O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

Sof (mutloq) monopoliya 
sharoitida esa bir firma yoki tashkilot u yoki bu 
bozorda mutloq xukmronlikka ega bo‘ladi va bozordagi narxga, tovar va xizmatlar 
hajmiga hal qiluvchi ta‘sir ko‘rsata oladi. Monopol bozorlar barcha mamlakatlarda, 
shu jumladan raqobat darajasi yuqori rivojlangan iqtisodiyotga ega mamlakatlarda 
ham mavjud. 
Sof monopoliya bozoriga xos bo‘lgan xususiyatlar quyidagilar: 
– tarmoqda yagona firma yoki korxonaning faoliyat yuritishi; 
– mahsulot o‘ta noyob yoki uni boshqa turi bilan almashtirish imkoniyati 
yo‘q 
– narx ustidan nazorat monopolist qo‘lida va narxni u belgilaydi; 
– tarmoqqa yangi ishtirokchilarning kirish imkoniyati yo‘q, u iqtisodiy, 
moliyaviy, huquqiy va texnologik to‘siqlar bilan bog‘liq 
– narx vositasisiz raqobatni tashkil etish imkoni yo‘q. 
Bunga misol qilib respublikizdagi ―Sho‘rtangazkimyo‖ kompleksini keltirish 
mumkin. 


19 
Ammo mukammal raqobat amal qiluvchi bozor amalda mavjud emas. Bozor 
munosabatlari ishtirokchilari doimiy ravishda mavjud qoida, me‘yor va risklarni 
chetlab o‘tishga harakat qilishadi va erkin raqobatni cheklashga arakat qiladilar. 
Misol uchun narxlar bo‘yicha kelishuv, savdo belgilarini qalbakilashtirish va 
boshqalar. Shuning uchun davlat tomonidan erkin raqobat kurashi olib borishning 
huquqiy asoslari va kafolatlari yaratilib takomillashtirilishi lozim bo‘ladi. Bular: 

raqobatning mukammalligi; 

raqobatning mavjudligi; 

narx va sifat raqobatning markaziy ko‘zgusida bo‘lishligi; 

ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxiga va boshqa kelishilgan narxlarga 
mutanosib bo‘lishligi; 

tovar belgilari va markalarining xuqqiy me‘yorlar bilan ximoyalash orqali 
iste‘molchilarning tovar va xizmatlarni ajratishlariga imkon yaratib berish
ularning sifati xaqida ma‘lumotga ega bo‘lishi; 

patentlarni ximoya qilish muddatlarini cheklash, sanoat namunalari va 
ixtirolarning ro‘yxatga olinishida o‘z aksini topmog‘i lozim. 
Raqobat narxlarni tartibga soluvchi ijtimoiy-tabiiy omil, innovasion 
jarayonlarning (ishlab chiqarishga yangiliklarni joriy etish: yangi g‘oya, ishlanma, 
ixtiro va sanoat namunalari) stimuli hamdir. U smarasiz faoliyat yuritayotgan 
korxonalarning resurslardan oqilona foydalanishini, monopoliyaga barham 
berishga, eng samarali faoliyat olib borishga undaydi. 
A.Smit bozor iqtisodiyotini erkin raqobatga qiyosladi, shuningdek 
iqtisodiyotga davlat aralashuvi foydadan ko‘ra zararliroq ekanligini ta‘kidlab o‘tdi 
va iqtisodiyotning nomarkazlashuvini targ‘ib etdi. A.Smit raqobatni bozorning 
atomistik tuzilmalari va ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat sifatida qaragan va 
bu subyektlar bozor tuzilmasiga alohida olib qaralganda ta‘sir ko‘rsata olmaydi 
deb hisoblagan. 
Shuningdek, raqobat dinamik jarayon hisoblanib ijtimoiy va iqtisodiy 
taraqqiyotni belgilab beradi. A. Smitning nazariy qarashlari asosida raqobatning 
quyidagi funksiyalarni bajarishini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin: 
– raqobatning jamiyat etiyojlarini qondirish funksiyasi. Markazlashmagan 
atomistik raqobat jamiyat a‘zolarining ishlab chiqarishga undaydi va ularning 
ehtiyojlarini qondiradi.
– xarajatlarini kamaytirish funksiyasi. Erkin raqobat jamiyat a‘zolarining 
bir-biriga ta‘sir ko‘rsatmasligi va o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lmaganligi, 
shuningdek, 
sifatli 
mahsulotlarni 
ishlab 
chiqarish, 
ishlab 
chiqarishni 
takomillashtirish orqali xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi; 
– resurslarni oqilona taqsimlash funksiyasi. Raqobat tarmoq ichidagi 
korxonalar o‘rtasida resurslarning oqilona taqsimlanishini ta‘minlab beradi. 
Keyinchalik A. Smitning laissez fair tamoyili (fransuz tilida ―imkon 
bermoq‖)ga bir qator o‘zgarishlar kiritilib, haqiqatan ham afzalliklarga ega 
ekanligi tan olindi. Biroq ushbu tamoyilning amal qilishi uchun iqtisodiy tizim 
―mutloq‖ yoki ―mukammal‖ raqobat muhitiga ega bo‘lishi zarur bo‘ladi. Chunki 
mukammal raqobat: 


20 
– monopoliyadan holi bo‘lgan, bozor ishtirokchilarining cheklanmagan soni, 
ushbu ishtirokchilarning hyech biri ikkinchisining faoliyatiga va bozordagi narxga 
ta‘sir ko‘rsata olmaydigan muhit hisoblanadi; 
– bozorga kirib borish va undan chiqishda mutloqo to‘siqlar mavjud emas; 
– moddiy, mehnat, moliyaviy va boshqa resurslarning cheklanmagan 
harakati mavjudligi; 
– har bir bozor ishtirokchisi bozordagi talab, taklif, valyuta kurslari, yer 
rentasi, kredit stavkasi va shu kabilar to‘g‘risida to‘g‘liq ma‘lumotga ega bo‘ladi. 
To‘liq xabardorlik raqobat ishtirokchilarining to‘g‘ri qaror qabul qilishini 
ta‘minlaydi. 
– bir nomdagi va mutloq bir turdagi tovarlarning mavjudligi bois ularda 
savdo belgisi va sifatni ajratish imkoniyatiga butkul barham beradi. Shu bois 
barcha sotuvchi va xaridorlar bir xil vaziyatga ega bo‘ladi. 
Leon Valras (1834-1910) – shveysariyalik iqtisodchi olim, Lozanna maktabi 
asoschisi bo‘lib, iqtisodiyotga matematika tatbig‘ini birinchi bo‘lib qo‘llagan. O. 
Kurnoning iqtisodiy qarashlari asosida iqtisodiy nazariya bilan shug‘ullana 
boshlagan. L.Valras 1874 yilda ―Siyosiy iqtisod elementlari‖ nomli kitobida 
mamlakat xo‘jaligining iqtisodiy-matematik va statistik modelini yaratgan. Bu 
model qtisodiy muvozanatning umumiy modeli sifatida shuhrat qozongan. L. 
Valras tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy muvozanat modeli tayyor mahsulot va 
ishlab chiqarish omillaridan iborat bozor tuzilmalarida bozor mexanizmi asosida va 
mukammal raqobat sharoitida yagona muvozanat holati mavjudligini isbotlab 
beradi. L. Valrasning muvozanat modeli 1950-60 yillarda uning chiziqli 
programmalashtirish modeli shakllantirildi. Bozor modelida: 
– tovarlar talabi va taklifi mos kelishining asosiy shartlari keltirilgan; 
– ishlab chiqarish va ayriboshlashning asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlar tnglamalar sistemasi asosida ko‘rsatib berilgan; 
– bozordagi barcha bitimlar bir vaqtda sodir bo‘ladi; 
– model statik xususiyatga ega bo‘lib, barcha zahiralar va mahsulot xilma-
xilligi o‘zgarmas deb olinadi; 
– ishlab chiqaruvchilarning maqsadi to‘g‘risida mukammal xabardorlik. 
Ya‘ni, masalaning yechimi butun iqtisodiyot va uning alohida olingan tarmoqlar 
uchun funksiyaning ekstremumlik sharti orqali ifodalanadi. Muvozanat modeli 
bozor tuzilmalari soni ko‘pchilikni tashkil etgan holda narx tizimining amal qilish 
qonunlarini aniqlashdir.
L.Valrasning fikricha, umumiy muvozanatga erishish uchun davlat quyidagi 
funksiyalarni bajarishi kerak: 
– pul birligining barqarorligini ta‘minlash; 
– fuqarolarning xavfsizligini ta‘minlash; 
– chayqovchilik(spekulyasiya)ni tartibga solish yoki barham berish; 
– fuqarolarning umumiy ta‘lim olishini qo‘llab-quvvatlash; 
– ishchilarning ijtimoiy himoyalanishini kafolatlash; 
– sog‘lom va samarali raqobat amal qilishini ta‘minlash; 
– zarur narsalarning ishlab chiqarilishi va iste‘molini rag‘batlantirish. 
L.Valras sof siyosiy iqtisodning qisqa va shu bilan birga eng aniq bo‘lgan 


21 
tarifini ham ishlab chiqdi. Uning tarificha, ―Mutloq siyosiy iqtisod – bu mohiyatan 
mukammal raqobat sharoitida narxlarni aniqlash nazariyasidir. Shu tarzda hattoki 
nomukammal raqobat sharoitida narxlarni aniqlash ham mutloq siyosiy iqtisod 
doirasidan chetga chiqish hisoblanadi. U amaliy iqtisodiy nazariyaning bir bo‘limi 
hisoblanib, mukammal raqobat sharoiti har doim ham o‘rinlimi? – degan savolga 
joavob topishi kerak‖. 
Shu boisdan ham L.Valras bozor tuzilishini mukammal raqobatdan 
boshlanib, monopoliya bilan tugallanadi deb hisoblaydi. Bu o‘z zamondoshi 
O.Kurnoning nazariyasiga qarama-qarshi bo‘lib, Kurno aksincha bozor tuzilmalari 
monopoliyadan boshlanib, mukammal raqobat bilan tugallanadi db hisoblagan. 
Agarda siyosiy iqtisodni mukammal raqobat sharoitida narxlarni aniqlash 
bilan chegaralaydigan bo‘lsak, uning matematika obyektiga aylanishini sezish 
qiyin emas. L.Valras ham shuni nazarda tutadi. 
―Agarda matematikaning obyekti umumiy holda bu kabi kattaliklarni 
o‘rganish bo‘lsa, u holda ayriboshlash qiymati va munosabatlari haqiqatdan ham 
matematikaning bugungi kunga qadar o‘rganilmagan va rivojlantirilmagan 
tarmog‘i bo‘lib qoladi. Haqiqatan ham mutloq siyosiy iqtisod barcha iqtisodiy 
fanlarni ifodalovchi mukammal fan emas. Masalan, tezlik va kuch o‘lchash 
mumkin bo‘lgan kattaliklar, ammo ularning matematik nazariyasi butun 
mexanikani qamrab ololmaydi. Agarda siyosiy iqtisodni mexanika, termodinamika 
kabi fan sifatida olib qaraydigan bo‘lsak, u holda iqtisodchilar hyech 
ikkilanmasdan matematika usullari va tilidan foydalanishlari mumkin.‖ 
L.Valrasning iqtisodiy nazariyasi iqtisodiy masalalarning amaliy yechimiga 
va ijtimoiy nazariyaga asoslangan bo‘lib, iqtisodiy matematikaning asosi bo‘lib 
xizmat qiladi. Xaqiqatan ham, L.Valras 1960 yillardan e‘tiboran rivojlanib 
boshlagan iqtisodiy matematika va matematik modellashtirishning asoschisi 
hisoblanadi. 
L.Valrasning iqtisodiy qarashlari keyinchalik italiyalik iqtisodchi olim, 
Lozanna maktabining taniqli professori Vilfredo Pareto tomonidan rivojlantirildi. 
V. Pareto 1906 yilda ―Siyosiy iqtisod kursi‖ nomli kitobini nashr ettirdi
19

V. Pareto barcha iqtisodiy jarayonlarning o‘zaro aloqadorlik konsepsiyasini 
nazariy asoslashga harakat qildi, jumladan L.Valrasning umumiy iqtisodiy 
muvozanat va narx nazariyasini ham rivojlantirdi. 
L.Valrasdan farqli ravishda V.Pareto iqtisodiy muvozanatni vaqt bo‘yicha 
tahlil qildi, shuningdek, ishlab chiqarish funksiyasi koeffisiyentlarining ishlab 
chiqarish hajmiga bog‘liq holda variasiyalashuvini ham kiritdi. 
V. Pareto iqtisodiy nazariyaga ―befarqlik egri chizig‘i‖ tushunchasini kiritdi. 
V.Pareto grafiklar asosida iste‘molchilarning muayyan tovarga nisbatan 
munosabatini tovarlarning naflilik darajasini ularning hajmiga bog‘liq holda tahlil 
qildi. ‖Befarqlik egri chizig‘i‖ uy xo‘jaliklarining ma‘lum tovarning muayyan 
miqdoridan voz kechish hisobiga boshqa tovarlardan xarid qilish qobiliyatini 
tushuntirib beradi. 
19
V. Pareto (1848-1923) 

italyalik iqtisodchi, sosiolog. Daromadlar taqismlanishining ―Pareto prinsipi‖ni fanga 
kiritgan. Siyosiy iqtisod kursi (Cours d'économie politique, 1896–1897); Sosialistik tizimlar (Les Systémes 
socialistes, 1902–1903); siyosiy iqtisod darsligi (Manuale di economia politica, 1906) muallifi. 


22 
Shuningdek, V.Pareto daromadlarning taqsimlanishini ifodalovchi ―Pareto 
qonuni‖ni ham kiritdi. Ushbu qonunning mohiyati shundan iboratki, 
daromadlarning notekis taqsimlanishi daromadlar va ishlab chiqarishning o‘sish 
surati aholi sonining o‘sishiga nisbatan yuqori bo‘lgandagina pasayadi. 
V. Pareto ham mukammal raqobat sharoitini tahlil qildi. U ―Pareto 
optimumi‖ tushunchasini kiritdi. ―Pareto optimumi‖ mukammal raqobat sharoitini 
aks ettirib, bu sharoitda makroiqtisodiy muvozanat sodir bo‘ladi. ―Pareto 
optimumi‖ quyidagi shartlar bilan izohlanadi:

chegaraviy naflilik narx bo‘yicha barcha tovarlar uchun bir xil;

har bir subyekt uchun uning daromadlari yig‘indisi barcha xarajatlar 
yig‘indisiga teng; 

muvozanatgacha bo‘lgan holatdagi manfaatlar muvozanatdan keyingi 
manfaatlar yig‘indisiga teng;

tayyor mahsulotlar narxi ularning ishlab chiqarish xarajatlariga teng;
Paretoning 
makroiqtisodiy 
muvozanati 
raqobatlashuv 
sharoiti 
o‘zgarmaganda abadiy davom etgan bo‘lar edi. ―Pareto optimum‖ iqtisodiyotdagi 
shunday holatki, bunda hyech bir ishtirokchining vaziyatini ijobiy tomonga 
ikkinchisining holatini salbiy tomonga o‘zgartirmasdan imkoni yo‘q. Bu tushuncha 
shunday o‘zgarishlarga baho berish uchun foydalaniladiki, unda barchaning 
farovonligi yo yaxshilanadi, yoki bozorning biror odami o‘z ahvolini boshqa 
odamning ahvolini yomonlashtirmasdan yaxshilay olmaydi. Iqtisodiyotning 
―Pareto optimum‖dan keyingi holatini yaxshilash chuqur tarkibiy o‘zgarishlar 
orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. V.Paretoning ta‘kidlashicha, 
iqtisodiyotning eng mukammal holati va raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘lib, mukammal 
raqobat sharoitidagi iqtisodiy muvozanat resurslarning oqilona taqsimlanishiga 
olib keladi. Bunda mukammal raqobat sifatida nafaqat narxlarning erkinligi, balki 
bozorga kirish va chiqish, barcha uchun foyda olish imkoniyatining mavjudligi 
tushuniladi. 
V.Pareto ―foydalilik‖ atamasini ―naflilik‖ ―afzallik‖ atamalari bilan 
almashtirishni taklif qilgan. Uning fikricha foydalilik aniq miqdoriy ko‘rsatkichlar 
bilan o‘lchanadi va qiymatda aks etadi. Naflilik esa nisbiy tushuncha hisoblanib, 
uni bir yoki bir nechta manfaat yoki nozu-ne‘matga yoki ularning ma‘lum 
guruhiga nisbatan qo‘llash mumkin. Masalan ma‘lum bir tovar ikkinchisiga 
nisbatan nafliroq yoki iste‘molchilar uni afzalroq deb qabul qiladi.
F.I. Edjuort
20
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida narx va 
ayriboshlash nazariyasini rivojlantirishga sezilarli hissa qo‘shgan ingliz 
iqtisodchisidir. 
O‘sha davrda alohida xo‘jaliklar tadqiqot obyekti qilib olinar va shu xo‘jalik 
jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb talqin qilinar edi. Jamiyatdan mutlaqo 
ajralgan shaxs – Robinzon xo‘jaligi mana shunday xo‘jalikning oliy maqsadi, deb 
atalardi. Avstriya maktabi kapitalistik xo‘jalikni mana shunday eng oddiy 
20
Edjuort Frensis Isidro (1845–1926), ingliz iqtisodchisi. Statistika va iqtisodiy matematika bo‘yicha taniqli olim. 
Birinchi bo‘lib fanga ―befarqlik egri chizig‘i‖ tushunchasini kiritgan. 


23 
elementlarning mexanik yig‘indisi, deb talqin etardi. Umuman iqtisodiyot 
qonunlarini o‘rganish uchun alohida olingan bir xo‘jalik (firma, korxona) misolida 
shu qonunlarni ko‘rib chiqish yetarli deb hisoblanardi (mikroiqtisodiyot). 
Ayirboshlash konsepsiyasining tarafdorlari bo‘lgan F.I.Edjuortning e‘tibori 
ko‘proq iqtisodiy nazariyaning raqobat cheklangan va narx diskriminasiyasi bilan 
bog‘liq nazariyalarga qaratilgan. Jumladan u oligopoliya nazariyasiga o‘zining 
sezilarli hissasini qo‘shgan (Bertran–Edjuort modeli). Edjuort foydalilikning eng 
katta darajasini ko‘rib chiqiщda tovar qiymatini aniqlash uchun insonning 
buyumga munosabatini, har xil ne‘matlarning foydaliligiga shaxs tomonidan 
berilgan subyektiv bahoni tanladi. Iqtisod nazariyasida bunday yondashuv 
marjinalistik metod deb ataladi.
U iqtisod nazariyasiga oid zamonaviy darsliklarda ―Robinzon va Iqtisod‖ 
deb atalgan ajoyib gipotezani kiritdi. Tadqiqotning bu usuli 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə