O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi bulung`ur pedagogika kolleji



Yüklə 239,84 Kb.
səhifə73/92
tarix06.09.2023
ölçüsü239,84 Kb.
#121417
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92
ekologiya 60soat

O’rta guruh.
Ekskursiyaninng nomi: Boqqa maqsadli ekskursiya uyushtirish.
Ekskursiyaning maqsadi: Kuz fasli to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantirishni davom ettirish: quyosh charaqlab turibdi, lekin isitmayapti: daraxtlarning barglari turli xil ranglarda: yashil, qizil, sariq, olov rang: meva va urug’lar turli shakl va ranglarda: qushlar uchib ketyapti: barglar to’qilyapti: odamlar to’qilgan barglarni to’playaptilar (ularni yondirish mumkin emas, ularni yerga ko’mish kerak). Bolalarni kuz libosiga burkangan daraxtlarning barglari, urug’lari, mevalariga qarab tanishga o’rgatish. Kuzatish ' mobaynida bolalarni quyidagi badiiy so’zlardan foydalanishga o’rgatish: «qo’g’irchoq», «go’zal», «shox», «malika». Kuzgi manzaraning go’zalligidan baxra olish. O’zaro aloqalarni misollar yordamida ko’rsatish.
Ekskursiyaga t ayyorgarlik: Ekskursiya ishlanmasi, barglardan namunalar, barglarni va urug’larni solish uchun qog’oz xaltacha, mehnat qurollari, o’ynashlari uchun o’yinchoqlar.Kuzatish olib boriladigan ob’ektlar jumlasiga: daraxtlardan - chinor, qayrag’och, tol, eman, akastiya; butalardan - siren, buldanej, jasmin; issiq mamlakatlarga uchib ketadigan qushlardan - qaldirg’och, turna, laylak kiradi.
Ekskursiyaning borishi:
Ekskursiyani yakunlash:
Ekskursiyaning nomi: GULZORGA EKSKURSIYA
Ekskursiyaning maqsadi: Bog’cha maydonchasidagi 4-5 ta gulning nomini bilish, ularning hidi, rangi, shakliga qarab ajrata olish hamda ularning tanasi, barglari, gulbarglarini farqlay bilish.Tabiat go’zalligidan zavqlana olish, bolalarda ularni asrab-avaylash xohishini tarbiyalash.
Ekskursiyaga tayyorgarlik: Mashg’ulot ishlanmasi, gullardan namunalar,
Ekskursiyaning borishi: Tarbiyachi bolalarni bog’cha xovlisidagi gulzor oldiga olib boradi. Bolalarga bir dam diqqat bilan gulzorni tomosha qilishni va u yerda qanday gullar o’sayotganini aytib berishni taklif etadi. Keyin bolalarga shunday savollar bilan murojaat qiladi:
Bolalar hozir yilning qaysi fasli? (Bolalarning javoblari. )
To’g’ri. Hozir bizning o’lkamizda kuz fasli. Ob havo qanday? (Bolalarning javoblari)
To’g’ri. Kuz fasli bo’lishiga qaramay bizda xali issiq, quyosh charaqlab turibdi, shuning uchun gulzorimizda xilma-xil gullar ochilib yotibdi. Aytinglarchi, gulzorimizda qanday gullar ochilib turibdi? (Bolalarning javoblari)
Balli bolalar. Gulzorimizda atirgul, chinnigul, kartoshkagul, sallagular ochilib turibdi. Ammo, ular bir bir xildami? (Bolalarning javoblari)
Tarbiyachi bolalarning javoblarini to’ldiradi, keyin esa atirgulni ko’rsatib, uning nomini so’raydi va atirgul haqidagi suxbatini boshlaydi.
Bolalar mana bu atirgulning tanasi, u juda tikanli. Mana bu nima? (Bargi). Atirgullar qanday rangda bo’ladi?
To’g’ri, atirgullar qizil, sariq, pushti, och sariq rangda bo’ladi. Qaranglar, atirgulning gulbardlari qanday ekan? (To’kilgan barglarini terib bolalarga beradi.)
Tarbiyachi 2-3 dona atirgulni kesib, gulning hidi qandayligini bilish uchun bolalarga hidlashga beradi. Keyin tarbiyachi bolalarning diqqatini kartoshkagulga qaratadi. Bolalar uni ko’radilar va atirgul bilan taqqoslaydilar: tanasi, bargi, guli, gulbagi, rangidagi farqlarni so’z bilan ifodalab, gapirib beradilar.
Tarbiyachi bolalarning gaplarini aniqlashtirib to’ldiradi.
Shunga o’xshash yana 1-2 gulning turini ko’rib chiqadilar.
Endi bolalar, gullarni hidiga qarab aniqlab ko’ramiz. (Biror bolaning ko’zini yumdirib, unga birorta gulni hidlatadi va undan hidlagan gulining nomini so’raydi.)
Ekskursiya oxirida guldasta tayyorlash, shuningdek, gullar haqida topishmoqlar aytib, ekskursiyani tugatish mumkin

Yüklə 239,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə