O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


O’z-o’zini nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

O’z-o’zini nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Raqobat tushunchasini yoritib bering 
2.
Bozordagi raqobat bellashuvi masalalariga klassik siyosiy iqtisod 
namoyondalari fikrlari qanday farq qiladi? 
3.
Raqobatning qanday usullari mavjud 
4.
Xulq-atvor yondashuvi asosida raqobatning mohiyatini nimalardan iborat? 
5.
Raqobat nazariyasi va raqobatga nisbatan ilmiy yondashuvlarni yoritib 
bering 
6.
A.Smit, M. Byukenen, A. Marshalllarning raqobatga nisbatan ilmiy 
yondashuvlarining farqli jihatlarini yoritib bering 
7.
F. Xayekning raqobat to‘g‘risidagi fikrlarining muhim jihatlari nimadan 
iborat? 
 


17 
2-BOB: MUKAMMAL VA NOMUKAMMAL RAQOBAT NAZARIYALARI 
 
2.1. Mukammal va nomukammal raqobatning klassik nazariyalari 
2.2. Monopoliyaning mohiyati, vujudga kelib sabablari va shakllari 
2.3. Oligopoliya tushunchasi, mohiyati va turlari 
 
 
2.1. Mukammal va nomukammal raqobatning klassik nazariyalari 
Raqobatni o‘rganar ekanmiz, uning turlarini va ularga xos bo‘lgan 
xususiyatlarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor tizimida raqobatni 
mukammal (sof raqobat) va nomukammal turlarga ajratish mumkin. 
Mukammal (yoki sof) raqobat shunday raqobatki, bunda bozordagi 
sotuvchilar va haridorlarning soni juda ko‘p miqdorda bo‘lib, ular bozordagi 
narxga ta‘sir eta olmaydi va monopol mavqyeidan foydalanib, bozordagi 
ishtirokchilarni o‘z izmiga yurita olmaydi. Shuningdek bu sharoitda kurash doirasi 
juda keng bo‘lib, mavjud tarmoqqa kirish va undan chiqish hamda ushbu tarmoq 
to‘g‘risida axborot olish erkinligi kafolatlangan bo‘ladi. 
Bunda barcha ishtirokchilar bir xil turdagi tovar va mahsulotlar ishlab 
chiqaradilar hamda bozordagi narx talab va taklif asosida shakllanadi. Ammo real 
xayotda raqobatning bu ko‘rinishini uchratishimiz kiyin. 
Mukammal raqobatning o‘ziga xos tomonlari quyidagilar: 
– bozordagi raqobatchilar soni uta ko‘p va ularni birlashtirish imkoni yo‘q, 
barcha ishtirokchilar o‘z imkoniyatlari va tavakkalchilik (risk)lari evaziga bozorda 
ishtirok etadilar; 
– mahsulot bir yusinli - standart, sifat bo‘yicha tafovutlar yo‘q; 
– kichik korxonalar juda oz miqdorda ishlab chiqaradilar va ular 
o‘zgalarning ishlab chiqarish quvvatlariga va korxonalarga ta‘sir eta olmaydilar; 
– tarmoqqa kirib borish uchun xech qanday huquqiy, tashkiliy, moliyaviy va 
texnologik cheklashlar yo‘q 
– standart mahsulot bo‘lgani uchun narx vositasisiz raqobatni o‘zlashtirish 
uchun imkon yo‘q, chunki mahsulot sifati, uni namoyish etish uchun farqlanish 
belgilari yo‘q. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə