O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Butunjaxon iqtisodiy forumi (BIF) (The Global Competitiveness



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

5.3. Butunjaxon iqtisodiy forumi (BIF) (The Global Competitiveness 
Report) ning mamlakatlar raqobatbardoshligini baholash metodikasi
 
 
5.1. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi tushunchasi 
Iqtisodiyot 
rivojlanishining 
zamonaviy 
bosqichida 
mamlakat 
raqobatbardoshligini ta‘minlash mamlakatning nafaqat jahon bozoridagi, balki 
uning milliy xavfsizligini ham belgilab beruvchi muhim vazifalardan biridir. 
Mamlakat raqobatbardoshligi: 

mamlakatning jahon bozoriga raqiblariga nisbatan ko‘proq moddiy 
qiymatliklar ishlab chiqara olish qobiliyati; 

mamlakatning erkin va adolatli bozor sharoitlarida tovar va xizmatlar ishlab 
chiqara olish qobiliyati (AQSh prezidenti huzuridagi sanoat raqobatbardoshligi 
bo‘yicha komissiya); 

olingan mablag‘larni qaytarib to‘lash qobiliyati (Butunjahon tarqqiyot 
banki); 

mamlakatning jahon bozor talablariga javob bera oladigan tovar va 
xizmatlarni ishlab chiqarish, davlat resurslarini YaMM va aholi turmush 
darajasining o‘sish suratlarini jahon darajasida ta‘minlay olish darajasida yo‘naltira 
olish qobiliyati. 
Mamlakat raqobatbardoshligini belgilab beruvchi omillar quyidagilar: 

iqtisodiyotning o‘sish surati, milliy valyutaning holati, aholi jon boshiga 
to‘g‘ri keladigan tovar v xizmatlar hajmi va boshqalar; 

sanoat ishlab chiqarishning samaradorligi: 

aholi jon boshiga iste‘mol xarajatlari hajmi va tovar va xizmatlar sifati; 

mamlakatning moliya tizimining holati va rivojlanishi, tijorat banklari va 
qimmatbaho qog‘ozlar; 

inson resurslari, aholi va ishchi kuchi o‘sish suratlari, ishsizlik darajasi, 
malakali ishchi kuchi va shu kabilar; 

soliqqa tortish, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish darajasi, milliy 
daromadda davlat ulushi va shu kabilar; 

turli resurslar va infratuzilma; 

mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy holat. 
Turli mamlakatlarning raqobatbardoshlik omillari va tarkibi sezilarli darajada 
farq qiladi. Ayrim mamlakatlar barcha sohalarda, boshqalari ma‘lum tarmoq 
bo‘yicha raqobatbardosh. Ayrimlarida iqtisodiyot rivojlanishining yuqori suratlari 
ushbu ko‘rsatkichni ta‘minlab bera oladi. 
Globallashuv jarayoni milliy iqtisodiyotlarda yangi imkoniyatlar bilan bir 
qatorda turli xatarlarni ham keltirib chiqaradi. Globallashuvning salbiy ta‘sirlarini 


75 
yumshatish uchun mamlakatlar zarur darajada raqobatbardoshlikni saqlab 
qolishlari talab etiladi. Shu boisdan ham bugungi kunda raqobatbardoshlikni 
oshirishning mamlakatlararo jihatlariga e‘tibor qaratilmoqda.
Garvard biznes maktabining Raqobatbardoshlik va strategiyalar instituti 
professor M. Porterning fikricha, raqobatbardoshlik – ―sanoatning domiy 
rivojlanishi va innovasiyalar yaratishidir‖
35
.
V.Ukrainskiy raqobatbardoshlikni ―mamlakat raqobatbardoshligi – bir 
mamlakat iqtisodiyotining boshqalari bilan milliy resurslardan foydalanish, xalq 
xo‘jaligining mahsuldorligini oshirish va shu asosda aholining turmush darajasini 
yuqori darajaga chiqarishdir‖ deb tariflagan
36
.
R.Fatxutdinovning fikricha, ―Mamlakat raqobatbardoshligi – uning jahon 
iqtisodiyotiga samarali integrasiyalashuvi, barcha davlat, tijorat va boshqa 
tuzilmalarning aholining turmush darajasini yuqori darajaga chiqarish uchun 
samarali va sifatli safarbar eta olishidir‖
37
.
Ko‘rib o‘tilayotgan barcha fikrlar mamlakat raqobatbardoshligining 
mamlakat aholisi turmush darajasini oshirish va ishlab chiqarish omillari va 
resurslaridan oqilona foydalanishga bog‘liq ekanligiga urg‘u berilgan. Dastavval 
mamlakat raqobatbardoshligi mamlakatlarning xalqaro savdoda ishtiroki bilan 
bog‘liq holda qaralgan. Buni biz siyosiy iqtisod fanining asosiy masalalaridan biri 
bo‘lgan mamlakatlarning mutloq va nisbiy ustunligida ko‘rishimiz mumkin. 
Bugungi davrga kelib raqobatbardoshlik va xalqaro raqobat ushbu nazariyalarning 
zamonaviy talqini desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi tushunchasi bugungi kunda eng ko‘p 
ishlatiladigan iqtisodiy atamaga aylandi. Dastlabki tariflarda milliy iqtisodiyot 
raqobatbardoshligi nafaqat samarali amalga oshirilgan strategiyaga, balki uning 
tuzilishiga ham bog‘liqligi, ―mamlakatning tuzilmaviy raqobatbardoshligi‖ 
ekanligiga urg‘u berilgan. Ushbu tadqiqotlar asosida birinchi bo‘lib mamlakat 
raqobatbardoshligi uning tarkibiy tuzilishiga, narx,texnologiyaga bog‘liqligi 
asoslanishiga olib keldi. 
Bu g‘oyalar M. Porter ilmiy tadqiqotlarida keng o‘rin olgan. M.Porterning 
fikricha milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi, xalqaro raqobatda muvaffaqiyatga 
erishish omillarga bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, ulardan qanday foydalana olish 
darajasiga ham bog‘liq. Shundan kelib chiqib, M.Porter, jahon bozorida 
mamlakatlar emas, balki firmalar raqobatlashadi. Xalqaro raqobat ishtirokchisi 
sifatida firomalar nafaqat turli resurslar va raqobat ustunliklardan, balki xorijiy 
investisiyalardan ham samarali foydalanadilar. Yangi nazariya qaysi omillar 
ta‘sirida mamlakatlar kompaniyalarning joylashtirilishi uchun eng qulay muhit 
yarata olishini asoslab berishi lozim edi. Mohiyatan, M. Porterning ilmiy g‘oyalari 
jahon xo‘jaligi tizimi 

global iqtisodiyotni o‘zida aks ettiradi. Shuning uchun 
ushbu nazariyada transmilliy korporasiyalar (TMK) faoliyatiga alohida urg‘u 
35
Портер М. Международная конкуренция: Пер. с англ. / Под ред. и с предисл. В.Д. Щетинина. – М.: 
Междунар. отношения, 1993. – 896 с. 
36
Украинский 
37
Стратегическая конкурентоспособность: Учебник / Р.А. Фатхутдинов. – М.: ЗАО ―Издательство 
―Экономика‖, 2005. – 504 с. 


76 
beriladi. Globallashuvning kuchayib borayotganligiga asoslangan holda M.Porter 
TMKlar uchun eng qulay shart-sharoit yaratib bera olgan mamlakatlar 
raqobatbardosh bo‘lishligi haqidagi nazariyani ilgari surdi. Bunda firmalar biror bir 
mamlakat vakili emas, balki tarmoq yoki segment bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat 
ushbu firma yoki tarmoqlar uchun qulay muhit yaratish orqali ularning 
strategiyalarini samarali amalga oshirishlarini ta‘minlab beradi. 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, yuqori raqobatbardoshlik va barqaror 
iqtisodiy o‘sish eng avvalo mamlakatda yangi texnologiyalarning keng joriy 
etilishini rag‘batlantiradi. Bu holatda raqobatbardoshlik to‘laligicha ishlab 
chiqarish texnologiyalari, tovar tarqatish tizimini tashkil qilish, innovasion 
rivojlanish yo‘nalishi va klaster mexanizmiga bog‘liq bo‘ladi. 
Shunday qilib milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi mamlakatlarning jahon 
xo‘jaligida samarali rivojlanish qobiliyati bo‘lib, kompaniyalarning iste‘molchilar 
uchun raqobatchilarga nisbatan jozibador bo‘lgan, o‘z navbatida milliy 
iqtisodiyotning dinamik rivojlanishi, aholining turmush darajasini oshirishga 
xizmat qiladigan sifatli tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga qaratilgan iqtisodiy, 
ijtimoiy, boshqaruv, marketing yo‘nalishlarida maqsadli strategiyalarni amalga 
oshirish orqali amalga oshadi. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə