O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Butunjaxon iktisodiy forumi (BIF) (The Global Competitiveness Report)



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

5.3. Butunjaxon iktisodiy forumi (BIF) (The Global Competitiveness Report) 
ning mamlakatlar raqobatbardoshligini baholash metodikasi 
Butunjaxon iktisodiy forumi raqobatbardoshlikni baholashda ikki xil 
yondashadi: raqobatbardoshlikning o‘sish darajasi (The Growth Competitiveness 
Index) va 118 mezonni o‘z ichiga olgan mikroiqtisodiy raqobatbardoshlik darajasi 
(The Microeconomic Competitiveness Index).
Raqobatbardoshlikning o‘sish darajasi texnologiya, jamoatchilik institutlari va 
makroiqtisodiy rivojlanishga asoslangan bo‘lib, mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishning 
o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi holatiga baho beradi. Buni shu bilan izohlash 
mumkinki, texnologik taraqqiyotsiz hyech bir mamlakatda turmush darajasi yuqori 
bo‘lishi mumkin emas, biroq bu uzoq muddat raqobatbardoshlikni ta‘minlamaydi. 
Institutlar ko‘zlangan maqsadga rasmiy shartnomalar va kelishuvlar asosida 
erishish uchun shart-sharoit yaratib beradi va kelajakka ishonch bilan qarashni 
ta‘minlaydi. Pul muomalasi va soliq siyosati, moliya institutlarining barqarorligi 
40
Султанова Г.К., Мингишов Л.Ў. Ўзбекистон иқтисодиѐти рақобатбардошлиги ривожланишининг муҳим 
омиллари таҳлили ва устувор йўналишлари\\ Молия ва банк иши электрон илмий журнали. 2017 йил апрел. 
№7 33-42. 
www.bfajournals.uz
 


80 
nafaqat qisqa muddat uchun, balki uzoq muddatli istiqbolda ham o‘sishni 
kafolatlaydi.
Mazkur uslubiyatga ko‘ra parametrlarni baholash statistik va ekspert usullar 
orqali amalga oshiriladi. Masalan, texnolok omillarning «Axborot va 
kommunikasion texnologiyalar» bandini baholash uchun 10000 kishiga nisbatan 
Internetdan foydalanuvchilar soni, 100 kishiga to‘g‘ri keladigan shaxsiy 
kompyuterlar 
soni 
―Davlat dasturlari Axborot va kommunikasion 
texnologiyalarini qay darajada rivojlantirish imkoniyatiga ega?‖, ―Axborot va 
kommunikasion texnologiyalari hukumat uchun ustuvorlikka egami?‖ kabi 
parametrlar ekspert usulida baholanadi. Bu usullar o‘z navbatida ekspertlarning 
bilim saviyasi tolerantligi, holisligini ham talab etadi.
Mikroiqtisodiy raqobatbardoshlik kompaniyalarning tashkil etilishi va 
strategiyasi hamda tadbirkorlik uchun yaratilgan qulay biznes sharoitlar bilan 
aniqlanadi. Mamlakat raqobatbardoshligi darajasini baholovchi ko‘rsatkichlar 12 
guruhga ajratilgan: Aggregate Country Performance Indicators (mamlakat 
iqtisodiyoti mahsuldorligining aggregatlashtirilgan ko‘rsatkichi) - 9 ko‘rsatkich; 
Macroeconomic Environment (makroiqtisodiy muhit) – 35 ko‘rsatkich; 
Technological Innovation and Diffusion (texnologik innovasiyalar va ularning 
tarqalganligi) – 18; Information and Communication Technology (axborot va 
kommunikasion texnologiyalar) – 11; General Infrastructure (umumiy 
infratuzilma) – 16; Public Institution – Contracts and Low (jamoatchilik institutlari 
– kelishuv va qonunlar) – 22; Public Institution – Corruption (jamoatchilik 
institutlari – korrupsiya) – 15; Domestic Competition (mahalliy raqobat) – 11; 
Cluster Development (klasterlarning rivojlanganligi) – 10; Company Operation 
and Strategy (kompaniyalarning tashkil etilishi va strategiyasi) – 21; 
Environmental Policy (atrof muhit bo‘yicha siyosat) – 14; International Institution 
(xalqaro institutlar) – 6.
Menejmentni 
rivojlantirish 
Xalqaro 
instituti 
uslubiyatiga 
ko‘ra 
raqobatbardoshlikni baholash 4 guruhga ajratilgan omillar asosida amalga 
oshiriladi:

milliy iqtisodiyotning iqtisodiy samaradorligi 

mamlakat iqtisodiyotining 
rivojlanish, xalqaro savdo, xorijiy investisiyalar, bandlik va narx bo‘yicha 83 
mezon asosida aniqlanadi.

hukumat siyosatining samaradorligi 

moliya tizimi, soliq siyosati, 
institusional tuzilma, tadbirkorlik sohasiga rid qonunchilik, ijtimoiy tuzilma 
bo‘yicha 77 ta mezon.

biznesning samaradorligi 

innovasion faoliyat va innovasiyalarga kiritilgan 
qo‘yilmalar, rentabellik va to‘lovga qodirlik bo‘yicha 69 ta mezon.

infratuzilmaning holati 

umumiy, texnologik infratuzilma, sog‘liqni 
saqlash va ta‘lim infratuzilmalari bo‘yicha 94 ta mezon.
Ikkala holatda ham raqobatbardoshlikni baholash yetarli darajada keng, juda 
ko‘p ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi va ko‘p mehnat hamda mablag‘ talab 
qiluvchi jarayondir. Shu bois bunday uslubiyatdan hududiy iqtisodiy tizimlar 
darajasida raqobatbardoshlikni baholashda kam foydalaniladi.


81 
Baholash maqsadida tanlab olingan ko‘rsatkichlar tadqiqotchining qaysi 
masalalarni tahlil qilishiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.
Agarda mamlakat raqobatbardoshligini baholash hududga mehnat resurslarini 
jalb qilish maqsadida shakllantirilayotgan bo‘lsa, buning uchun asosanijtimoiy 
ko‘rsatkichlar (hududdagi o‘rtacha ish haqi, uo‘-joy bilan ta‘minlanganlik, ijtimoiy 
kafolatlar), investision jozibadorlikni baholash maqsadida esa asosan sanoat 
infratuzilmasi, tadbirkorlik va sanoat sohasidagi qonunchilik hamda davlat siyosati 
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar olinadi.
Raqobatbardoshlik reyting yillik tadqiqotlar asosida yetakchi ilmiy-tadqiqot 
institutlari, mamlakatlarrdagi kompaniyalar va ko‘plab hamkor tashkilotlar 
hisobotlari asosida so‘rov va statistik ma‘lumotlarni umumlashtirish orqali 
aniqlanadi. 2016 yilda bu maqsada 138 mamlakatdan 14 mingdan ortiq biznes 
yetakchilari 
so‘rov orqali o‘rganildi. Mazkur hisobotga shuningdek 
mamlakatlarning kuchli va zaif tomonlari ham kiritiladi. 
Butunjaxon iktisodiy forumi (BIF) tadqiqotlarida ikkita asosiy indeks, global 
raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index, GCI) va biznesning 
raqobatbardoshlik indeksi (Business Competitiveness Index, BCI) qo‘llaniladi. 
Global raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index, GCI) 2004 yilda 
Kolumbiya Universiteti professori Ksavye Salai-Martin (Xavier Sala-i-Martin) 
tomonidan taklif qilingan bo‘lib, ―Institutlarning sifat darajasi‖, ―Infratuzilma‖, 
―Makroiqtisodiy barqarorlik‖, ―sog‘liq va boshlang‘ik ta‘lim‖, ―Oliy ta‘lim va 
kasbiy tayyorgarlik‖, ―Tovar va xizmatlar bozori samaradorligi‖, ―Mehnat bozori 
samaradorligi‖, ―moliya bozorlarining rivojlanganligi‖, ―Texnologik daraja‖, 
―Ichki bozor o‘lchamlari‖, ―Korxonalar raqobatbardoshligi‖ va ―Innovasion 
salohiyat‖dan 
iborat 
12 
ta 
raqobatbardoshlik 
ko‘rsatkichini o‘zida 
umumlashtirgan. 
Bu 
turli 
darajada 
rivojlangan 
mamlakatlarning 
raqobatbardoshligini tahlil qilish imkonini beradi. 


82 
5.3.1-jadval 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə