmi quyidagicha bo`ladi: 
S =P* ( 1+n*i ); 
Bunda:
S - boshlang'ich qarzni hisobga olgan holda kredit bo`yicha to`lovlar summasi 
P - boshlang'ich qarz 
i - foiz stavkasi 
n - ssudaning yillar yoki kunlar bo`yicha davom etishi. 
Ko`pdan ko`p hollarda bank amaliyotida protsent hisoblash jarayoniga 
teskari bo`lgan operatsiyani bajarishga to`g'ri keladi. Bu hol, ko`pincha, diskont 
vakillariga murojaat qilinganda sodir bo`ladi. Bu holda, boshlang'ich qarzni 
aniqlashda maxsus formula qo`llanadi. 


95 
Veksellarni hisobga olish jarayonida, muddat o`tgach, ular taqdim 
qilinganda to`lov summasini aniqlash uchun quyidagi formula ishlatiladi: 
S = P* ( 1 - n*d ); 
Bunda, d - oddiy hisob stavkasi. 
Masalan, bank muddati kelmasdan turib majburiyatlarni to`lash bo`yicha 
20 kunlik vekselni qayta hisobga oladi. Bunda vekselning nominal summasi 100 
mln. so`m, hisob stavkasi - yiliga 130 %. 
Bu holda, veksel' hisobga olingandagi summa quyidagicha bo`ladi. 
P=100 ( 1 - 1,3 * 20 / 360 ) 
 
Bank amaliyotida murakkkab foizlar ham qo`llanishi mumkin. Ular, 
odatda, uzoq muddatli kreditlashda ishlatilib, hisoblangan protsent summalari 
shartnoma tugallanmaguncha kreditorga to`lanmaydi, balki qarzning asosiy 
summasini ko`paytiradi. Biz-ning bank amaliyotimizda murakkab protsent 
hisoblash metodi asosan yuridik va jismoniy shaxslarning depozit va omonat 
hisoblari bo`yicha qo`llanadi. 
Bu metoddan foydalanganda hisoblangan mablag'lar hajmi qarzga qo`shiladi 
va ularga nisbatan foiz hisoblanib boraveradi. 
Murakkab foizlarni hisoblash va qarzning jami summasini quyidagi 
formulada hisoblash mumkin.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə