[60]
Qiyosiy genomika (evolyutsion)
– turli organizmlar genomlari tarkibi va
tashkil etilishini taqqoslovchi tadqiqotlar asosida olib boriladi. To‗liq genom ketma-
ketliklarini olish turli xil tirik organizmlar genomlari o‗rtasidagi
farqlar darajasini
yoritib berdi. Allellar bir xil genning gomologik xromosomalarning bir xil
bo‗limlarida lokuslarida joylashgan va bir xil belgi rivojlanishining muqobil
variantlarini belgilaydigan turli shakllari. "Allel" atamasi V.
Yoxansen tomonidan
1909 yilda taklif qilingan. Genomdagi o‗zgarishlar mutatsiyalar orqali sodir bo‗ladi.
Evolyutsion taraqqiyotda ushbu jarayonlar
turlar hosil bo‗lishida va jinsiy ko‗payish
asosida bio xilma-xillikning rivojlanishiga
olib kelgan. Mutatsiya lotin so‗zidan olingan
bo‗lib,
mutatio
– o‗zgarish ma‘nosini
anglatadi – tashqi yoki ichki muhit ta‘sirida
yuzaga
keladigan genotipdagi doimiy, ya‘ni
ma‘lum bir hujayra yoki
organizmning
avlodlariga
irsiylanishi
mumkin bo‗lgan o‗zgarish hisoblanadi. Bu
atama Gyugo de Friz tomonidan taklif qilingan. Mutatsiyalar paydo bo‗lish jarayoni
mutagenez deb ataladi. Mutatsiyalar eng ko‗p tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi:
Translokatsiya
– bu xromosomaning bir qismi homolog bo‗lmagan
xromosomaga o‗tadigan xromosoma mutatsiyasining bir turi.
Duplikatsiya
lotinchadan ―duplication‖ – ikki baravar
ko‗payish
– xromosomalarning tuzilishini buzadigan
mutatsiya
turi hisoblanib, bu genlarni o‗z ichiga qolgan
xromosoma
mintaqalarining
takrorlanishi.
Bu
barcha
xromosomalarning
gomologik
rekombinatsiyasi,
retrotranspozitsiyasi yoki takrorlanishidagi xatolardan kelib
chiqishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: