O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


   Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   165
pul va banklar

 


99 
 Nazorat va muhokama uchun savollar: 
 
1.
Kredit mexanizmini tushuntiring. 
2.
Kredit mexanizmining asosiy elementlari nimalardan iborat? 
3.
Kredit shartnomasining mazmun mohiyatini tushuntiring. 
4.
Kredit mexanizmining kreditga layoqatlilik elementini mazmun mohiyatini 
tushuntiring. 
5.
Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlovchi ko‗rsatkichlar nimalardan 
iborat? 
6.
Qoplash koeffitsenti qanday aniqlanadi? 
7.
Likvidlilik koeffitsenti qanday aniqlanadi? 
8.
Lombard krediti kreditning qanday ko‗rinishi hisoblanadi? 
9.
Qanday kreditlar Investitsion kreditlar hisoblanadi? 
10.
Kreditning foiz stavkalari qanday aniqlanadi? 
11.
Kreditning foiz stavkalariga qanday faktorlar ta‘sir ko‗rsatadi? 
12.
Nominal va real foiz stavkalarini tushuntiring. 
 
 
 
 
 
 
 
 


100 
IX. bob. Kredit turlari va shakllari
IX.1.Kreditning asosiy shakllari 
Iqtisodiy adabiyotlarda, iqtisodchi olimlar va mutahassislar tomonidan 
kreditining turlari va shakllari xususida turlicha fikr yuritiladi va talqin etiladi. 
Masalan, O‗zbekistonlik olima, professor Sh.Abdullayeva kreditning shakllari 
xususida aniq fikrlarni bayon etmagan bo‗lsada, uning turlarini ―qisqa muddatli 
kreditlash‖ va ―uzoq muddatli kreditlash‖dan iborat ekanligini ta'kidlaydilar
12

xuddi shuningdek, rossiyalik iqtisodchi olimlar ham kredit shakllari bo‗yicha 
turlicha fikrlarni ilgari suradilar
13
. Kredit an'anaviy ravishda qator belgilarga qarab 
tasniflanishi mumkin. Xususan, kredit qarzdor va kreditor toifasi bo‗yicha (1), 
kreditni taqdim etish muddatiga qarab (2) va kreditni berish shakllariga (3) qarab 
tasniflanadi. Agar kreditning bu tartibda tasniflanishiga e'tibor qaratadigan bo‗lsak, 
asosan bunday tasniflanish kredit sub'yektlari o‗rtasida vujudga keladigan iqtisodiy 
munosabatlar jarayonida yuz beradi. Shuningdek, uninge'tiborli jihati matyerial 
qiymatni o‗zida aks ettirganligi bo‗lib,amaliyotda taqdim etish bilan bog'liq 
holatlarni o‗zida namoyon etishi hisoblanadi. 
Yuqorida qayd etilganlarga va iqtisodiy adabiyotlardagi manbalarga 
tayanib, kreditning a) tovar, b) pul va v) aralash shakllari mavjudligini ta'kidlash 
mumkin. 
Kreditning tovar shakli uning juda oddiy shakli hisoblanib, kredit bilan bog'liq 
dastlabki munosabatlar aynan ushbu shakl doirasida rivojlangan. Mavjud iqtisodiy 
adabiyotlarda bayon etilishicha, kreditning tovar shaklida u asosan buyum 
ko‗rinishida taqdim etilib, qarzdor kreditorning kreditini qoplashda huddi shu 
miqdordagi buyumni unga qaytargan. Manbalarga ko‗ra
14
, kreditning ushbu shakli 
antik jamiyat davrida,qadimgi Rimda vujudga kelgan va rivojlangan.Hattoki, o‗sha 
davrning huquqshunoslari ―ssuda‖ va ―kredit‖iqtisodiy kategoriyalari o‗rtasidagi 
bir – biriga o‗hshashlik va farqlarhususidagi ayrim fikrlarni ilgari surishgan. 
Ma'lumki ushbu masala xozirgi kunda ham iqtisodchi olimlar va mutaxassislar 
o‗rtasidagi munozarali holatlardan hisoblanadi. Bir guruh olimlar, ―ssuda‖ 
va―kredit‖ o‗rtasida jiddiy farqlar mavjud emasligini ta'kidlashsa, ikkinchi guruh 
olimlari buni inkor etishadi. E'tiborli jihati shundaki, Rimda o‗sha davrning 
huquqshunoslari ―ssuda‖ va ―kredit‖ (qarz) o‗rtasidagi farqni quyidagicha izohlab 
berishga urinishgan. Ularning fikricha, ssudada qarzdor, ya'ni tovar shaklida kredit 
oluvchi kreditni qaytarishda undan olgan aynan shu tovar yoki buyumni kreditorga 
taqdim etishi zarur bo‗ladi. Masalan, qarzdor kreditga otni olgan bo‗lsa, ushbu 
kreditni qaytarishda aynan shu ot unga qaytarilishi zarur bo‗ladi. Kreditda esa 
tovar shaklida olingan kreditning o‗rniga shunga o‗xshash turdagi tovar bilan 
qaytarilishi mumkin ekanligini e'tirof etishadi. Masalan, tovar shaklida olingan 
12
Abdullayeva Sh. Pul,kredit va banklar-T.:‖Iqtisod va moliya‖, 2007,181b. 
13
Деньги, кредит и банки: учеб.ғ2ғе изд.,перераб. и доп./под.ред.В.В.Иванова, Б.И.СоколоваюғМ.:ТК 
Велби, изд.ва Проспект,2008. Ғ С 517 
14
Деньги, кредит и банки: учебник для вузов.Под.ред.зкўа.Ўегорцова В.А.ғЬ.: ЮНИТИ ғ 
ДАНА,2005.ғс.184 


101 
bug'doyning o‗rniga shu navdagi va miqdordagi bug'doy yoki boshqa maxsulot 
bilan qaytarilishi kredit sifatida tavsiflanadi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda kreditining tovar shaklidagi jihatlari bo‗yicha ham 
fikrlarning xilma – xil ekanligining guvohi bo‗lish mumkin. Yuqorida kreditning 
tovar shakliga berilgan tasnifdan farqli o‗laroq, professor V.A.Shegorcova tahriri 
ostida nashrdan chiqqan darslikda, kreditning tovar shaklida mashina, stanok va 
boshqa jihozlarga to‗lovni kechiktirish, ularni ijraga va hatto lizinga berish 
ekanligi haqidagi fikrlar ilgari suriladi.
15
Fikrimizcha, bu yerda rossiyalik olimlar kreditning tovar shaklini uning turi 
bilan aralashtirib yuborgan. Kreditning tovar shakli kishilar o‗rtasida pul 
munosabatlari vujudga kelib, to‗liq taraqqiy etgan vaqtgacha qo‗llanilgan, 
keyinchalik ushbu kredit pul – tovar ko‗rinishida qo‗llanilgan. Jamiyatda tovar – 
pul munosabatlarining rivojlanishi va mehnat taqsimotining taboro takomillashuvi 
kreditning tovar shakli zamirida uning pul shaklini vujudga kelishiga zamin bo‗ldi. 
Kreditning pul shaklini vujudga kelishi, uning kreditor va qarzdorga qulaylik
jihatlari xususida batafsil to‗xtalishga, firkimizcha, ehtiyoj mavjud emas. Chunki, 
kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo‗sh pul mablag'larini tegishli shartlar asosida 
o‗ziga jalb etib, ushbu mablag'larga ehtiyoji bo‗lgan yuridik va jismoniy 
shahslarga qaytarishlik, to‗lovlilik, muddatlilik va ta'minlanganlik asosida beradi. 
O‗z o‗rnida qarzdor ham ushbu kredit summasini belgilangan muddatlarda tegishli 
to‗lovlar asosida kreditorga pul ko‗rinishida qaytaradi. 
Pul juda likvidli va qulay ayirboshlash vositasi bo‗lganligi tufayli kreditning 
pul (qiymat) shakli keng tarqaldi, buning natijasida kreditining tovar shakli o‗z 
o‗rnini sekinlik bilan kreditning pul shakliga bo‗shatib berdi. 
Kreditning yuqorida qayd etilgan shakllari bilan birga uning aralash shakli 
ham amal qiladi. Kreditning ushbu shakli uning tovar va pul shaklini o‗zida 
mujassam etadi. Bunda kredit tovar yoki pul shaklida berilishi mumkin, uni 
qaytarishda ham qarzdor olgan kreditini pul yoki tovar ko‗rinishida kreditorga 
qaytarishi mumkin. Aynan mana shu teskari bog'liqlik kreditning aralash shaklini 
o‗zida ifoda etadi. Kreditning ayirboshlash shakliga misol sifatida tijorat kreditini 
keltirishimiz mumkin. Masalan, tovar sotuvchi yoki xizmat ko‗rsatuvchi tashkilot 
sotib oluvchining moliyaviy muammolari mavjud hollarda sotilgan tovarlar va 
xizmatlarga to‗lovni kechiktiradi, kechiktirilgan to‗lov keyinchalik qo‗shimcha 
to‗lov asosida amalga oshiriladi. Mazkur masala keyingi paragraflarda batafsil 
ko‗riladi. 
Professor 
Sh.Abdullayeva 
kreditning 
bank, 
tijorat, 
iste'mol, 
davlat,xalqaro va sudho‗rlik turlari mavjudligi hususidagi fikrlarni bayon etadi.
16

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə