O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

 
1.1-rasm. Bozor muvozanati modeli 
Agarda tovarlar narxi r
2
, ya‘ni muvozanat narxdan past bo‘lsa bunda 
DD — 
egri chiziq s nuqtada 
SS 
egri chiziqni kesib o‘tishi kerak bo‘ladi, ammo bozorda 
defisit vujudga keladi. 2-rasmda defisit 
cd
kesmaning uzunligiga teng

Amaliyotda 
bu ishlab chiqaruvchilarning zahira tovarlari hajmining birdan kamayishi bilan 
izohlanadi. Talab ortganini sezgan ishlab chiqaruvchilar tezda narx ishlab chiqarish 
hajmi va taklifni oshiradilar. Bu esa talab hajmini kamaytiradi. Natijada ishlab 
chiqaruvchilarning daromadni oshirishga qaratilgan tadbirlari va iste‘molchilarning 
xarid qilish xulq-atvorining o‘zgarishi 
ye
nuqtada bozor muvozanatini vujudga 
keltiradi. 
 
1.2. Raqobat nazariyasi va raqobatga nisbatan ilmiy yondashuvlar 
O‘zbekiston sharoitida raqobat muhiti tadrijiy yo‘l bilan emas balki xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatini institusional tartibga solish asosida shakllangan.
Zamonaviy 
iqtisodiyot 
globallashuv, 
iqtisodiy 
munosabatlarning 
transformasiyalashuvi, jahon iqtisodiyotiga intgrasiyalashuv bilan xarakterlanadi. 
Shuningdek, zamonaviy iqtisodiyotda raqobat va monopoliya shu qadar bir-biriga 
bog‘lanib ketganki, raqobatning mohiyatini ko‘proq monopolistik raqobat 
atamasini kiritish bilan ochib berish odatiy tusga kirmoqda. Iqtisodchi olimlar 
tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqilgan ilmiy faraz va 
xulosalar asosida bugungi kunda raqobat mohiyatini ochib beruvchi quyidagi 
yondashuvlarni keltirishimiz mumkin: xulq-atvor, funksional va tuzilmaviy va 
dinamik.
Iqtisodiy nazariyada raqobat tushunchasini ifodalashga turli xil yondashuvlar 
mavjud. Masalan, raqobatga tuzilmaviy yondashuvga ko‘ra raqobat bozordagi 
shunday vaziyatki, bu vaziyat bozorda aynan bir tovarni ishlab chiqaruvchi va 


13 
xarid qiluvchi ko‘plab ishlab chiqaruvchi va xaridorlarning mavjud, bozorga kirish 
va chiqishda to‘siqlarning mavjud emasligi bilan izohlanadi. Bunda raqobat 
o‘zgarmas bozor sharoitida xaridor va sotuvchilarning tovarlar narxiga ta‘sir 
ko‘rsatmasdan o‘zaro aloqasi sifatida olib qaraladi. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə