[57]
aminokislotalar birin-ketin, bir-birlari bilan peptid bog`lari bilan bog`lanadi. Peptid
(kovalent, azot–uglerod) bog`i – bir aminokislotani
aminoguruhi bilan, ikkinchi
aminokislotani karboksil guruhi orasidagi o`zaro ta‘sir natijasi sifatida hosil bo`ladi.
Aminokislotalar bir-birlari bilan peptid bog`lari orqali bog`lanib, har xil uzunlikga
ega
bo`lgan
peptidlar
(dipeptidlar,
tetrapeptid)
hosil
qiladi.
Ko`plab
aminokislotalarni o`zaro bog`lanishidan polipeptid hosil bo`ladi.
Oqsillarni
ko`pchiligi yuqori molekulali polipeptidlar hisoblanadi. Ularni tarkibida yuzdan bir
necha mingga yaqin aminokislotalar bo`lishi aniqlangan.
Polipeptid zanjiri tarkibidagi aminokislotalarni ketma-ketligi oqsilni birlamchi
strukturasini tashkil qiladi. Oqsil molekulasini shakli, xususiyatlari va funksiyalari
ularni birlamchi strukturalariga bog`liq. Ammo, birlamchi
struktura bilan oqsil
molekulasini shakllanishi tugamaydi. Oqsillarni strukturasini shakllanishi qanday
qilib nihoyasiga yetadi?
Ikkalamchi struktura – polipeptid zanjirini o`ng tomonga qarab buralgan α-
spiraldan shakllanadi. Bu struktura har xil aminokislotalarni – CO – NH – guruhlari
orasida shakllangan vodorod bog`lari natijasida kelib chiqadi (21-rasm).
Ko`p oqsillarda polipeptid zanjirlar
qiyshayib,
o`ziga
xos
ravishda
o`raladi
va
noto`g`ri
dumaloq
strukturaga – globulaga aylanadi.
Mana
shunday
tartibda
oqsilni
uchlamchi strukturasi shakllanadi.
Globulani
mustahkamligi
aminokislotalarni
radikallari orasida
shakllanadigan
har
xil
bog`lar
(disulfid, ion, vodorod va gidrofob)
bilan ta‘minlanadi.
Oligomer (multimer) oqsillar to`rtlamchi strukturaga ega bo`ladi. Bunday
oqsillar bir necha polipeptid bog`laridan iborat bo`ladi. Polipeptidlar o`zaro
gidrofob munosabatlar, vodorod va ion bog`lari orqali bog`lanadi.
Dostları ilə paylaş: