O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi bulung`ur pedagogika kolleji


-Mavzu: Ekskursiya-bolalar ekologik madaniyatining boshlang’ich shakli



Yüklə 239,84 Kb.
səhifə71/92
tarix06.09.2023
ölçüsü239,84 Kb.
#121417
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92
ekologiya 60soat

7-Mavzu: Ekskursiya-bolalar ekologik madaniyatining boshlang’ich shakli


Reja:
1. Kichik guruhda bog’ga va sabzavot do’konlarga kichik ekskursiya tashkil еtish va farqlash.
2. O’rta guruhda bog’ga maqsadli ekskursiya tashkil еtish.
3.Katta guruhda istirohat bog’i va bog’ga ekskursiyani farqlashga o’rgatish.
4.Tayyorlov guruhda bog’ga maqsadli sayohat uyushtirish.


Kichik guruh.
Ekskursiyaning nomi:Mevali va manzarali daraxtlar bog’iga ekskursiya uyushtirish.
(Ekskursiya oltin kuzda bog’ning mevali va manzarali daraxtlar o’sadigan, ochiq, quyoshli kuz belgilari sezilib turadigan kunda o’tkaziladi).
E k s k u r s i yaning m a q s a di: Bolalarni kuzning xarakterli belgilari bilan tanishtirish. Bolalarga mevali va manzarali daraxtlar to’g’risida tushuncha berish. Bolalarga mevali va manzarali daraxtlarning nomini aytish, mevali daraxtlarni manzarali daraxtdan farq qilishga o’rgatish hasharotlar va qushlar hayoti haqidagi bilimlarini aniqlash bolalarga kuzning belgilarini bildiruvchi so’zlardan foydalanishni o’rgatish, kuzatishlarga qiziqishlarini, tabiat go’zalligidan zavqlanish qobiliyatini tarbiyalash.
Ekskursiyaga t a y yo r garlik: Ekskursiya ishlanmasi, barglardan namunalar, barglarni va urug’larni solish uchun qog’oz xaltacha, mehnat qurollari, o’ynashlari uchun o’yinchoqlar.
E k s k u r s i ya n i n g b o r i sh i. Boqqa kirish bilan tarbiyachi A. Bartoning quyidagi she’rini o’qiydi:
Barg to’kilib, to’kilib,
Tushar g’amgin, shitirlab
Yerni bezab qoplagan,
Sariq, yashil, qizil rang.
Bolalar diqqatini mevali va manzarali daraxtlarning kuzgi go’zal bezagiga jalb qilinadi, ulardan zavqlanish lozim. Tarbiyachi bolalarga o’zlariga tanish mevali daraxtlar — olma, nok, behi, olcha, gilos, olxo’ri, anjir, o’rik va manzarali daraxtlardan — chinor, archa, terak, tolni topishni taklif etadi. Bolalar barglarni teradilar, ularni sinchiklab ko’radilar, uning rangi, shakli, katta-kichikligini aytadilar. So’ngra hammalari nok daraxtlarining oldiga keladilar. Tarbiyachi bolalarni daraxtni tanish, nok daraxtining o’ziga xos belgilarini aytadi. Bolalar olma barglarini topib, uni shaftoli bargi bilan solishtiradilar, ularning shakli va rangini aniqlaydilar.
Tarbiyachi bolalardan bog’da yana qanday mevali va manzarali daraxtlar borligini so’raydi.
Bolalar biroz tinch turib, bog’dagi tovushlarga quloq solishlarini taklif etadi: «Nima eshitilayapti?», «Qushlar sayrayaptimi?». Uchib o’tayotgan qushlarning nomi aytiladi. Barglar tagidan yashirinib olgan qo’ng’izlarni, kapalaklarni axtarish mumkinligini aytadi.

Yüklə 239,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə