O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi bulung`ur pedagogika kolleji



Yüklə 239,84 Kb.
səhifə72/92
tarix06.09.2023
ölçüsü239,84 Kb.
#121417
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   92
ekologiya 60soat

Ekskursiya oxirida bog’ go’zalligidan yana bir zavqlanib, kuz haqidagi tasavvurlarini yanada oshirish maqsadida quyidagi she’rdan parcha o’qishi mumkin.
KUZ
(Plesheev she’ri)
Kirib keldi oltin kuz,
Gullar jilosi so’ndi.
Yap-yalang’och butlar,
Gamgin boqadi endi.
Bolalarning o’simliklar to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarini keyingi didaktik o’yinlar orqali mustahkamlatish mumkin:
«SHUNDAY DARAXTNI TOP» DIDAKTIK O’YINI
O`yinning vazifasi. Daraxtlarning barglarini farqlashga o’rgatish.
Kerakli jihozlar. Bolalarga tanish bo’lgan uchta mevali, uchta manzarali daraxtning bargi beriladi.
O’yinning b o r i sh i. Tarbiyachi bolalarga tanish bo’lgan daraxtning bargini ko’rsatib so’raydi, bu barg qaysi daraxtdan uzilgan. Bolalar o’sha daraxtning oldiga borib ko’rsatishlari kerak. O’yin shu tariqa bolalar hamma tanish daraxtlarni ko’rsatib bo’lgunlaricha davom etadi, keyin tarbiyachi bargni ko’rsatmay biron daraxtning nomini og’zaki aytadi, bolalar o’sha daraxtning oldiga chopib borishlari kerak.
Xuddi shu o’yinni xonada quyidagicha variantda o’tkazish mumkin. Tarbiyachi hamma bolalarga tanish daraxtlarning rasmi, o’sha daraxtlarning mevasi tasvirlangan kartochkalarni tarqatadi. Tarbiyachi qaysi mevani ko’rsatsa, bolalar oldilaridagi meva tasviri tushirilgan kartochkani o’sha daraxt shoxiga ilib qo’nishlari kerak.
Bunday didaktik o’yinning topishmoqli varianti bolalarda yaxshi qiziqish uyg’otadi. Masalan, tarbiyachi quyidagi topishmoqni aytadi:
Bodom kabi yaprog’i,Sollonadi butog’i,
O’zi shirin, tukligina, Mazasi totligina.
(Shaftoli)
Malla to’ni sap-sariq,Murobbosi mazali.
Palovga bossa bo’lar,Podvolga ossa bo’lar.
(Behi)
Mayda, yoqutday qizil,Shirin, nordon, xilma-xil.
Qalin, taxir po’sti bor, Hamma yerda do’sti bor.
(Anor)
Bolalar mana shu o’simliklarning tasvirini yoki bargini ko’rsatishlari kerak va h. k. Xuddi shu o’yinni sabzavotlar bilan ham o’tkazish mumkin. Masalan:
Pak-pakana bo’yi bor,Qavat-qavat to’ni bor. (Piyoz)
Qat-qat to’nli, Qarich bo’yli.(Karam )
Yer tagida oltin qoziq,U hammaga bo’lar oziq. (Sabzi)
Bir barmoqcha bo’yi bor, Qizil baxmal to’ni bor(Garmdori)

Yüklə 239,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə