O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122
Inson genomini haritalash.
1990-yildan 2003-yilgacha inson genomi 
dasturi o‗zining genetik va fizik haritalari asosida inson genomi haqida to‗liq 
tasavvur hosil qildi. Markerli ketma-ketliklarning genetik haritasi barcha inson 
genlarini, ayniqsa, irsiy kasalliklar genlarini haritalashni osonlashtirish uchun 
mo‗ljallangan bo‗lib, bu dasturning asosiy maqsadlaridan biri bo‗lib 
hisoblangan. Uni amalga oshirish davomida bir necha ming gen nisbatan qisqa 
vaqt ichida genetik haritaga tushirilgan. 
Inson genetik haritalari hozirgi kunda og‘ir irsiy kasalliklarga tashxis 
qo‗yishda tibbiyotda ishlatiladi. 
Qisqa ketma-ketlik algoritmi (qisqa ketma-ketliklarni haritalash) — 
genomning 
aniq 
qisqa 
ketma-ketliklarni 
aniqlash 
ehtimolini 
yoki 


[210] 
transkriptomdagi pozitsiyalariga mos kelishini aniqlashdan iborat bo‗lgan 
ikkinchi avlod tartiblash natijalarini tahlil qilish uchun qo‗llaniladigan 
bioinformatik usul hisoblanadi. Bu, odatda, o‗rganilayotgan organizm genomi 
ma‘lum bo‗lsa, ma‘lumotlarni qayta ishlashning birinchi bosqichidir. 
Usuli.
Keyingi avlod platformalar turi qisqa 50-500 nukleotid juft 
uzunligiga ega bo‗lgan millionlab namunalar olish kabi samarali tartiblash 
imkonini beradi. Buning uchun DNK yoki kDNK molekulasi ko‗plab qisqa 
segmentlarga bo‗linib, ular parallel ravishda tartiblanadi. Bu qisqa 
segmentlarning ketma-ketliklarini olgandan so‗ng ulardan to‗liq genom yoki 
kDNK ketma-ketliklar to‗plamini tiklash kerak. Buning uchun, aniqlangan har 
bir qisqa ketliklarning genomdagi ketma-ketliklarga mos keladigan eng 
munosib ketma-ketliklarning o‗rnini aniqlash kerak bo‗ladi. 
Noma‘lum genom ketma-ketliklarini aniqlashda, genomi aniqlangan 
organism de novo sharoitida genomni rekonstruksiya qilish ishlari olib 
borilgan, hozirda esa genom ketma-ketliklarining tahrirlash ishlari bo‗yicha 
ko‗plab xalqaro loyihalar faoliyat olib bormoqdalar. Bularga genomning 
ketma-ketliklari to‗plamlari misol bo‗la oladi, bunday holatlarda ketma-
ketliklarni o‗qishga ularning ma‘nosini aniqlash uchun ma‘lumotlar bazasidagi 
holati o‗rganiladi. Bu jarayon haritalash deyiladi. Haritalash ishlarini olib 
borishda, turlicha yondoshuvlar ishlatiladi, masalan, genomni haritalash uchun 
katta bo‗shliqlar yo‗q bo‗lishi kerak, RNK-sekvenirlash uslubi qo‗llanilganda, 
ketma-ketliklar o‗rtasida ajralishlar mavjudligi tufayli keng qo‗llaniladi. 
Umuman, haritalash ishlarini o‗tkazishda sekvenirlash uslubini qo‗llash 
davom etmoqda va oxirgi avlod sekvenirlash uslublari uchun o‗zgargani yo‗q, 
lekin oldingi avlod sekvenirlash uslublari uchun ishlab chiqilgan dasturlar 
ko‗p miqdordagi ma‘lumotlar bilan ishlash uchun mo‗ljallangan emas, 
shuning uchun, qisqa uzunliklarga ega bo‗lgan ketma-ketliklarni o‗qiydigan 
uslublar keng qo‗llaniladi. 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə