O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Mobil elementlar turlicha belgilanadi



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122
Mobil elementlar turlicha belgilanadi.
1.
LINE (long interspersed elementlari) uchun diskriptlangan takrorlanishlar. 
Inson genomida har birining uzunligi 6 ming nukleotidlar juftini tashkil qiladi. 
Genomda ularning nusxasi 8,5·10
5
ni tashkil qiladi. 
2.
SINE (short interspersed elemets) shuningdek– qisqa takrorlanadigan 
takrorlanishlar orqali ular inson genomi DNK matnida 10 barobar ko`p joyni 
egallaydigan oqsil kodlaydigan ketma-ketliklarga nisbatan har birining 100-400 
nukleotidlar juftini tashkil qiladi. Shuningdek genomga nisbatan nusxalar soni 
1,5·10
6
sm tashkil qiladi.


[17] 
3.
LTR-Transpozonlar ularning o`lchami 1,5-11 ming nukleotid juftlarini 
tashkil qiladi. Genomdagi nusxalari soni 4,5·10
5
sm tashkil qiladi. Hujayra genomi 
genlar tuzilishi tashkil qiladi. 
Hujayra genomi genlarnig balansli tizimi sifatida, o‗ziga xos genetic 
ma‘lumotlar arxivi hisoblanadi, hujayra metabolizmi o‗zini-o‗zini ko‗paytirish, 
rivojlanish va morfogenez jarayonlarining nazorati uchun kerakli hisoblanadi. Bu 
jarayonlarga 
hamma 
genetic 
jarayonlarning- 
konvariant 
reduplikasiyasi, 
transkripsiya, translyasiya, reparasiya, rekombinasiya, segregasiya jarayonlarining 
genlari kiradi.
Genomika fanining rivojlanishida quyidagi kashfiyotlar katta o`rin tutadi.
-
1966-yil M.Geller, B.Veys va S.Xiranson DNK-ligaza fermentini kashf 
qildi.
-
1970-yil G.Temin va D.Baltimor bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda teskari 
transkriptaza fermentini kashf qilishadi. RNK matritsasining asosida komplementar 
DNK si sintez qiladi va 1975-yilda R.Dalbekko bilan hamkorlikda Nobel 
mukofotining laureati bo`lgan. 
-
V.Arber, D.Natans va X.Smit - DNK ni maxsus qismlarida, saytlarida kesish 
xususiyatiga ega bo‗lgan, Hind II restriktaza fermentini birinchi bo`lib ajratib 
olishgan.. 1978-yil Nobel mukofotiga sazovor bo`lishdi. Ushbu ferment yordamida 
SV-40 virusining genom xaritasini tuzishgan. 
-
1972-1973 yy. X.Boyer, S.Koen va P.Berg DNK klonlash texnologiyasini 
ishlab chiqishgan. Berg birinchi marotoba bakteriya ƛ virusining va maymun SV-40 
virusining rekombinant DNK molekulasini olishga muvaffaq bo‗lgan. Ushbu tajriba 
gen muxandisligi sohasida birinchi tadqiqot ishlaridan bo‗lib, plazmida DNK siga 
drozofila DNK sining fragmenti kiritilgan, va natijada himerali plazmidalar olingan. 
Ular E.coli hujayrasiga kiritilganda, funksional jihatdan faollikni ko‗rsatgan. 1980-
yil kimyo bo`yicha Nobel mukofotiga sazovor bo`lishgan. 
-
1975 yil k-DNK birinchi marta klonlashtirilgan. 
-
1976-yil V.A.Gvozdev, va D.Xogness (AQSH) drozofilada harakatchan 
mobil elementlarni aniqlashgan. 


[18] 
-
1975-1977 yy. F.Senger va A.Maksam va U. Gilbert bir-biriga bog`liq 
bo`lmagan holda uzun DNK nukleotid qatorini aniqlashning tezkor uslublarini 
ishlab chiqishgan (to`g`ridan-to`g`ri sekvenirlash). Bundan tashqari genning mozaik 
tuzilishi ekzon-intron strukturasini aniqlab berishgan. 
1977
yil F.Senger hamkasblari bilan φx10/174 fagining genomidagi ketma-
ketliklarni sekvenlashadi. 5386 nukleotid qatoridan iborat halqali bir zanjirli DNK 
molekulasini fag genomida genlar ichida joylashgan genlar borligini aniqlashadi. 
Ushbu kashfiyot F.Sengerga ikkinchi Nobel mukofotini olib keladi. 
1977-yil molekulyar genetika sohasida yangi era boshlanadi, genomika erasi 
keyingi bosqich genomlarini sekvenirlash obyektlarning o`sib borishi va uslublar 
samarasining oshishi bilan bog`liqdir. Ular orasida eng muhim kashfiyotlar 
quyidagilardir: 
-
1981-yilda Kembrij unversitetida molekulyar genetika laboratoriyasida 
insonning mitohondrial DNK sining nukleotid qatorlarining ochib berishini 
(F.Senger, S.Anderson va boshqalar). 
-
K.Myullis va R.Sayki polimerazali zanjirli reaksiya uslubini ishlab 
chiqishdi. Uning yordamida DNK ning millionlab nusxasi olish imkoni yaratildi. 
Ushbu uslub ―Inson genomi‖ dasturini amalga oshirish ishlarini tezlashtirdi. 1993-
yilda Nobel mukofotiga sazovor bo`lishgan.
-
Applied Biosystems (AQSH) birinchi marta avtomatik DNK – sekvenator 
ishlab chiqildi. Uning modeli har yili takomillashtirmoqda. Buning natijasida DNK 
ni molekulyar biologik laboratoriyalarda sekvenirlash uslubi soddalashtirilgan. 
-
Birinchi 
yuqori 
takomillashgan 
organizmlar 
sekvenirlangan 
8·10
7

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə