O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Mahsulot va xizmatlar differensiasiyasi



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

11.2. Mahsulot va xizmatlar differensiasiyasi 
―Differensiasiya‖ atamasi keng tushuncha bo‘lib, tovarning boshqa tovardan 
farq qiluvchi har bir elementini o‘zida aks ettirishi mumkin
91
. (har doim tovarlarni 
rangi, sifati, fasoni, o‘lchami va shu kabilar.). E. Chemberlin, differensiasiyani 
«oson farqlanuvchi yoki juda katta tafovutga ega mahsulotlar‖ deb tariflagan
92
.
Mahsulot differensiasiyasi ―sifatga, rang yoki uslubga oid o‘ziga xos xususiyatlar, 
mahsulotning sifati o‘zgarishi bo‘yicha variasiyalashuvi, ―yangi qadog‘i yoki 
o‘rami‖ kabi belgilar orqali ham vujudga kelishi mumkin.
Monopoliya kelgusida mahsulot sifatining ortishiga yoki mahsulotning 
differensiallashuviga olib kelmaydi. Monopoliya raqobatlashuvning narxga bog‘liq 
jihatidir. E.Chemberlin ham shunga asosiy urg‘u berib o‘tgan holda 
differensiallashuvning 
sifat 
bo‘yicha 
raqobatlashuv 
deb 
hisoblaydi. 
Differensiallashuv haqida gap ketganda «monopolistik raqobat‖ atamasi ham keng 
qo‘llaniladi. monopolistik raqobat sifat bo‘yicha raqobatlashuv bo‘lib, ishlab 
chiqaruvchilar mahsulotning sifati bo‘yicha raqobatlashishini anglatadi. Bunda 
hyech qanday monopoliya haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek
differensiasiya bazaviy tovarga xos bo‘lib, ehtiyojni qondirishi mumkin bo‘lgan 
bazaviy tovarlar o‘zaro raqobatlashishini anglatadi.
Differensiallashuv natijasida tovarlar sifati turlicha bo‘lishi, mahsulotning 
o‘zi turlicha bo‘lishi yoki differensiallashgan bo‘lishi mumkin.
Iste‘molchilar talabi mahsulotning nafaqat bazaviy xususiyatlari bo‘lishini, 
balki mustaqil holda mavjud bo‘lmaydigan xususiyatlari bo‘lishini ham talab etadi. 
Natijada tovarlarning aynan shu xususiyatiga talab shakllanadi. Masalan, 
Colgate
tish pastasining yangi 
Colgate Total 12 
markasi aynan davolash xususiyati 
mavjudligi bilan farq qiladi.
Mahsulot 
differensiallashuv 
darajasi 
bazaviy 
tovarga 
kiritilgan 
qo‘shimchalarga bevosita bog‘liqdir. Ya‘ni: 1) yangi qo‘shimcha xususiyat 
kiritilishi natijasida bazaviy tovar sifatining o‘zgarishi; 
2) iste‘molchilarning qo‘shimcha ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan 
qo‘shimcha xususiyatlarga talabning ortishi;
3) qo‘shimcha xususiyatlarga bo‘lgan talabning barqarorligi va hajmi.
91
Мокроносов, А. Г. Конкуренция и конкурентоспособность : учебное пособие / А. Г. Мокроносов, 
И.Н.Маврина. – Екатеринбург : Изд-во Урал ун-та, 2014. – 194 с. -16 б 
92
Самуэльсон П.Э. Монополистическая конкуренция – революция в теории // Теория фирмы. Серия «Вехи 
экономической мысли» / под. ред. В.М. Гальперина. СПб.: «Экономическая школа», 1995. Вып. 2. С. 357 с 


173 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə