[58]
Genomika, proteomika va metabolomika
Genomika – molekulyar genetikaning tirik organizmlar genomini va genlarini
o‗rganishga bag‘ishlangan bo‗limi bo‗lib, maxsus yo‗nalish
sifatida tirik
organizmlarning ayrim turlari genomlarini tartiblashtirish bo‗yicha birinchi loyihalar
paydo bo‗lishi bilan birga 1980 va 1990 yillarda paydo bo‗ldi. Birinchi bo‗lib 1977
yilda, 5368 nukleotid ketma-ketlik uzunligiga ega bo‗lgan C-X174 bakteriofagining
genomi to‗liq o‗raganilgan va tartiblangan.
Genom – bu organizm hujayrasida joylashgan irsiy materiallarning
to‗plamidir. Odamlarda- Homo sapiens genom yadroda joylashgan 23 juft
xromosomadan, shuningdek mitoxondriyal DNKdan iborat. Yigirma ikkita
autosomal
xromosoma, ikkita jinsiy xromosoma X va Y, inson mitoxondriyal
DNKsi taxminan 3,1 milliard baza juftini o‗z ichiga oladi. Gen bu tirik organizmlar
irsiyatining tarkibiy va funktsional birligi bo‗lib, ma‘lum bir
polipeptid yoki
funktsional RNKning ketma-ketligini belgilaydigan DNK ketma-ketligi hisoblanadi.
Genlar aniqrog‘i, genlarning allellari ko‗payish jarayonida
ota-onadan naslga
o‗tadigan organizmlarning irsiy xususiyatlarini aniqlaydi. Shu bilan birga, ba‘zi
organoidlar
mitoxondriya,
plastidalar
organizm
genomiga
kirmaydigan
xususiyatlarini aniqlaydigan DNKlariga ega bo‗ladi.
Genetik ma‘lumot genlardagi DNK yoki RNK molekulalarining maxsus
funktsional hududlarida nukleotidlar ketma-ketligi –
genetik kod yordamida
kodlangan oqsillarning tuzilishi haqidagi ma‘lumotdir. Genetika, genomika yoki gen
muxandisligida olib boriladigan tajribalar ma‘lum model yoki muhitda o‗tkaziladi.
In vitro
lotincha so‗zdan olingan bo‗lib, ―probirka ichida‖ ma‘nosini anglatadi
– bu tajribalarni o‗tkazish texnologiyasi, tajribalar ―sinov probirkasida‖ – tirik
organizmdan tashqarida o‗tkaziladi. Umumiy ma‘noda,
bu atama in vivo jonli
organizmga odamlarda yoki hayvonot modelida eksperimentga qarshi holda olib
boriladi. Molekulyar biologiya,
biokimyo, farmakologiya, tibbiyot,
genetika va
boshqalar bilan bog‘liq ko‗plab tajribalar organizmdan tashqarida, tirik hujayralar
kulturasida yoki hujayrasiz modelda amalga oshiriladi.
[59]
In vivo
lotin so‗zidan olingan bo‗lib- so‗zma-so‗z ―tiriklikda‖ ma‘nosini
anglatadi, ya‘ni tajribalar ―tirik organizm ichida‖ yoki ―hujayra ichida‖ olib boriladi.
Amplifikatsiya-
lotincha ―amplification‖ –
kuchaytirish, ko‗payish,
molekulyar biologiyada – xromosoma DNK qismlarining qo‗shimcha nusxalarini
shakllantirish jarayoni, odatda tarkibida ba‘zi
genlar yoki strukturaviy
geteroxromatin segmentlarini ko‗paytirish tushuniladi. Amplifikatsiya – bu o‗sma
hujayralarining rivojlanishi paytida onkogenlarning faollashuv mexanizmlaridan
biri, masalan, neyroblastomaning rivojlanishi paytida N-myc onkogen bolalarda
to‗qima saratonining eng keng tarqalgan shaklini misol keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: